H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


mahsulotlar ayirboshlovidan farqlashadi. Agar ayirboshlovning


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

mahsulotlar ayirboshlovidan farqlashadi. Agar ayirboshlovning birinchi 
turi mehnat jarayoni ichidagi mehnatning texnologik taqsimotiga asoslangan 
bo‘lib, ayrim xodimlar amalga oshirayotgan mehnat jarayonlarini (sexda 
ishlash, konveyerda ishlash) bir-biriga bog‘lasa, ikkinchisi sifat jihatidan 
birinchisidan farq qiladi. Mahsulotlar ayirboshlovi mehnatning ijtimoiy 
taqsimoti zamirida yoki iqtisodiyot sub’ektlari mahsulotining u yoki bu turini 
ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi zamirida amalga oshiriladi. 
Mehnat taqsimotiga asoslangan ayirboshlov hozirgi zamon iqtisodi 
sharoitida tovar ayirboshlovi ko‘rinishini qabul qilmoqda.
3.6. Ayirboshlash 
Pul ayirboshlovda vosita vazifasini o‘tamoqda. Mamlakat ichkarisidagi 
mehnat taqsimotini mehnatning xalqaro taqsimotidan farklash kerak, 
ikkinchi holda ayrim mamlakatlar o‘z iqtisodiyotlari nuqtai nazaridan foydali 
bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashadilar. 
Mehnatning ijtimoiy taqsimoti – iqtisodiy taraqqiyot umumiy asoslarini 
tavsiflovchi muhim kategoriyalardan biridir. Ixtisoslashish, mehnat taqsimoti, 
ayirboshlovning rivojlanishi va mehnat unumdorligi o‘rtasidagi o‘zaro aloqa 
aniqlanganiga ko‘p vaqt bo‘ldi.
Mehnat taqsimotining o‘ziga xos roli A.Smitning e’tiborini o‘ziga jalb 
etdi. A.Smit uni mehnat va kapitalning unumdorlik kuchi sifatida ta’rifladi, 
mehnat taqsimotiga ta’sir etuvchi omillarni tadqiq etdi. Ma’lumki, K.Marks 
jamiyat rivojlanishida ijtimoiy mehnat taqsimotining roli haqidagi A.Smitning 
fikrlariga qo‘shilibgina qolmay, mehnatning chakana, xususiy va umumiy 
taqsimotlari o‘rtasidagi farqni aniq chegaralab berdi. Bu xalq xo‘jaligi asosiy 
bo‘g‘inlari ichidagi mehnat taqsimoti bilan butun jamiyatdagi taqsimot 
o‘rtasidagi farqni ko‘rsatibgina qolmay, mehnatning ana shu har xil turlarini 


95 
amalga oshirish vositasi bo‘lmish iqtisodiyotning alohida ko‘rinishlarini bir-
biridan farklash imkonini berdi. Ijtimoiy mehnat taqsimoti haqidagi masala 
keyinchalik ham faylasuflar, siyosiy iqtisodchilar va samaradorlik sohasidagi 
mutaxassislar e’tiborini doimo jalb etib keldi. Iqtisodiyotga doir hozirgi 
zamon darsliklari xah mehnat taqsimotining jamiyatdagi alohida rolini 
ta’kidlaydi. (P.Samuelson, K.Makkonnell, S.Bryu va boshqalar). 
Mehntning ijtimoiy rivojlanishini aniqlashda ijtimoiy mehnat, ya’ni 
mehnatning jamiyatda mavjud bo‘lgan (ana shu vaqtda jamiyat ixtiyorida 
bo‘lgan) ma’lum turlari yig‘indisi, ehtiyojlarni qondirish nuqtai nazaridan 
olganda, cheklangan ekanligini e’tirof etish birlamchi hisoblanadi. Ana shu 
ehtiyojlarni qondirish uchun mehnat turlarini ko‘paytirish va mahsulotlarni 
rang-barang qilish zarur. Ammo mazkur jarayon mavjud resurslarning, shu 
jumladan, mehnat resurslarining tor imkoniyatlariga duch keladi. Bu qarama-
qarshilikni bartaraf etish uchun ixtisoslashishni mehnat unumdorligini oshirish 
bilan ko‘proq darajada qo‘shib olib borish zarur bo‘ladi. Natijada, jamiyatning 
ishlab chiqarayotgan mahsulotlari, resurslari va texnologiyalari bir-biridan 
farq qiluvchi iqtisodiyotning alohida tarmoqlari va sohalari paydo bo‘ladi. 
Shu munosabat bilan
,
birinchidan, iqtisodiyotning moddiy ko‘rinishga ega 
bo‘lgan mahsulotlarni yaratishga ixtisoslashgan faoliyatning moddiy ishlab 
chiqarish sohasini alohida ajratishadi. Ana shu sohaning aksariyat tarmoqlari, 
hayot uchun zarur vositalarni ishlab chiqarishi tufayli, jamiyat hayoti va 
faoliyatining asosini tashkil etadi (sanoat, qishloq xo‘jaligi va h.k.). 
Ikkinchidan, xizmatlar yaratish sohasi ajratiladi. Uning o‘ziga xos tomoni 
shundaki, ehtiyojlarning qondirilishini mazkur sohaning faoliyatisiz tasavvur 
etib bo‘lmaydi. Xizmatlarni moddiy ishlab chiqarishda (ta’mirlash xizmatlari 
va h.k.) va moddiy bo‘lmagan ishlab chiqarishda (turizm, maorif, axborotlar 
sohasidagi faoliyat, moliya institutlaridagi faoliyat va h.k.) yaratish uning 
tarkibiga kiradi. 
Boshqacha aytganda, resurslar va mahsulotlarni qayta ishlash 
bosqichlariga ko‘ra tasniflashdan ham foydalaniladi. Bu holda iqtisodiyotning 
quyidagi sohalari ajratib ko‘rsatiladi: 
- iqtisodiyotning birlamchi sohasi – bu xom ashyo olish borasida tabiat 
bilan bevosita aloqani amalga oshiruvchi tarmoqlar va korxonalardir (qishloq 
va o‘rmon xo‘jaligi, foydali qazilmalarni qazib olish, ovchilik va baliq ovlash 
va h.k.); 
- iqtisodiyotning ikkilamchi sohasi – mahsulotlar yaratilishini va 


96 
iste’molchiga yetkazib berilishini ta’minlovchi korxonalar tarmog‘i 
(sanoatning ishlov berish va qayta ishlash tarmoqlari, shu jumladan
mashinasozlik, iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, 
ta’mirlash, savdo-sotiq sohasida ishlab chiqarishni davom ettirish va h.k.); 
- turli xizmatlar ko‘rsatish (aloqa xizmati, turizm, maorif va h.k.). 
Iqtisodiyotning uchlamchi sohasini tashkil etadi. 
Umumiy tamoyil resurslar va ish bilan bandlik tobora ko‘proq xizmatlar 
sohasiga ko‘chayotganida ko‘zga tashlanadi. Hap qanday mahsulot 
ehtiyojlarni qondirish maqsadidagina ishlab chiqariladi va ularning 
yaratilishiga resurslar sarflanadi. Maqsadsiz ishlab chiqarish bema’nilikdir. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling