H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Modellashtirish usullari.
Sintetik yondashuvlar iqtisodiyot nazariyasida sezilarli darajada yoyildi.
Bu bir fan doirasida mavjud bo‘lgan bir yoqlamalikni yengib o‘tishga (tushunsa bo‘ladigan) intilish bilan izohlanadi, kamroq darajada bu uslubiyat iqtisodiyot nazariyasining umumiy usullariga taalluqli, chunki bu borada tadqiqot yaxlitligini boy berish xavfi bor. So‘nggi davrda sintezdan boshqacha turli uslubiyatlar aloqadorligi tushunchasidan kelib chiqgan nuqtai nazar kuch to‘play boshladi. Bu uslubiyatlar plyuralizmni tan oluvchi «yangi ekletika»dir (B.Kolduell, T.Kun, E.Ostrom, D.Xausman va boshqalar). Turli ilmiy nazariyalar hamkorligi qulaylik, soddalik, shuningdek, o‘zaro murosasizlik tamoyillardan kelib chiqib, tadqiqotchilar yoki ilmiy maktablar o‘rtasidagi bitimlarni (konvensiyalarni) o‘z zamiriga qo‘ygan konvensionalizm ana shu yo‘nalishning o‘ziga xos jihati (usuli) bo‘lib qoldi. Iqtisodiyotning u yoki bu qismlarini tadqiq etishda tahlilning turli, o‘ziga xos usullaridan foydalanish ham keng yoyilgan. Ko‘rsatib o‘tilgan uslubiy yo‘nalish iqtisodiy tadqiqotlar imkoniyatini kengaytiradi, ammo bunda ilmiy tizimlarni parchalab yuborish, ularning yaxlitligini boy berish xavfi bor. Tobora murakkablashib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy voqelikni to‘liq aks ettiradigan uslubiy yondashuvlarini izlash, shak-shubhasiz davom etadi. Modellashtirish usullari. Iqtisod fanining eng samarali usullaridan biri – tadqiq etilayotgan hodisalarni matematik modellashtirishdir. Modellashtirish 80 ilmiy tafakkur vositasi sifatida idrok etilayotgan ob’ektlar mohiyatiga kirib borish, ularga xos qonuniyatlarni aniqlashga xizmat qiladi. Biron-bir hodisa, ob’ektni modellashtirish deganda, uning soddalashgan nusxasini – matnda, rasmda, matematikada va kompyuterda yaratish tushuniladi. Modellashtirish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: 1. Predmetning ta’rifi va tadqiqot maqsadlari. 2. Ko‘rib chiqilayotgan iqtisodiy tizimdan qiziqish uyg‘otgan iqtisodiy ob’ektlarni ajratib olish. Ob’ektni o‘rganish. Ob’ektning tuzilishini, qanday faoliyat ko‘rsatishini, uning faoliyatiga qanday omillar ta’sir etishini, uni baholash yoki optimallashtirish mezonlari nimalardan iborat ekanligini, optimallashtirilgan taqdirda qanday me’yorlarda qo‘yilgan maqsadga erishilishini tushunish. 3. Har bir ob’ektning qo‘yilgan vazifaga javob beradigan eng muhim va juz’iy tavsiflarini aniqlash. Ta’rifiy modellashtirish. Ularning o‘zaro aloqalarini qayd etish va so‘z bilan sifatli ta’riflash. 4. Matematik modellashtirish. Iqtisod ob’ektining e’tiborga olinadigan tavsiflari uchun ramziy belgilarini qabul qilish. Ob’ektning asosiy tavsiflarini va ular o‘rtasidagi aloqalarni (imkon qadar) shakllantirish, iqtisodiy ob’ektning shakli, olinayotgan matematik modeli. Ta’rifiy modelni o‘zgaruvchi vazifalar, tenglamalar, tengsizliklar va shu kabi boshqa matematika vositalari yordamida rasmiy matematika tiliga o‘tkazish. 5. Yechim usulini tanlash va uni olish. 6. Yechim tahlili. Haqiqiy ob’ektga o‘xshashligini tekshirish. U yoki bu mezonlariga ko‘ra iqtisodiy matematik modellar mikroiqtisodiy va makroiqtisodiy, nazariy va amaliy, turg‘un va harakatdagi, muvozanatli va muvozanatsiz, optimallashgan va optimallashmagan, aniq va statistik modellarga bo‘linadi. Iqtisodiy modellar iqtisod ob’ektlari faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash, shularga asoslanib, qandaydir o‘lchamlar o‘zgargan taqdirda ob’ektning fe’l-atvorini oldindan ko‘ra bilish, masalan, almashuv kursining o‘sishini, iqtisodiy talab va ehtiyoj o‘zgarishini, daromadning kamayishini oldindan bashorat qilish faqat ichki hissiyotga asoslanadi. Ammo bunda ko‘rib chiqilayotgan vaziyatga ta’sir o‘tkazayotgan iqtisodiy ko‘rsatkichlarning o‘zaro muhim aloqalari unutib qoldirilgan, noto‘g‘ri belgilangan yoki xato baholangan bo‘lishi mumkin. Asl modelda esa, barcha o‘zgarib turuvchi aloqalar miqdordan kelib chiqib baholanishi mumkin, bu ancha-mucha sifatli va ishonchli bashorat qilish imkonini beradi. Har qanday 81 iqtisodiyot agenti uchun vaziyatni to‘g‘ri bashorat qilish imkoniyati avvalabor, ko‘proq daromad olish, zarardan qochib qutilish ma’nosini anglatadi. Davlat siyosatida ham xuddi shunday. Iqtisodiyotdagi hodisalarni modellashtirar ekanmiz, biz birinchi navbatda, mazkur hodisani qanday asosiy ko‘rsatkichlar yordamida tavsif etish mumkinligi, ana shu ko‘rsatkichlar qaysi omillarga ko‘proq bog‘liqligi, bog‘liqliq qandayligi (ijobiy, salbiy), tadqiq etilayotgan ko‘rsatkichlar ularni belgilovchi omillar o‘rtasidagi muayyan aloqadorlik qanday ekanligi bilan qiziqamiz. So‘nggi savol iqtisodiyot nazariyasining usullari bilan hal etilmaydi, unga javob topish uchun matematik statistika va ekonometrika usullariga murojaat etish kerak. Iqtisod fanida miqdoriy iqtisodiy-matematik modellar va sifatli tasdiqlarga yoki ixtiyordagi iqtisodiy ma’lumotlarga asoslanib, ehtimollik nazariyasi va iqtisodiy ma’lumotlarni qayta ishlashga moslashtirilgan matematik statistika yordamida qilingan farazlarning empirik verifikatsiya (tekshirish, asoslash, baholash) usuli alohida o‘rin tutadi. Har qanday iqtisodiy tadqiqot statistik ma’lumotlardan foydalanishni taxmin qiladi. Statistik ma’lumotlar iqtisodiyotda empirik qonuniyatlarni aniqlash va asoslash uchun zamin hisoblanadi. Tadqiq etilayotgan iqtisod ob’ekti faoliyatini tavsiflovchi ma’lum miqdordagi ma’lumotlarsiz iqtisodiy model ahamiyatini amalda aniqlab bo‘lmaydi. Iqtisodiy ma’lumotlar odatda, ikki turga: chaparasta ma’lumotlar va muvaqqat qatorga bo‘linadi. Chaparasta ma’lumotlar bu biron-bir iqtisodiy ko‘rsatkich bo‘yicha o‘xshash ob’ektlar yoki turli mintaqalar uchun olingan ma’lumotlardir. Muvaqqat qatorlar – bu bir ob’ektning o‘zini, ammo vaqtning turli davrlarida tavsiflovchi ma’lumotlardir. Muvaqqat ma’lumotlar tahlili (firmaning savdo-sotig‘ida, qisqa muddatli foiz stavkalarida, inflyatsiyada, ishsizlikda, yalpi milliy ishlab chiqarishda va boshqa iqtisodiy ko‘rsatkichlarda kuzatiladigan) ana shu kattaliklarning o‘zgarish tamoyillarini tadqiq etilayotgan kattaliklarning vaqtincha qaramligi ichki sabablarini tahlil qilmay turib, aniqlash va ularni oldindan aytish maqsadlari uchun ekstrapolyatsiya qilish imkonini beradi. Ba’zan iqtisodiyotda muvaqqat va chaparasta ma’lumotlarning kombinatsiyasi – panel ma’lumotlar uchrab turadi. Iqtisodiy ma’lumotlarni yig‘ishdan maqsad qaror qabul qilish uchun axborotlar bazasini qo‘lga kiritish hisoblanadi. Tabiiyki, ma’lumotlar tahlili va qarorlar qabul qilish qandaydir ichki hissiyot (aniq bo‘lmagan) yoki miqdoriy (aniq) iqtisodiy modelga asoslanib amalga oshiriladi. Shu sababli, aynan tegishli model uchun zarur bo‘lgan materiallarni yig‘ishadi. 82 Har qanday iqtisodiy ma’lumot qandaydir iqtisodiyot ob’ektlarining yoki ularning o‘z xususiyatlarining miqdoriy tavsifidan iboratdir, ular tadqiqot ob’ekti fe’l-atvorining empirik qonuniyatlarini aniqlash va tahlil qilish uchun zamin hisoblanadi. Ular ko‘p sonli omillar ta’siri ostida shakllanadi, ammo ularning hammasini ham sirtdan nazorat qilib bo‘lmaydi. Nazorat qilinmaydigan omillar qandaydir tasodifiy ma’no kasb etishi, shunday qilib, o‘zlari belgilaydigan ma’lumotlarga tasodifiylik xususiyatini bag‘ishlashi mumkin. Iqtisodiy ma’lumotlarning statistik tabiati ularni tahlil qilish va qayta ishlash uchun maxsus, o‘ziga mos statistik ma’lumotlarni qo‘llash zaruratini taqozo etadi. Yig‘ilgan ma’lumotlar turli shaklda: jadval, diagramma, chizma ko‘rinishida taqdim etilishi mumkin. Ma’lumotlarni qayta ishlashdan kuzatiladigan asosiy maqsadlardan biri iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi aloqadorlikni aniqlash va tahlil qilish xisoblanadi. Buning uchun tadqiqotning birinchi bosqichida chizma usuli qo‘llanilishi mumkin. Muvaqqat qator uchun chizma tuzilishi, agar vaqt o‘zgarishlari abssissa o‘qida joylashgan bo‘lsa, o‘rganilayotgan o‘zgaruvchi dinamikasining xarakteri haqida: trendning mavjudligi yoki mavjud emasligi haqida, tebranishlar muntazamligi (davriyligi) haqida, dinamikaning barqarorligi va hokazolar haqida umumiy mulohaza yuritish mumkin bo‘ladi. Har ikki ko‘rsatkich o‘rtasidagi aloqa haqida yoyilish chizmasi yordamida, agar unda bir ko‘rsatkichning qiymati abssissa o‘qi bo‘ylab, boshqasiniki ordinata o‘qi bo‘ylab joylashgan va kuzatuvlardan foydalanilgan bo‘lsa, fikr yurtish mumkin. Chizmaning yuzaki tahlili tanlab olingan iqtisodiy ko‘rsatkichlar o‘rtasida musbat yoki manfiy aloqa mavjudligi haqidagi farazni ilgari surish, ya’ni bir ko‘rsatkichning o‘sishi, boshqasining o‘sishi (pasayishi) bilan birgalikda kechadi, deb taxmin qilish imkonini beradi. Iqtisodiy ma’lumotlar ixtiyorimizada bo‘lsa, mavjud modelning o‘lchamlarini aniqlabgina qolmay, ilgari noma’lum bo‘lgan empirik qonuniyatlarni ham aniqlash, so‘ngra aniqlangan qonuniyatlarga asoslanib, tegishli nazariy modelni yasash mumkin. Modellashtirishda EHMda, kompyuterda modellashtirish alohida o‘rin egallaydi. Bu ko‘rgazmalilikni, qat’iylikni, modellashtirilayotgan ob’ektga har hil ta’sirlar oqibatini tahlil qilish imkonini o‘zida mujassam etadi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling