H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


 Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida paydo bo‘lishi va rivojlanishi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

 
2.1. Iqtisodiyot nazariyasining fan sifatida paydo bo‘lishi va rivojlanishi. 
Iqtisodiy bilimlar insoniyat jamiyati bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. Biz 
bu fan to‘g‘risidagi birinchi yozuv guvohlarini uzoq antik davridagi sharq 
davlatlari (Misr, Bobil, Hindiston, Xitoy, Karfagen va boshqalarda) dan 
topamiz.
Shunday qilib, qadimgi Bobil podishohligi ostida podshoh Xammurapi 
(bizning eramizgacha bo‘lgan XVIII asrda) qonuni harakat qilgan, bu yerda 
ssuda foizining yuqori pog‘onasi o‘rnatilgan bo‘lib, qul qarzining vaqti uch yil 
bilan chegaralangan, ishni sifatsiz bajargani va boshqalar uchun jarima va 
badal tizimi amalda bo‘lgan. «Manu qonunida» (Hindiston, VI asr b.er.) 
mulkiy munosabatlar reglament qilingan. Qadimgi Xitoy faylasufi Konfutsiy 
(VI – V asr) qul egalari va qullar o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlarga o‘zining 
qarashini ifoda etgan. O‘sha vaqtda qadimgi Xitoyda oqimlar ham paydo 


48 
bo‘lib, bu bilimni Yevropa ilmiy tadqiqotchilari legizm deb atashgan. Legistlar 
(qonunchilar) har bir kishining va dunyoning yaxshilanish qonunlarining qabul 
qilinishiga olib kedadi, deb hisoblaganlar.
Ammo iqtisodiy dunyoqarashning ilmiy qiyofasi antik davrda qadimgi 
Gretsiya va Rimda yuzaga keldi. Bu yerda birinchi marotaba umumfalsafiy 
bilim doirasida ijtimoiy-iqtisodiy nazariyalar ishlab chiqilgan, hamda alfavit 
xati bilan yozilgan, ilmiy izlanish ishlari paydo bo‘lgan edi: Gretsiya 
faylasuflari Ksenofont (V – IV asr b.er.), Aflotun (V – IV asr b.er.) va asosan, 
Aflotunning o‘quvchisi Arastu (IV asr b.er.) birinchi iqtisodiyotchi olimlar 
bo‘lib hisoblanadilar. Ksenofont mehnat taqsimoti muammolari bilan 
shug‘ullangan va bu yerda u rahbarlarning va ijrochilarning mehnatini ajrata 
olgan. Aflotun davlat tuzilishining ideal modelini, ya’ni mamlakatni faqat 
faylasuflar boshqarish shartini ishlab chiqqan. Arastuning ta’limoti qadimgi 
Gretsiyada falsafa va ijtimoiy-iqtisodiy fikrlarning yuqori nuqtasi hisoblangan. 
U birinchi marotaba tovarning ikki xususiyatini – iste’mol va almashuv 
qiymatini o‘rnatgan, pulning funksiyalari hamda ularning kapitalga aylanishini 
aytgan.
Arastu boylikning ikki turini ajratgan: 
a) Narsalar boyligi. Iste’molchilar uchun foydali hamda tabiiy xarakterga 
ega va ehtiyojlar bilan cheklanganligi, uning asosiy manbasi-qullarning 
mehnatga asoslangan, natural xo‘jalik bo‘lgan, Arastu bunday xo‘jalik tizimini 
iqtisodiy tejash, yoki iqtisod deb atagan. 
b) Pullar boyligi. Bu fan tarixida birinchi marotaba kapitalni tahlil qilishga 
urinish bo‘lgan. Arastu tomonidan kiritilgan «Xrematistika» atamasi, boylik 
orttirish san’anatini bildirgan, ya’ni foyda chiqarishni yo‘naltirilgan faoliyat, 
ayniqsa, pul shaklida jamg‘aradigan boylik, deb aytgan. Bunday xo‘jalik 
yuritish usuli Arastu tomonidan ayiblangan, sababi u pul qilish, uni 
ko‘paytirish san’ati ahloqsizlik deb hisoblagan: bu odamlarda cheksiz boy 
bo‘lish uchun oxirgi maqsad xohishini tug‘diradi, deb hisoblagan.
O‘sha vaqtda foydalanilgan «Iqtisodiy tejash» va «iqtisodiyot» so‘zlari uy 
ishi, oila va shaxsiy xo‘jalikni boshqarishni bildirgan. Xatto, XVII asrda 
iqtisodiy tejash butunlay uyni yaxshi boshqarish san’ati va ahvoli bilan 
shug‘ullanishni ifoda etgan. Misol tariqasida, jentelmen o‘ziga mos ayolni 
(xotinni) qanday tanlab olishi bilan, va hokazo. 
Uch yuz yillik oqimida (XVII – XIX asrlarda) iqtisodiyot fani siyosiy 
iqtisodiyot nomi bilan rivojlangan. Birinchi marotaba ushbu atamani Antuan 
Monkreten, Ser de Vattevil (1575 – 1622) ishlatgan. Uning «Siyosiy iqtisod 
traktati» nomidagi asari 1615 yilda nashr etilgan. A.Monkreten barcha fikrini 
butunlay millat xo‘jaligining gullab-yashnashiga qaratgan, shuning uchun 


49 
iqtisod so‘zining oldida “siyosiy” so‘zni aniqlashni qo‘ygan. Bu uchta qadimgi 
greklar so‘zining ifodasi: «siyosiy»-jamiyat tizimi, «oykos»-uy xo‘jaligi va 
«nomos»-qonun, ya’ni siyosiy iqtisod bu jamiyat xo‘jaligini boshqarish qonuni 
to‘g‘risidagi fan. XIX asrning oxiridan boshlab AQShda va G’arbiy 
Yevropada iqtisodiyot faniga «ekonomiks» atamasi mustahkam holda kirib 
keldi. Sobiq ittifoq tarkibidan chiqqan milliy respublikalarda XX asrning 90-
yillarigacha bu fan «siyosiy iqtisod» nomi bilan yuritildi. Hozirda mustaqil 
milliy davlatlarning oliy o‘quv yurtlarida bu fan «Iqtisodiyot nazariyasi» deb 
nomlanmoqda. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling