47
2 BOB. IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING RIVOJLANISHI,
UNING PREDMETI VA BILISH USULLARI
Iqtisodiyot nazariyasi jamiyatga ishonmaydigan
dunyo qarashni taklif qilmaydi, bu yerda barcha bor
omillar teng o‘lchamda hisobga olinadi. Aksincha,
iqtisodiyotga xos ong keng doiradagi imkoniyatlardan
faqat keragini olib, qolganlarining barchasini olib
tashlaydilar.
Avvalambor iqtisodiyot nazariyasi e’tiborni kishilar
qanday qilib tanlov qilishiga qaratadi. Iqtisodiyot
nazariyasida tanlov juda ham ahamiyatli o‘rinni
egallaydi, ya’ni ba’zilari uni shunday tanqid qiladi, hatto
kambag‘allik va ishsizlikni u kishilarning xoxishicha
tanlab olingan natijasi sifatida ta’kidlanadi.
Pol Xeyne
Iqtisodiyot ko‘p ma’noli, serqirrali, ko‘p
qiyofali va murakkab
tushunchadir. Uning mazmun, vazifalari jamiyatning rivojlanishi hamda
taraqqiyot jarayonida aniq ma’lum bo‘lgan va boyitilgan, ya’ni iqtisodiyot fani
darhol tayyor va tugallangan shaklda paydo bo‘lmagan, u uzoq davrlar ichida
ilmiy izlanishlar natijasi bo‘lib, yana ham uzoq davrga davom etadigan
uchinchi mingyillikda axborot-innovatsiya iqtisodiyotiga
intiladigan va
erishiladigan fandir. Aynan shuningdek, darsligimizning boshlanishida
iqtisodiyotning asosiy rivojlanish davrlari va bosqichlari bilan tanishib
chiqamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: