H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Qadimgi Gretsiya iqtisodiy ta’limoti
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
1.4. Qadimgi Gretsiya iqtisodiy ta’limoti.
Ksenofont (eramizdan avvalgi 430-354 yillar). U o‘zining asarlarida natural xo‘jaliklarni mustahkamlash uchun quldorlarning tovar-pul munosabatlarini rivojlantirishga intilishni aks ettirdi. Ksenofont mehnat taqsimoti va bozor hajmi o‘rtasidagi aloqani ko‘rsatib, mahsulotlarni almashish qiymatining iste’mol qiymati bilan baravarligini pulning muomala vositasidan tashqari jamg‘arma vazifasini bajarishini ma’qullagan. Aflotun (Platon) (eramizdan avvalgi 427-347 yillar). Gretsiya Peloponnes urushidan keyin tanazzulga uchradi. Sinfiy kurashlar keskin kuchaydi. Aflotun o‘z oldiga aslzodalar ahvolini mustaxkamlash vazifasini qo‘ydi. Va ularning manfaatini ta’minlashga harakat qildi. Shu maqsadda u «Siyosat va davlat» degan kitobini yozdi. U jami aholini uch toifaga bo‘lib chiqdi. Birinchi va ikkinchi toifaga davlatni boshqaruvchilar, faylasuflar va jangchilar, ya’ni davlat apparatini boshqaruvchilar kirdi. Ular hech qanday mulkka ega bo‘lmasligi, iste’mol ular uchun ijtimoiy xususiyatga ega bo‘lishi lozim edi. Mulkka ega bo‘lish faqat uchinchi toifaga, ya’ni dehqonlar, hunarmandlar va savdogarlarga ruxsat etilardi. Arastu (Aristotel) (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) qadimgi Gretsiyada quldorlik g‘oyasining eng asosiy himoyachisi bo‘lgan. Jamiyatning o‘sha davrda qul va quldorlarga bo‘linishini u kishilarning tabiiy farqi deb tushuntirgan. Arastu quldorlar xo‘jaligini mustahkamlash uchun o‘rtacha ta’minlangan quldorlar sinfini mahkamlash, davlat yordami bilan adolatli almashuvni ta’minlash zarur deb hisoblagan. Arastu shu nuqtai nazardan kelib chiqib, noqulay bo‘lishiga qaramay birinsi marotaba almashuv qiymatini tahlil qildi: ya’ni «5 etik uyga». Bu bilan Arastu uy quruvchi bilan etikdo‘z mehnatini bir-biriga solishtirgan holda ularni tenglashtiradi. 41 Arastu shunday deydi: «Munosabat, aloqa almashuvsiz mumkin emas, almashtirish ham narxlarni baravarlashtirishsiz mumkin emas, shunday ekan, baravarlash ham narsalarni tenglashtirishsiz mumkin emas.» Shunday qilib, almashuv baravarlashtirishsiz mumkin bo‘lmaganidek, baravarlashtirish ham o‘lchovsiz bo‘lishi mumkin emas. Arastu aytganidek, shubhasiz pulda o‘lchov qiymati bo‘lgan. Ya’ni hamma almashish uchun chiqarilgan narsalar ma’lum daradaja teng bo‘lishi shart, buning uchun vositachi sifatida tanga-chaqa joriy etilgan. Bu hammasini o‘lchaydi va aniqlaydi. U, albatta, shu asnoda, qiymat zamirida qanday mehnat turganligiga uncha ahamiyat bermagan, ya’ni boshqacha qimlib aytganda, aniq mehnat bu insonlar mavhum mehnatining shakllanishi ekanligini uncha tushunmagan. Arastu taqsimot muammosiga ham ancha e’tibor bergan, taqsimotda asosan adolat bo‘lishi kerak, deydi u, lekin bu adolatning tamoyili «tengsizga-tengsizlikdir». Bu tamoyilga ko‘ra moddiy boyliklarni jamiyat sinflari o‘rtasida taqsimlashdagi adolat ham iloji boricha faqat obro‘-e’tibori borlar uchun teng bo‘lishi kerak. Bu adolat-tenglik, biroq bu tenglik hamma uchun emas, balki tenglar uchun degan ma’noni bildiradi. Arastu haqiqatan ham birinchi marotaba ijtimoiy almashish turmushda mehnat taqsimoti, tovar xo‘jaligi, pul, qiymatning ikki turi, taqsimot kabi hodisalar borasida tadqiqot olib borgan. Shu bilan birga Arastu xrematistika va iqtisodga ham ahamiyat bergan. Xrema - grekcha mulk degani. Bu tushuncha iqtisodga qarama-qarshi qo‘yilganligidan foydalangan. Arastu inson o‘z extiyojini qondirish uchun xo‘jalik faoliyatini yurgizgani tabiiy hol, deb ta’kidlaydi. Bu Arastuning qadim zamon marketingining yuzaga kelishiga dahldor ekanligidan dalolat beradi. Arastu xrematistikani xo‘jalik faoliyatiga g‘ayri tabiiy hisoblagan kishilarning ehtiyojini qondirishni emas, balki har qanday yo‘l bilan boylik orttirishni ko‘zlaydi degan. Arastu xrematistika to‘g‘risida yana shunday degan «Savdogarlik faoliyati natijasida sun’iy yo‘l bilan boylik to‘plashning hech qachon me’yori bo‘lmagan, sababi, maqsad faqat boylik orttirish, pul to‘plashdir. Kimda-kim pul oboroti bilan shug‘ullansa, u o‘z kapitalini cheksiz ko‘paytirishga intiladi» 34 . Hozirgi zamon tili bilan aytganda, Arastu T-P-T shaklini qo‘llagan, lekin P-T-P shaklini emas. Birinchi jarayon ijobiy bo‘lib, ikkinchisi esa, Gegel aytganidek, yaramas cheksizdir. Arastu sudxo‘rlarni qat’iyan ayblaydi. Arastu 34 Аристотель. Политика. М.: АСТ, 2018. С.25-26. 42 negadir sudxo‘rlikni tabiatning jirkanchli shakli, dunyoparast tarmog‘i degan. Yuqorida aytib o‘tilgan fikrlarimizni Arastuning bir yaxshi iborasi bilan yakunlaymiz, ya’ni «boylik orttirishning me’yori bo‘lmaydi, bu mulkka egalik qilishni iloxiylashtirishdir». «Ekonomika - iqtisod» so‘zi ham grek tilidan olingan Ksenofont va Arastu davrida «oykonomika» («oykos»-uy xo‘jaligi; «nomos»-qonun, qoida)ga dastavval uy xo‘jaligini olib borish to‘g‘risidagi fan deb qaralgan. Bu so‘z kundalik hayotga, turmush tarziga o‘sha zamondan boshlab kirib kelgan. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling