H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


 Qadimgi Rimning iqtisodiy ta’limi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

1.5. Qadimgi Rimning iqtisodiy ta’limi. 
Katon Starshiy (eramizdan avvalgi 234-142 yillar) bu davrda Rim davlati 
ancha yuksalgan bo‘lib, yirik latifundiyalar bilan birgalikda quldorlar xo‘jaligi 
bozor bilan uzviy bog‘liq edi. Quldorlar xo‘jaligini Katon himoya qilgan. U 
o‘zining «dehqonchilik» deb nomlangan asarida «kamroq yeb, ko‘proq boylik 
orttirish»ni tavsiya etgan. Daromadni Katon ortiqcha qiymat deb yanglishgan 
va uni ishlab chiqarish sarf-xarajatlariga qo‘shgan. Katon yollanma mehnatga 
qarshi bo‘lgan. U daromadni qullar hisobiga ta’minlashga intilgan. Katon 
qullarning ish vaqtini qat’iyan tartibga solib, ularning yuqori unum bilan 
mehnat qilishlarini talab qilgan. 
Tiberiy Semproniy Grakx (eramizdan avvalgi 163-132 yillar) va Gay 
(eramizdan avvalgi 153-121 yillar). Bu davrda Rim davlatida iqtisodiy va 
siyosiy inqiroz rivojlangan edi. Ularni to‘xtatish maqsadida aka-uka Grakxi 
Tiberiy va Gay, agrar islohotlar o‘tkazishni ilgari surishdi. Ular yirik yer 
egalarini cheklashni va xarob bo‘layotgan dehqonlarni himoya qilishni talab 
qildilar. Biroq yirik quldorlarga qarshi kurashda aka-ukalar halok bo‘lib ketdi. 
Varron (eramizdan avvalgi 116-27 yillar). Kolumella (eramizdan avvalgi 
1 asr). Varron – olim, agronom, arxeolog va tarixchi bo‘lib, latifundiyalarni 
mustahkamlashga intilgan. Varron qishloq xo‘jaligining mahsulot ishlab 
chiqarish qobiliyati mamlakat barqarorligining zamiri ekanligini asoslab berdi. 
Shu bilan birga Varron qullarni maksimal ravishda ekspluatatsiya qilishni 
tavsiya qilgan, ularni zaboni bor mehnat quroliga tenglashtirgan. Yozuvchi va 
agronom Kolumella qullar aqliy mehnat qilmasligini ko‘rsatadi. Ularni 
mehnatga rag‘batlantirish uchun Kolumella qullar bilan suxbat o‘tkazishni, har 
zamon - har zamonda xazillashib turishni, ularni uylantirib qo‘yishni maslahat 
beradi. Ammo Kolumella qullarning mehnat unumdorligi oshishiga ishonch 
yo‘q deydi, zamon talabiga binoan yirik yer egalarini himoya qiladi.


43 
Feodalizm jamiyati va kapitalizmning paydo bo‘lish davridagi iqtisodiy 
ta’lim. Feodalizm jamiyati va unga xos bo‘lgan ishlab chiqarish usuliga tabiiy 
deb qaralgan. Tovar - pul munosabatlari rivojlanishi feodalizmning 
parchalanishi va kapitalizmning shakllanishida burjuaziya siyosiy iqtisodining 
paydo bo‘lishi muhim rol o‘ynadi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling