H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Iqtisodiyot nazariyasi fanining paydo bo‘lishi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
1.3.Iqtisodiyot nazariyasi fanining paydo bo‘lishi
Asosiy davrlari. Iqtisodiy tafakkurning yuzaga kelishi, paydo bo‘lishi, shu fanning tarixiy manbalari dalolat berishiga qaraganda, insoniyat jamiyati yuzaga kelishi bilan teng. Inson paydo bo‘lishi bilan oziq-ovqatga, kiyim- kechakka, boshpanaga va boshqa hayotiy noz-ne’matlarga muhtoj bo‘lgan. Shuning uchun ham iqtisodiy tafakkur iqtisodiy rivojlanish bilan birgalikda yuzaga kelgan, desak xato qilmaymiz. Yana shuni aytib o‘tish kerakki, tabiatda xech narsa tayyor holda berilmagan, tabiat in’om etgan boyliklarni inson o‘zi uchun, o‘z ehtiyojini qondirish uchun xizmat qildirish maqsadida, tabiatga nisbatan iqtisodiy tafakkur alohida fikr shaklida bo‘lmagan. Va boshlang‘ich natijalarni sof, aniq qilib isbotlab berish juda murakkab bo‘lgan. Tarixda eng dastlabki, birinchi manba qadimgi Misr papirusi va shoh Xammurapi qonunlari hamda qadimgi Hindiston «Artxashastra»si hisoblanadi. Albatta, qiziqarli va nihoyatda ibratli iqtisodiy hodisalar diniy kitoblarda, jumladan, Qur’oni Karim va Injilda keltirilgan. Bundan tashqari kapitalistik davrgacha bo‘lgan ishlab chiqarish uslublari ham ancha keng ma’lumot beradi. 39 Iqtisodiy ta’limot ildizi qadimgi dunyoga borib taqaladi. Quldorlik jamiyati birinchi sinfiy antagonistik ijtimoiy- iqtisodiy formatsiya deb hisoblanadi. Sharqda quldorlik eramizdan avvalgi IV ming yillikda paydo bo‘lgan. Sharqdagi quldorlikning o‘ziga hos xususiyati shundaki, u xususiy mulk bilan baravar vujudga kelgan, xalqning aksariyat qismi davlatga qaram bo‘lgan. Irrigatsiya tarmoqlari davlat qo‘lida bo‘lgan va qullarni qarzga berish tarqalgan edi. Xitoyda birinchi quldorlik davlati eramizdan avvalgi ikkinchi ming yillikda paydo bo‘lgan bo‘lsa, quldorlik o‘zining sinfiy shaklida qadimiy Gretsiyada va Rimda birinchi ming yillikdan to bizning eramizgacha yetib kelgan o‘zining ravnaqiga esa eramizdan avvalgi V asrda ko‘tarilgan. Sharqdagi quldorlik jamiyati shakllanishini solishtirganda, ishlab chiqarish kuchlari Gretsiyada ancha yuqori darajada rivojlanganligi ma’lum bo‘ladi. Qadimgi dunyo iqtisodiy fikri ilohiylashgan natural quldorlar xo‘jaligini himoya qilishi bilan tavsiflanadi. Qadimgi Osiyodagi iqtisodiy ta’limotga Bobil, yuqorida aytib o‘tilgan shoh Xammurapi (eramizdan avvalgi 1792 - 1750 yillar) qonunlari. Xammurapi qonunlari quldorlik jamiyatini himoya qilish va uni kuchaytirish maqsadida sinfiy kurashni yumshatishni ko‘zlagan edi. Bu qonun quldorlar davlati manfaatini himoya qilgan uning mohiyati sudxo‘rlikni va qullarning qarzga berilishini cheklashdan iborat bo‘lgan. Xitoy. Konfutsiy (eramizdan avvalgi 552-479 yillar) ta’limoti. Jamoa asari «Guan - tszы» eramizdan avvalgi IV-III asrlar. Bu davrda Xitoyda dehqonchilik va hunarmandchilik tez rivojlandi. Temirdan yasalgan mehnat qurollari keng tarqaldi. Tovar – pul munosabatlari kengayadi va savdo-sotiq kuchayadi. U Xitoyda oldinga surilgan quldorlik jamiyatini himoya qilgan birinchi nazariyani rivojlantirish, ya’ni tabiiy, huquqiy-ijtimoiy, axloqiy va adliyaviy falsafadan iborat bo‘lgan. Hindiston. «Artxashastra» (eramizdan avvalgi IV-III asrlar). «Artxashastra» qadimiy Hindistonning eng muhim yodgorligi hisoblanadi. Uning yaratilishi shoh Chandragupta I ning maslahatchisi Kautile Vishnugupta bilan bog‘liq. «Artxashastra»ning maqsadi quldorlik davlatini mustahkamlash bo‘lgan. Bu yerda kuchlar asosan past toifadagilar bo‘lgan. 40 «Artxashastra»da yaratilgan «narsalar qiymati» muammosi aks etgan, qiymat miqdori «ish kuni» soni bilan aniqlangan mukofotlash mehnat natijasidan jiddiy fikrlangan. «Artxashastra» dasturida iqtisodiy siyosat shohni ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirishga da’vat etgan. Unda tovar narxini, tovar fondi yaratishni tartibga solish, davlat budjetida aktiv balansni yaratishga rioya qilish budjetning daromad qismini ko‘paytirib-chiqim qismini kamaytirish masalalari aks etgan. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling