H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
2.9. Iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar Iqtisodiyot nazariyasi faniga doir o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy kategoriya - bu iqtisodiyotni o‘rganishda qo‘llaniladigan nazariy tushunchalar va ilmiy abstraksiyalar bo‘lib, ob’ektiv mavjud iqtisodiy munosabatlarni, ularning har xil ko‘rinishlarini va qirralarini ifoda etadi. Iqtisodiy qonunlar deganda iqtisodiyotning shakllanish va rivojlanish jarayonlarining asosiy muhim yo‘nalishlarini belgilovchi, takrorlanib turuvchi, uzviy iqtisodiy zaruratni taqozo etuvchi sabab-oqibat, aloqa-bog‘liqlik ko‘rinishidagi iqtisodiy munosabatlar nazarda tutiladi. Iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar ilmiy abstraksiyalar bo‘lgani sababli mavjud xo‘jalik aloqalaridagi ob’ektivlikni va haqiqatni aks ettiradi. Iqtisodiy qonunlar harakat qilishi va foydalanish jihatiga ko‘ra jiddiy e’tiborga molik. Bir tomondan iqtisodiy qonunlar xo‘jalik sub’ektlari yoki alohida individlarning intilishi va ongidan ob’ektiv ravishda mustaqildir. Ammo shu bilan birga, ularning harakati insonlarning faoliyatidan, ularning munosabatlaridan va intilishlaridan tashqari ro‘y bermaydi. Ikkinchi tomondan, iqtisodiy qonunlarni bilgan inson ulardan o‘z manfaati yo‘lida, xo‘jalik faoliyatida ongli ravishda foydalanishi mumkin. Bu demak, iqtisodiy qonunlarning harakati ob’ektiv ravishda, ulardan foydalanish sub’ektiv ravishda yuz beradi. Lekin bunday xulosa bilan hech ham chegaralanib bo‘lmaydi. Gap shundaki, jamiyatda, xo‘jalik hayotida ob’ektivlik hamma vaqt sub’ektivlashgan, yoxud kishilarning, shaxslarning faoliyatidan tashqarida mavjud bo‘lishi mumkin emas. Sub’ekt-shaxslarning xulqi qandaydir umumiy intilishlardan, o‘z manfaatlarini himoya qilishdan kelib chiqqani holda sub’ektivlik hamma vaqt ob’ektivlashadi va ro‘y beradi. Shuning uchun iqtisodiy qonunlarning harakati va ulardan foydalanish iqtisodiy jarayonlarinig ikki chambarchas o‘zaro bog‘liq va o‘zaro harakatdagi tomonlaridir. 74 Iqtisodiy tizimlarning o‘zgarishi, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning biri-biri bilan almashuvi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, ishlab chiqarish omillaridan foydalanish, mexanizmlarning takomillashishi ta’siri ostida o‘tgan va o‘tmoqda. Bu o‘zgarishlarning asosida bir iqtisodiy munosabatning yo‘q bo‘lishi va boshqasining yuzaga kelishi yotadi. Shunday ekan, insoniyat sivilizatsiyasining tarixiy jarayonlari rivojlanishida iqtisodiy kategoriya ham, iqtisodiy qonun ham tarixiy xususiyatga ega bo‘lgan deb aytish mumkin. U yoki bu iqtisodiy munosabat yo‘q bo‘lib ketishi bilan birga, iqtisodiy kategoriya va qonunga bo‘lgan talab ham yo‘q bo‘lib ketadi va aksincha, yangi iqtisodiy munosabatlarning paydo bo‘lishi ularni idrok etish, tushunish, bilish va ilmiy abstraksiyalash apparati bo‘ladi. Shunga qaramasdan ko‘pgina iqtisodiy munosabatlar ming yoki yuz yillar davomida yashab kelmoqda. Bunga iqtisodiy qonunlarning quyidagi tarixiy tasniflarini keltirish mumkin: umumiqtisodiy qonunlar – tabiat, jamiyat insoniyat, fan-texnika taraqqiyotining hamma bosqichlarida, iqtisodiy-ijtimoiy shakllanishidan qat’iy nazar, amal qiluvchi qonunlar, jumladan, ishlab chiqarishda mehnat unumdorligining o‘sib borishi, ehtiyojlarning yuzaga kelishi, ularning yuksalishi, mehnat taqsimoti va uning rivojlanishi, o‘rin almashuvi qonunlari; formatsiyaga oid maxsus (tipik) qonunlar - bu alohida iqtisodiy tizimlarga oid, faqat shu tizimning o‘ziga xos xususiyatlarini talqin qiluvchi qonunlar. Bu quldorlik jamiyatidagi, feodalizm tizimidagi, mutlaq tizimidagi, kapitalizm tizimidagi ishlab chiqarish usullariga oid iqtisodiy qonunlardir. Iqtisodiy kategoriyalar tasnifi ham o‘ziga xos xususiyatlarga qarab - umumiqtisodiy, maxsus va davriy oraliq kategoriyalarga bo‘linadi. Ular qatoriga quyidagilar kiradi: ishlab chiqarish, mulk, mehnat jarayoni, mahsulot, tovar, xizmat, ish vaqti, ekspluatatsiya, renta, qiymat, qashshoqlik, monopoliya, oligopoliya, talab, taklif, pul, marketing, narx-navo, inflyatsiya, soliq, boj va hokazolar. Albatta, har qanday jamiyatning, iqtisodiy tizimining rivojlanish bosqichlarida bu kategoriyalar qo‘llanilishi yoki bo‘lmasa, umuman, qolib ketishi mumkin. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling