H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Naflilikning tartibli funksiyasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Naflilikning tartibli funksiyasi faqat befarqlik sinflari yoki ushbu 
iste’molchi uchun, bir xil qiymatga ega bo‘lgan nematlarning guruhlari
termalari (bir xil naflilikka ega bo‘lgan ne’matlar) qay tartibda, ma’lum 
tartibda, birin-ketin joylashganligini, masalan, afzalligi oshib boradigan 
tartibda joylashganligini ifodalaydi. Uni befarqlikning shu sinflariga mos har 
qanday birin-ketin keladigan ko‘p sonli raqamlari yordamida qo‘yilgan raqam 
shu tarzda hosil qilish mumkinki, befarqlikning afzalroq sinfiga mos holda 
qo‘yilgan raqam afzalligi kam sinfdagi raqamdan kattaroq bo‘ladi. Bunda 
naflilikning shu xildagi tartibli vazifasi teng qiymatga ega bo‘lgan ne’matlar 
termalari ma’lum guruhlari faqat qanday joylashganligini (bo‘yiga ko‘ra, 
birin-ketin, tartib bilan) ifodalaydi: ne’matlarning har qanday A va B termalari 
uchun U(A)>U(B)U(A), yoxud U(A)=U(B) bo‘ladi. 
Ko‘pincha naflilikning miqdoriy vazifasi qiymatlarini aniqlash uchun bir 
sonidan boshlab natural raqamlarning tartibidan foydalanishadi, masalan, 
U(A)=1, U(B)=2, U(V)=3 va hokazolar. Bunda naflilik tartib vazifasining 
qiymatlari o‘z-o‘zidan shu xil tartibda joylashadi: U
1
, U
2
, U
3
, ....., U
n
. Ammo 
shu bilan birga, har bir iste’mol ko‘pchiligining shu xildagi tartibga solinishi 
uchun naflilikning son-sanoqsiz ko‘p miqdoriy vazifalari mavjud. Har qanday 
bir tekisda oshib boruvchi vazifa V=F(U) o‘sha afzalliklar tizimi uchun ham 
naflilikning tartibli vazifasi hisoblanadi U=f(X) (bu holda X–shu iste’mol 
ko‘pchiligi tarkibiga kiruvchi har qanday ne’matlar termasi), V=f(f(X))
Amaliyot nuqtai nazaridan olganda, naflilikning tartibli vazifasiga ega 
bo‘lgan iste’molchi hamisha nimani afzal ko‘rishini, ammo bir terma 
ikkinchisidan naqadar yaxshiligini aniqlay olmayotganligini aytish mumkin. 
Naflilikning miqdoriy (kardinalistik) vazifasi befarqlik sinflari qanday 
joylashganligini va tartibini aniqlabgina qolmay, befarqlikning shu xildagi har 
bir sinflariga muvofiq bo‘lgan farovonlik darajasidagi tafovutni biz qanday 
baholashimizni ko‘rsatib o‘tadigan hollarda vujudga keladigan naflilik 
vazifasidir. Ayni vaqtda naflilik vazifasi qiymatlarining o‘zinigina emas, 
ularning o‘zgarishlarini ham taqqoslash mumkin, masalan:

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling