H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
-chizma. Muvofiqlashtirishniig bozor mexanizmi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
3.3-chizma. Muvofiqlashtirishniig bozor mexanizmi
Nima iste’mol qilishni, bu demak, nima ishlab chiqarishni aynan uy xo‘jaliklari hal etadi. Ularning qarorlari firmalarning ishlab chiqarish rejalari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Firmalar cheklangan resurslardan foydalanishga doir o‘z qarorlarini o‘zlashtirishlari kerak. Nihoyat, uy xo‘jaliklari iste’mol qilish rejalashtirilgan ne’matlarni olishlari, ya’ni iste’molga doir o‘z qarorlarini muvofiqlashtirishlari lozim. Bozor tizimida muvofiqlashtirish vazifasini ikki xil bozor: ishlab chiqarish resurslari bozori va iste’mol ne’matlari bozori hal qiladi. Talab va taklif modeli tadbirkorlik sektori o‘rtasidagi aloqalarni izohlaydi. Tovar bozorida, oldi-sotdi yuzasidan ikki sektor bir – biri bilan aloqa qilganida, sotilayotgan tovarlar narxi va miqdorini model belgilaydi. Resurslar bozorida, Ishlab chiqarish omillari Iste’mol ne’matlari firmalar Uy xo‘jaliklari Resurslar bozori Iste’mol ne’matlari bozori 102 oldi-sotdi yuzasidan ikki sektor bir – biri bilan aloqa qilganida, resurslarning narxi va miqdori belgilanadi. Yuqorida ta’kidlanganidek, har bir bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining karor qabul qiladigan ikki ma’lum tipiga: sotuvchilar va xaridorlarga ega. Bozorda qabul qilinayotgan qarorlarning muvofiqlashtirilishi turg‘un narx- navo va har bir ne’matning turg‘un miqdori bilan ta’minlanadi. Narxlar taklif va talab o‘zaro aloqasining natijasi sifatida, uy xo‘jaliklari va firmalar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni muvofiqlashtirish uchun zarur bo‘lgan muhim axborotni beradi. Mazkur axborot resurslarni ratsionallashtirish (taqsimlash) muammosining jamiyat tomonidan hal etilishida muhim rol o‘ynaydi. Bir tomondan, narx-navo iste’molchilar capf- xarajatlari darajasini belgilaydi va shu orqali ularning chiqim tomonidan ta’minlanishiga ta’sir o‘tkazadi. Ikkinchi tomondan, ishlab chiqaruvchilarning tushumlari hajmi narx-navoga bog‘liq, bu daromad tomonidan ularning iqtisodiy qarorlariga ta’sir etadi. Masalan, non narxining oshishi – xaridorlarga non iste’mol qilishni cheklashga, firmalarga esa, non bozorida muvozanatni tiklash uchun ishlab chiqarishni ko‘paytirishga ishoradir. Tovarni turg‘un narx bo‘yicha olishni xohlagan xaridorlar uni iste’mol qilishadi, istamagan yoki shu narxni to‘lashga qodir bo‘lmagan xaridorlar – ana shu tovarni iste’mol kilmaydilar. Va nihoyat, mehnat, kapital va yerdan foydalanish narxi ularning egalari daromadini belgilaydi. Shuning uchun, iqtisodiy faoliyatning daromadliligi bilan ifodalanuvchi samaradorligi hammani o‘z kuch-g‘ayratini eng yuqori samara beradigan mashg‘ulot turini tanlashga da’vat etadi. Shu tufayli bozor iqtisodiyoti faoliyat shart–sharoitlarining turli-tuman o‘zgarishlariga tezkorlik bilan munosabat bildirishga qodirdir. Bunga, avvalambor, ana shu shart-sharoitlarga turli ne’matlar nisbiy qiymati o‘zgarishi orqali erishiladi. A.Smit yakka faoliyatni umum manfaatiga yo‘nalgiruvchi «ko‘zga ko‘rinmas qul» obrazidan foydalanar ekan, aslida, bir- biridan mutlaqo bexabar iqtisodiyot sub’ektlarining o‘zaro aloqasini yakka harakatlarni va iqtisodiy hamkorlikni tashkil etishni muvofiqlashtirishning aynan shu usulini nazarda tutgan edi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling