H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavhumdan ma’lum sari ko‘tarilish usuli
Dialektik yondashuv tabiat, jamiyat va tafakkur rivojlanishining umumiiy
qonuniyatlari haqidagi fan bo‘lmish dialektika bilan bog‘liq. Tizim sifatida XVIII asrning oxiri XIX asrning boshlarida nemis klassik faylasuflari (birinchi navbatda G.Gegel) tomonidan ishlab chiqilgan, so‘ngra birinchi marta siyosiy 78 iqtisodda dialektik yondashuvni qo‘llagan K.Marks tufayli materialistik dialektika ko‘rinishida rivoj topgan. Dialektik yondashuv yuzada yashiringan sabab bilan oqibat o‘rtasidagi aloqalarni aniqlashga safarbar etadi. U mohiyat va hodisani, mazmun va shaklini, zaruriyat va tasodifni, imkoniyat va voqelikni bir-biridan farqlaydi, shunday qilib, u yoki bu predmet doirasida aloqadorlikning chinakam xarakterini ochib beradi. Dialektika rivojlanish jarayonlariga urg‘u beradi, ularning qonuniy xarakteriga ega ekanligi ko‘rsatadi, rivojlanish dialektikaning uch asosiy qonuni: miqdorning sifatga o‘tishi va buning aksi, qarama-qarshiliklarning birligi va o‘zaro kurashi, inkorni inkor etish orqali talqin qilinadi. Dialektik ziddiyat, ya’ni predmetga yoki uning qismlarga xos ikki bir-birini inkor etuvchi tomonlar (qarama-qarshiliklar) o‘rtasidagi nisbat harakatning muhim tamoyili rivojlanishning ichki impulsi, deb e’tirof qilinadi. Qarama- qarshiliklarning «hal etilishi», ya’ni nisbatning (yangi kategoriyaning) paydo bo‘lishiga olib keladi va h.k. Dialektik yondashuv real olamni bilishning ikki o‘ziga xos usulidan foydalanadi (ular shaklan mantiqiy usullardan farqli ravishda dialektik mantiq usullari sifatida talqin etiladi). Mavhumdan ma’lum sari ko‘tarilish usuli. Mazkur usul yaxlit tizim doirasida tushunchalarni (kategoriyalarni) tartibga solish usuli, yaxlit nazariy qayta tiklash usulidir. Mavhumdan (bilishning avvalgi bosqichida ma’lumdan mavhum sari pasayish jarayonida ajratib olingan) ma’lum sari harakat ayni vaqtda dialektika tamoyillari va qonunlarini amalga oshirish zamirida qismdan yaxlit sari, oddiydan murakkab sari, qoloqlikdan taraqqiyot sari harakatning o‘zginasidir. Mavhumdan ma’lum sari ko‘tarilish tizimning birlamchi qarama- qarshiligidan boshlab qarama-qarshiliklarning ko‘tarilish o‘qiga bamisoli tizilib boradi (K.Marksning «Kapital»ida tovar bilan qiymat iste’mol qiymati o‘rtasidagi qarama-qarshilik shunday vazifani o‘taydi). Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling