H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


 Markaziy Osiyoda iqtisodiy tafakkurning rivojlanishi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

1.8. Markaziy Osiyoda iqtisodiy tafakkurning rivojlanishi. 
Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Yusuf Xos Hojib, A.Navoiy kabi olamga 
mashhur olim va adiblarning nomi bilan bog‘liq. 
Ularning asarlarida iqtisodiy g‘oyalar hali falsafiy va ijtimoiy bilimlar 
majmuidan alohida ajralib chiqgan bo‘lmasa ham, ma’lum darajada qiziqish 
uyg‘otadi. 
Farobiy va Ibn Sino ilmiy qarashlarida inson ehtiyojlari haqidagi ta’limot 
markaziy o‘rinni egallagan. Farobiyning (870 – 950) fikriga ko‘ra, 
odamlarning moddiy ehtiyojlari jamiyat shakllanishining birlamchi sababi 
xisoblanadi. 
Abu Ali ibn Sino (980-1037) – o‘rta asrning mashhur mutafakkirlaridan 
biri, buyuk qomusiy olim va gumanist, avvalambor, o‘zining tibbiyot 
sohasidagi asarlari bilan mashhurdir. Shu bilan birga, uni iqtisodiy masalalar 
ham qiziqtirgan. Uning nafaqat oila miqyosidagi, shu bilan birga, shahar va 
davlat miqyosidagi daromadlar va sarf-xarajatlar haqidagi mulohazalari 
ayniqsa, qiziqarli. Uning fikriga qaraganda, maorif uchun mablag‘lar 
ajratilishining tabiiy ofatlar yoki urush ehtimolini nazarda tutib, zaxiralar hosil 
qilinishini inobatga olib, daromadlar, xarajatlar muvofiqlantirilishiga erishish 
zarur. 
Abu Rayhon Beruniy (973-1048) Ibn Sinoning zamondoshi, ulkan 
qomusiy olimlardan biridir. U o‘z asarlarida iysoning tevark-atrofidagi olam 
bilan aloqa qilishi kabi ob’ektiv klimdan kelib chiqib, inson uchun hal qiluvchi 
ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Beruniy jamiyat shakllanishining 
iqtisodiy omillari haqidagi Farobiy va Ibn Sinoning ta’limotini rivojlantirgan. 
Beruniyning Markaziy Osiyo iqtisodiy tafakkurini rivojlantirishdagi xizmatlari 
shundaki, u pulning kelib chiqishini birinchi bo‘lib tadqiq etgan, uning mehnat 
mahsulotlarini ayirboshlash ehtiyoji paydo bo‘lishi bilan bog‘liq ekanligini 
ko‘rsatgan. 
XI asrning taniqli shoiri va mutafakkiri Yusuf Xos Hojib iqtisodiy 
bilimlar sohasida muhim rol o‘ynagan. U o‘zining iqtisodiy qarashlarini 
«Qutadg‘u bilig» («Saodatga eltuvchi bilim» 1069), kitobida bayon etilgan. 
Yusuf Xos Hojib mehnatning jamiyatni rivojlantirishdagi rolini ta’kidlab, 
ne’matlarning xususiyatlari xarakterlarini qayd etadi.


45 
Sharq Iqtisodiy tafakkurining shundan keyingi rivojlanishi Amir Temur 
va Temuriylar hukmronligi davri uchun ayniqsa, xarakterlidir. Bu ko‘p 
jihatdan buyuk o‘zbek shoiri va mutafakkiri, qomusiy olim va davlat arbobi 
Alisher Navoiyning (1441 – 1501) nomi bilan bog‘liqdir. A.Navoiyning 
iqtisodiy g‘oyalari bayon etilgan 22 asari orasidan jamiyatning ijtimoiy-
iqtisodiy tuzilishi haqidagi uning asosiy fikrlari ana shu asarlarda o‘z 
mujassamini topgan. Olim mehnatining boylik yaratishdagi faoliyati qayd etar 
ekan, «boylik – basharti undan butun xalq foydalangan taqdirdagina 
ne’matdir», deb hisoblangan. Uning fikriga ko‘ra, davlatning boyish manbai 
soliqlar hisoblanadi, shuning uchun u adolatli soliqlar tizimi o‘rnatilishini 
yoqlagan. Navoiyning asarlarida davlat moliyasiga ham anchagina katta o‘rin 
ajratilgan.
Markaziy Osiyo iqtisodiy tafakkuri tarixidan, shuningdek, Abdurahmon 
Jomiy (1414 – 1492), Zahiriddin Muhammad Bobur (1483 – 1530)- Mirzo 
Bedil (1644 – 1721), Davlatmamed Ozodiy (1700 – 1760), Mahtumquli (1733 
– 1782) va boshqalarning asarlari o‘rin olgan.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling