H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


 Iqtisodiyotning odamlar o‘rtasidagi munosabatlar tizimi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

 
2.2. Iqtisodiyotning odamlar o‘rtasidagi munosabatlar tizimi 
Iqtisodiyot – hayot va faoliyatning bir sohasi sifatida, o‘z ta’rifga ko‘ra, 
odamlarning alohida, o‘ziga xos munosabatlari yoki iqtisodiy munosabatlari 
sohasidir. Aynan odamlar, iqtisodiyotning sub’ektlari sifatida, qarorlarni 
tayyorlaydilar va qabul qiladilar, kapitalni investitsiya qiladilar, ishlab 
chiqarish vositalari bilan bog‘lanadilar, tovarlarni sotadilar, daromad oladilar, 
soliqlarni to‘laydilar, faoliyat samaradorligini baholaydilar, daromadlaridan 
oila-a’zolarini boqish va investitsiyalar uchun foydalanadilar. Aynan 
iqtisodiyot sub’ektlari ishlab chiqarish va mahsulotlarni almashish, ularni 
sotib, daromad olish yuzasidan bir-birlari bilan aloqa bog‘laydilar, o‘z 
daromadlaridan to‘lovlarni o‘tkazibgina qolmay, subsidiyalar, boshqa 
mablag‘lar olish va hokazolar yuzasidan davlat bilan munosabatlarga 
kirishadilar. Iqtisodiyotdagi munosabatlar ko‘rinishlari ro‘yxatini yana davom 
etirish mumkin. 
Iqtisodiyot rivojlangani sayin iqtisodiy munosabatlar murakkablashib 
boradi, uning yangi qatnashchilari (sub’ektlari) va munosabatlarining yangicha 
ko‘rinishlari paydo bo‘ladi, mahsulotlarni va daromadlarni o‘zlashtirish esa, 
ana shu jarayoning yangidan-yangi qatnashchilari o‘rtasida amalga oshaveradi. 
Ularning orasidan, birinchidan, jamiyatning cheklangan resurslaridan 
maqsadga muvofiq foydalanish jarayonidagi odamlarning munosabatlari, 
ikkinchidan, jamiyat ne’matlarini ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol 
qilish bilan bog‘lik, milliy iqtisodiyotning iqtisodiy tuzilishini belgilovchi 
iqtisodiy munosabatlar alohida ajralib turadi. Odamlarning iqtisodiyotdagi 
faoliyati institutlar (jamiyat tomonidan o‘rnatilgan me’yorlar, tartib-qoidalar) 
doirasida amalga oshirilishi munosabati bilan, iqtisodiy munosabatlarni ham 
jamiyatning mazkur institutlari shakllanishi bilan bog‘liq holda ko‘rib chiqish 
zarur. 
Munosabatlarning ushbu turlarini bir-birini istisno qiluvchi munosabatlar 
sifatida talqin etish noto‘g‘ri bo‘ladi. Iqtisodiyot sub’ektlarining har biri bir 


50 
vaqtda va doimo ana shu asosiy turdagi munosabatlarga kirishadi. Iqtisodiyot 
sohasini tanlagan har bir tadbirkor sarf-xarajatlar va natijalarni baholabgina 
qolmay, bozordagi o‘z o‘rnini aniqlaydi, ayni vaqtda u daromadni taqsimlash 
yuzasidan boshqa tadbirkor bilan, mehnatga haq to‘lash yuzasidan xodimlar 
bilan, soliq to‘lash yuzasidan davlat bilan munosabatlarga kirishadi va hokazo. 
Munosabatlarning mazkur guruhlarini alohida munosabatlar sifatida nazariy 
jihatdan ko‘rib chiqish zaruratini quyidagi sabablar taqozo etadi: Agar 
munosabatlarning birinchi turi iqtisodiyotni cheklangan resurslar sharoitda 
faoliyat ko‘rsatish nuqtai nazaridan tasvirlasa, iqtisodiy faoliyatni 
muvofiqlashtirish sharoitdagi o‘zaro xizmat aloqalarini yoritib bersa, ikkinchi 
turi boshqa muammolarni diqqat-markaziga qo‘yadi. Bu ne’matlarni ishlab 
chiqarish, taqsimlash va iste’mol qilish jarayonidagi o‘zaro aloqalardir. 
Mazkur aloqalar jamiyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarini yoki uning 
iqtisodiyoti tuzilishi va tarkibini tavsiflaydi. Faqat keyingi yondashuvda 
yaratilgan mahsulot va ishlab chiqarish omillarini taqsimlash, qayta taqsimlash 
muammolari, jamiyat hayoti va faoliyatining ijtimoiy oqibatlari va sharoitlari 
diqqat-markazida bo‘ladi.
Iqtisodiy munosabatlar nafaqat maqbul qarorning tanlanishi yoki ishlab 
chiqarish omillarining taqsimlanishi ta’siri ostida shakllanadi, ular ishlab 
chiqarishning texnologik asosi qay darajada rivojlanganligiga ham bog‘liq. 
Shu munosabatlar orasida texnik-iqtisodiy munosabatlar ajralib turadi. 
Ularning o‘ziga xos tomoni shundaki, bevosita talab va taklif munosabatlari 
yoki ijtimoiy sharoitlar bilan belgilanmaydi, aksincha, ular texnika darajasiga 
va mavjud texnologiyalariga bog‘liq. Ishlab chiqarish texnikasi taraqqiyoti va 
ehtiyojlarining qondirilish darajasi mehnat vositalarining mavjudligi va 
hokazolar bilan belgilanadi. XXI asr boshidagi zamonaviy ishlab chiqarish 
nafaqat ishlab chiqarishning mashinalashgan uslublardan foydalanishga 
asoslangan industrial texnologiyalarni, balki ko‘proq postindustrial 
texnologiyalarni talab qiladi. Texnologiya sohasidagi qoloqlik iqtisodiyotning 
barcha sohalariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi, maqbul qarorlarning erkinligi 
cheklanadi, texnika va texnologiyalarning rivojlanishi natijasidagina tizimni 
rivojlantirish, uni yangi holatga ko‘chirish uchun shart-sharoit yaratiladi. 
Ta’kidlab o‘tilganidek, iqtisodiy munosabatlar iqtisodiyotni boshqarish 
ta’siri ostida o‘zgaradi, natijada, tizimni izchil rivojlantirish uchun yangi 
imkoniyatlar ochiladi. Tashkiliy boshqaruv munosabatlari jamiyat iqtisodiy 
institutlarning faoliyati orqali amalga oshiriladi, tashkiliy-huquqiy tuzilmalar, 
muassasalar, huquqiy va boshqa me’yorlar shular jumlasidandir, ular 
institutsional iqtisodiyot uchun zamin hisoblanadi. Bu, demak, iqtisodiyot turli 
xil iqtisodiy munosabatlarining murakkab tizimidan iborat, ana shu 


51 
munosabatlarning hammasi ma’lum bir vaqtda, birgalikda mavjud bo‘lib, 
o‘zaro hamkorlik qiladi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling