H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Ishlab chiqarish va samaradorlik


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Ishlab chiqarish va samaradorlik. Samaradorlik ishlab chiqarish 
bosqichlari nuqtai nazaridan o‘zgacha baholanadi. Aynan bu bosqichda ishlab 
chiqarish omillari bir-biri bilan birlashadi, ulardan foydalanish va maxsulotga 
aylanish ro‘y beradi. Natijalar mahsulotni yaratishda bevosita iste’mol 
qilingan sarf-xarajatlarga yoki uni yaratishda ishtirok etgan omillarga mos 
bo‘lishi kerak. 
Shu munosabat bilan samaradorlikning qo‘llanilgan sarf-xarajatlar 
(resurslar) 
bo‘yicha 
va 
iste’mol qilingan sarf-xarajatlar bo‘yicha 
ko‘rsatkichlari bir-biridan farqlanadi. Agar birinchi holda natija (mahsulot, 
turli ko‘rinishdagi daromad) ishlab chiqarishning ayrim omillari yoki to‘la 
hajmda ularning majmui bilan qiyoslansa, ikkinchi holda, faqat mahsulotning 
narxiga (qiymatiga) kirgan joriy sarf-xarajatlar bilan qiyoslanadi. Qo‘llanilgan 
sarf-xarajatlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar orasidan mehnat unumdorligi 
ko‘rsatkichlarini ajratish qabul qilingan. (P/K bunda, K – qo‘llanilgan kapital, 
fondlar), material qaytishi (P/M bunda, M – qo‘llanilgan materiallar) yoki 
material sarfi (M/P).
Samaradorlikning sarf-xarajatlar bo‘yicha ko‘rsatkichlaridan ayniqsa, 


100 
keng qo‘llaniladigani – daromadning chiqimga nisbati sifatidagi rentabellik 
ko‘rsatkichidir. P/I bunda, I – mahsulotni yaratish (daromad olish) uchun 
chiqimlar (sarf-xarajatlar). 
Shuni ta’kidlash kerakki, iqtisodiyot tizimining turli darajalarida 
(korxona, tarmoq, xalq xo‘jaligi) samaradorlik ko‘rsatkichlari o‘zining turlicha 
ifodasini topadi. 
 
3.9. Iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish 
Iqtisodiyotda son-sanoksiz sub’ektlar, iqtisodiy faoliyat qatnashchilari 
harakat qiladi. Ularning hammasi iqtisodiy qarorlarning eng maqbul 
variantlarini izlash bilan mashg‘ul. Bu demak, har qanday iqtisodiyotning 
birlamchi muammosi mavjud hamda yaratilayotgan ne’matlarni muayyan 
ehtiyojlar, ishlab chiqarish turlari va iqtisodiyot sub’ektlari o‘rtasida 
joylashtirish hisoblanadi. Shuning uchun har qanday iqtisodiyotning faoliyati 
va rivojlanishi iqtisodiyotning ana shu birlamchi muammosi qanday hal 
etilishiga bog‘liq. Ne’matlarni joylashtirishning eng maqbul usullarini izlanish 
«Nima ishlab chiqarish kerak?», «Qanday ishlab chiqarish kerak?», «Kim 
uchun ishlab chiqarish kerak?» kabi muammolarni hal etish yo‘llarini 
belgilaydi. 
Ne’matlarni joylashtirish iqtisodiyot sub’ektlarining o‘zaro hamkorligi 
orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiyotning har bir sub’ekti o‘z foydasi va sarf-
xarajatlarini o‘zi chamalab, o‘zi tanlashi sababli jamiyat ayrim sub’ektlarning 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling