H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- AБ ГO
5.2-chizma.
U yoki bu ne’matni qay miqdorda iste’mol qilish haqidagi qaror – bu iste’molchining foyda va sarf-xarajatlarini taqqoslashi natijasidir. Ne’matlarning foydaliligini ifodalab, biz ana shu ne’matning qadr-qiymatini 127 olamiz. Turli iste’molchilar uchun turli ne’matlarning foydaliligi turlicha, ularning qadr-qiymatini miqdoriy qiyoslasa bo‘ladi, chunki ular bir xil pul birligida ifodalanadi. 5.3-chizmada naflilik vazifasining grafigi ostidagi AB maydoni (naflilik pul birligida ifodalanganda bu eng yuqori darajadagi qadr- qiymat yoki ehtiyojning teskari vazifasi grafigidir). Ne’matlar berilgan miqdori umumiy qadr-qiymatiga (iste’moldan pul ifodasida olinadigan foydaga) teng bo‘ladi (chizmada bu AБ ГO maydonidir). 5.3-chizma. Iste’mol xarajatlari yoki ne’matning muayyan miqdori qiymati uni sotib olish uchun sarflanadigan pul mablag‘lari yoki bir dona ne’mat bozor narxining ana shu ne’mat miqdoriga ko‘paytmasidir (chizmadagi OВ БГ maydoni). Foyda (qadr-qiymat) xarajatdan (narxdan) katta bo‘ladi, chunki iste’molchi ne’matni avvalgilaridan yuqoriroq narxda, ya’ni xarid vaqtidagi real narxdan qimmatroq to‘lashga tayyor bo‘ladi. Umumiy foydaning jami xarajatlarning eng yuqori bo‘lishiga eng yuqori (pul ifodasidagi eng yuqori naflilik) narxga teng nuqtada (Б nuqtasida) erishiladi. Iste’moldan ortiqchalik ma’lum ne’mat miqdorining qadrliligi va qiymati o‘rtasidagi farqdan iborat. Unga ne’matning har bir muayyan miqdori uchun iste’molchi to‘lashga tayyor bo‘lgan eng yuqori narx bilan ana shu miqdorning bozor narxi o‘rtasidagi farq deb qaraladi. Grafikda bu AБВ maydoni. Ikki ne’mat bilan cheklanib, eng yaxshi iste’mol termasini tanlash muammosini ko‘rib chiqamiz. Bunday qadam voqelikni haddan tashqari soddalashtirish hisoblanmaydi: iste’molchi tanlagan narsalarni mazkur ne’mat va boshqa barcha ne’matlar iste’molchi orasidagi tanlov deb tasavvur qilish mumkin. Naflilik vazifasi ikki o‘zgaruvchanining Г grafigi o‘z ko‘rinishi bilan odatda, tobora pasayib borayotgan (eng yuqori naflilikning pasayishi) 128 «tepalik»ni eslatadi. Uch o‘lchovli grafik bilan ishlash noqulayligi sababli odatda, uning proyeksiyalarini aks ettiradilar. Nafaqat yuqorida ko‘rib chiqilgan naflilikning bir omilli vazifalari (naflilik darajasi mazkur termadagi boshqa barcha ne’matlar turlarining miqdori o‘zgarmay qolganida faqat bir turdagi ne’mat miqdoridagi o‘zgarishlarga bog‘liq ekanligini ko‘rsatuvchi) egri chiziqlarda, termadagi ne’matlar kombinatsiyasi turlicha bo‘lganida naflilikning muayyan darajasi chizig‘ida ham shunday bo‘ladi (5.4–chizma). Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling