H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
n
) termasining geometrik nusxasini beradi. O‘z-o‘zidan ma’lumki, bu n o‘lchov makonidagi A nuqtasi bo‘ladi, uning barcha X i koordinatalari o‘z-o‘zidan A termasiga kiruvchi i turidagi barcha ne’matlar miqdoriga teng bo‘ladi. Chinakam iste’mol termalarida n–ne’matlarning turlari, miqdori anchagina. Ammo iste’mol jarayonlarining qonuniyatlarini o‘rganish uchun biz n=2 dan boshlab barcha no‘lchovli makonlarning xususiyatlari o‘xshashligidan foydalanib, atigi ikkitasi bilan cheklanishimiz mumkin. Bu ikki o‘lchovli makon uchun belgilangan barcha xususiyatlar va qaramliklar ularning n o‘lchovli makondagi tegishli xususiyatlari va qaramliklari uchun ham adolatli bo‘lishni anglatadi. Shu tarzda biz yassi tekislikda, ya’ni ikki koordinatali makonda bajarilgan grafiklardan keng foydalanish imkoniyatini qo‘lga kiritamiz. 121 Agar biz shunday grafikda A nuqtasini olsak, uning koordinatalari ma’lum A termasidagi ne’matlarning birinchi (X 1 ) va ikkinchi (X 2 ) turlari miqdoriga mos bo‘lgan holda, u A termasini (5.1-chizma) ifodalaydi. 5.1-chizma. Demak, mazkur holdagi iste’molning butun ko‘pchiligi 1 - va 2 - o‘qlari oralig‘ida joylashgan bo‘ladi. (Chunki har qanday termadagi i–turidagi ne’matlar miqdori manfiy bo‘lishi mumkin emas). Ta’kidlab o‘tamizki, iste’molchining ko‘pchiligi yopiq va bo‘rtgan bo‘lishi, ya’ni unda uzilishlar va bo‘sh oraliqlar bo‘lmasligi kerak. Olish uchun ne’matlarni tanlash vaqtidagi iqtisodiy qarorlar iste’molchining eng yuqori foydaga erishish yoki mavjud imkoniyatlardan unumli foydalanish xohishi bilan izohlanadi. Iste’mol vaqtida farovonlik darajasi yoki mazkur iqtisodiy sub’ektning ehtiyojlarini qondirish darajasidan iborat bo‘lgan bunday foyda – naflilik deb ataladi. Ushbu mavzuda iste’mol nazariyasining asoslari ko‘rib chiqiladi. Ushbu nazariya iste’molchi ne’matlarni sotib olish vaqtida o‘z didi va imtiyozlariga asoslanishidan, uning didi va imtiyozlari budjet bilan cheklanganligidan va bunday sharoitda u o‘zi uchun iloji boricha to‘liq naflilikni ta’minlovchi termani tanlashidan kelib chiqadi. Iste’molchi imtiyozlarining to‘liq izchilligi aksiomasi imtiyozlar izchilligi tizimining mavjudligini ta’minlovchi birinchi majburiy shart yoki iste’mol Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling