H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
I-BO‘LIM IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING SHAKLLANISHI VA
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
I-BO‘LIM
IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI 1-BOB.IQTISODIY NAZARIYAGA MUQADDIMA. INSON IQTISODIYOT DUNYOSIDA 1.1. Inson va iqtisod Insonning paydo bo‘lish tarixi bizdan uzoq, noma’lum o‘tmishda qoldi. Hozirgi zamon antropologiyasi «ongli inson» ning qanday va qaysi vaqtda paydo bo‘lganligining haqiqiy sababini, uning tadrijiy taraqqiyotini aytib bera olmaydi. Inson o‘zining biologik va ijtimoiy rivojlanishida juda ham uzoq yo‘l bosib o‘tgan. Hozirgi olimlarning faraz qilishicha, inson ongli mavjudot sifatida birinchi navbatda mehnat tufayli yuzaga kelgan. Mehnat uning ongini rivojlantirgan, insonni hayvonot dunyosidan ajratib olgan va uni fikr yuritish qobiliyatiga, ijtimoiy tushunchalarga ega qilgan. Inson hayotining iqtisodiy va ijtimoiy, moddiy va ma’naviy tomonlarini, uning hayoti va faoliyatini iqtisodiyot nazariyasi tahlil qiladi. Iqtisodiyot resurslar cheklangan sharoitda moddiy boyliklarni ishlab chiqarish va taqsimlashni anglatadi, usiz shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarning xilma-xil shakllarini tasavvur qilish mumkin emas. Iqtisodiyot nazariyasi insoniyat jamiyatini o‘rganishda dastlabki muhim asoslardan biridir. Inson ayni vaqtning o‘zida iqtisodiy boyliklarni ham ishlab chiqaruvchi, ham iste’mol qiluvchi hisoblanadi. Inson nafaqat yaratadi, u omillarni harakatga keltiradi, texnika-texnologiyadan foydalanish usulini aniqlaydi, bu o‘z navbatida insonning oldiga yangi jismoniy va intellektual talablarni qo‘yadi. Inson nima uchun mehnat qiladi, degan savol tug‘iladi. Mehnat hayotiy ehtiyojmi yoki og‘ir zaruriyatmi? Ehtimol, bu savolga javob topish qiyin bo‘lmasa kerak. Agar ibtidoiy jamoa davriga e’tibor qilsak, u davr odamlari oziq-ovqat topish uchun kam kuch sarflagan bo‘lishi mumkin. Insonning kamroq kuch-g‘ayrat sarflashga intilishi uni yangi mehnat vositalarini ixtiro qilishga majbur etgan. Sinchkovlik bilan e’tibor bersak, mashaqqatli og‘ir mehnatdan (birinchi navbatda jismoniy mehnatdan) qochish kishilarni yuqori unumdorlikka ega mehnat qurollarini ixtiro qilishiga, keng moddiy boylik yaratishga undagan. Shunday qilib, piyoda yurmaslik uchun g‘ildirak kashf 32 etilgan, yerni qo‘l bilan qazimaslik uchun belkurak, keyinchalik zamonaviy ekskavator va boshqalar ixtiro qilingan. Umuman, bozor xo‘jaligi nazariyasida inson mehnati birinchi hayotiy ehtiyoj bo‘lganmi, degan savol qaralmaydi. Bozor nazariyasi mehnatni o‘ziga xos xarajat turi, deb talqin qiladi. Inson kerakli ne’matlarni qo‘lga kiritish uchun avval sarf-harajatlar qiladi. Shuni aytish kerakki, hamma orzu qilingan va mustabid tuzumlarning ham orzusi xalqni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan edi, ya’ni inson pul bilan haq to‘lashni, mukofotlashni xayoliga keltirmasligi kerak edi. Lekin bu oddiy vazifa emasdi. Targ‘ibot-tashviqot ham, zo‘ravonlik ham uning uddasidan chiqa olmadi. Shunday qilib, biz mehnatga undovchi sabablar muammosiga to‘xtalamiz. Har xil xo‘jalik tizimlarida mehnatga rag‘batlantirish qanday bo‘lgan? Ko‘pincha bu hol ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalariga munosabatlaridan kelib chiqadi. Ma’lumki, ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalaridan ajralishi mehnatdan uzoqlashishga olib keladi, deb hisoblanadi. O‘ylaymizki, mehnatdan uzoqlashish birgina ishlab chiqaruvchilar va ishlab chiqarish vositalarining alohidalashuviga bog‘liq emas. Albatta, bu ularning bir-biri bilan qanday ijtimoiy tizimlarda bevosita bog‘langanligiga ham dahldor. Ehtimol, faqat ibtidoiy jamiyatdagi hunarmandchilik xo‘jaligi (oddiy tovar ishlab chiqaruvchilar) istisno bo‘lsa kerak. Qolgan hamma - quldorlik, feodal, kapitalistik, sotsialistik jamiyatlarda mehnatdan uzoqlashish nafaqat ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalaridan alohidalashuvi fakti bilan, balki mehnatga noiqtisodiy majbur qilish fakti bilan bog‘lansa kerak. Agarda shu jihat inobatga olinsa, bu hol ko‘proq quldorlik, feodalizm, mustabid jamiyatlarda «sotsializm» shiori ostida yuz beradi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling