3 BOB. IQTISODIYOT ASOSLARI. IQTISODIYOT
NAZARIYASINING UMUMIY ASOSLARI
Iqtisodiyot odamlar hayoti va faoliyatining o‘ziga xos sohasi sifatida
iqtisodiyot nazariyasining tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. Ana shu sohaning
xususiyatlarini, uning mazmun-mohiyatini umuman iqtisod fani va uning
asosiy qismi sifatida iqtisodiyot nazariyasi ko‘lamini belgilaydi.
Iqtisodiyotning o‘zi nima, degan savolga javoblar juda ko‘p. Ko‘pincha
iqtisodiyot haqidagi tasavvurlar kundalik hayotimizdan kelib chiqadi – biz
narx-navo, sarf-xarajatlar, ish haqi va hokazolarga muntazam duch kelamiz.
Shuning uchun iqtisodiyot haqidagi odatdagi tasavvurlar ko‘pincha o‘z
xo‘jaligini ratsional yuritish, pullardan samarali foydalanish va hokazolar bilan
bog‘liq bo‘ladi. «Iqtisodiyot» (grekcha ekonomike so‘zining atamasi)ning o‘zi
ham xo‘jalikni boshqarish ma’nosini anglatishi tasodifiy emas. Shu bilan
birga, hozirgi zamondoshlarimiz ongida iqtisodiyot haqida boshqa, birmuncha
kengroq – umuman, xalq xo‘jaligidagi ishlarning ahvoli, narx-navoning,
daromadlarning
,
tashqi iqtisodiy aloqalarning o‘zgarishi va xokazolar degan
tasavvur qaror topgan.
Iqtisodiyotning mazmun-mohiyatini aniqlash murakkabligi yana bir shart-
sharoit bilan bog‘lik. Buni iqtisodiyot nazariyasini o‘rganayotgan odam
nazarda tutishi lozim. Biz iqtisodiy hayot qatnashchilari, iqtisodiyot
sub’ektlarining ijtimoiy roli va vazifalari o‘zgarib turishiga doimo duch
kelamiz. Odamlar bir vaqtning o‘zida ne’matlarni ishlab chiqaruvchi va ularni
iste’mol qiluvchi, daromad oluvchi va ana shu daromadlardan soliq to‘lovchi,
aksiya egalari va ayni vaqtda ishlab chiqaruvchi kabi vazifalarni bajaradilar.
Buning ustiga iqtisodiyot va uning sub’ektlari ahvoli muntazam o‘zgarib
turadi. Turli ko‘rsatkichlarning o‘zgarishlari, iqtisodiyot sub’ektlarining ko‘p
sonli vazifalari ortida turg‘un tamoyillarni, o‘zaro aloqalarni qanday qilib
ko‘ra olish, to‘g‘ri qarorlar qabul qilish mumkin? Ana shu va boshqa
savollarga faqat fan, birinchi navbatda, iqtisodiyot nazariyasigina to‘g‘ri javob
berishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |