H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Jon Meynard Keyns
- «moddiy farovonlikka yetaklovchi» va shunday «nomoddiy farovonlikka yetaklovchi»
ishlab chiqarish bahosi nazariyasini yaratgan, tovar muomalasidagi
ziddiyatlarni, tovarda mujassam bo‘lgan mehnatning ikki yoqlama xarakteri, tovar ishlab chiqarishda harakat qonuni sifatida qiymat qonunini va boshqalarni shakllantirgan edi. K.Marks qiymat va almashuv qiymati 17 o‘rtasidagi farqni tushuntirib, qiymat shaklining evolyutsiyasiga o‘z tavsifini berdi. XIX asrning ikkinchi yarmida eng yuksak nafli va eng yuksak ishlab chiqarish unumdorligi nazariyasi (marjinalizm) shakllandi. Bu nazariyaning asoschilari Avstriya maktabining vakillari Karl Menger, Fridrix fon Vizer, Oygen fon Byom-Baaverk bo‘lgan. Keyinchalik Alfred Marshal, Leon Valras, Eduard Bernshteyn va boshqa iqtisodchilar o‘zlarining nazariyalari bilan iqtisodiyot nazariyasi fanini yanada rivojlantirdilar. Jon Meynard Keyns (1883 -1946) o‘zining «Bandlik, foiz va pulning umumiy nazariyasi» asarida iqtisodiyot nazariyasining yangi yo‘nalishlarini asoslab bergan. XX asrda institutsionalizm konsepsiyasi ham o‘zining har xil modifikatsiyasini topdi. Ularning asosiy vakillari amerikalik B.Veblen, Djon R.Kommons, Ronald Kouz, Jeyms Byukenen va boshqalar bo‘lgan. Iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanishiga XX asrdagi iqtisodiy liberalizm vakillari, jumladan: avstriyalik professor Lyudvich fon Mizes, amerikalik professor Fridrix Avgusto fon Xayeklar ham o‘zlarining munosib ulushlarini qo‘shishgan. Amerikalik Vasiliy Leontev ham iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanishiga o‘zining «xarajat - ishlab chiqarish» modeli bilan salmoqli hissa qo‘shgan. Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanishida Monetarizm konsepsiyasining ahamiyati kattadir. Umuman, dunyo miqyosida ko‘zga ko‘ringan uchta taniqli iqtisodchi: Adam Smit, Karl Marks va Jon Meynard Keynslar iqtisodiyot nazariyasi fanining shakllanishi hamda rivojlanishida asosiy rol o‘ynagan shaxslardir. Shulardan Karl Marks eng ko‘p, asosiy ilmiy taraqqiyotga erishdi va o‘zining «Kapital» (1867) asarida iqtisodiyot nazariyasi fanining hamma savollariga javob bergan. Shu o‘rinda bir narsani ta’kidlash lozimki, Markaziy Osiyo tarixida ham siyosiy aql-idrok bilan ma’naviy jasoratni, diniy dunyoqarash bilan qomusiy bilimdonlikni o‘zida mujassam etgan buyuk allomalar ko‘p bo‘lgan. Imom Buxoriy, Imom at-Termiziy, Xoja Bahouddin Naqshband, Xoja Ahmad Yassaviy, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa buyuk ajdodlarimiz o‘zlarining dunyoqarashlari, ilm-tafakkurlari bilan jahon rivojiga munosib hissa qo‘shganlar va xalqimizning milliy iftihori bo‘lib qolganlar. Uzoq o‘tmishda o‘zbek xalqining ilg‘or mutafakkirlari olib borgan tadqiqotlar, ularning kashfiyotlari jahon umuminsoniyat fani va madaniyatining oltin xazinasini tashkil etadi. Bilimlar xazinasini ochgan 18 buyuk ajdodlarimizning nomlari butun dunyoga mashhur. Buyuk matematik va astronomlar - al-Xorazmiy, Farg‘oniy, Javhariy, Marvaziy, Mirzo Ulug‘bek; faylasuf va islohiyotchi huquqshunoslar – al-Forobiy, Marg‘iloniy, Nasafiy; tilshunos va shoirlar – Mahmud Qoshg‘ariy, Yusuf Xos Xojib, Zamahshariy, Alisher Navoiy va boshqa ko‘pgina ulug‘ zotlar shular jumlasidandir. Ularning jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo‘shgan buyuk hissalari hozirgi kunda ham butun dunyoga ma’lum va mashhur. Albatta, ularning bu hissalarini iqtisodiyot nazariyasi fanining shakllanishiga, boyitilishiga, iqtisodiy sivilizatsiyaga, iqtisodiy taraqqiyotga qo‘shgan katta ulushlari, deb bemalol aytsa bo‘ladi. Yuqorida nomlari keltirilgan “Siyosiy iqtisod - iqtisodiyot nazariyasi” fani asoschilari mazkur darslikning kerakli boblarida har tomonlama, keng ko‘lamda talqin qilingan. Iqtisodiyot nazariyasi fanida asosiy o‘rin shu fanning predmetini tadqiq qilishga, aniqlashga qaratilgan. Ammo shuni ham aytish zarurki, ba’zan qarama-qarshi nuqtai nazarlarga duch kelinadi. Shu sababli, avvalo, asosiy e’tiborni iqtisodiyot nazariyasi fanining an’anaviy tushunchasini aniqlashga qaratish kerak. Buning mohiyati - iqtisodiyot nazariyasi moddiy farovonlik sababini o‘rganishga qaratilganligini anglatadi. Bu yerda «moddiy» va «iqtisodiy» degan so‘zlar sinonim sifatida foydalaniladi, ya’ni, millat moddiy farovonligining o‘sishiga olib keluvchi hamma narsa iqtisodiyot nazariyasi fanining predmetiga kiritilishi shart, qolganlari esa uning doirasidan tashqarida qoladi. Ammo bu chindan ham shundaymi? Masalan, duradgorning va musiqachining ish haqini oliylik. Birinchisining mehnati moddiy boylikni oshirishga da’vat etilgan . ikkinchisining mehnati esa bunday emas. Lekin ikkalasining ham mehnati ish haqi olishga qaratilgan va ayirboshlash doiraviy aylanishiga kiradi. Ish haqi nazariyasi ham ikki holda qo‘llaniladi. Bu yerda ikkala kasb egasining ham mehnati talab ob’ekti bo‘lgani sababli iqtisodiy sub’ektlar uchun qiymatga ega bo‘ladi. Bunday holda «iqtisodiy» va «noiqtisodiy» tushunchalar shunday «moddiy farovonlikka yetaklovchi» va shunday «nomoddiy farovonlikka yetaklovchi» deb izohlash mumkin. Moddiy maqsadlarga yetishish uchun jamiyat qancha ko‘p resurslar ajratsa, millat shuncha boy bo‘ladi. Ammo jamiyat mutlaqo aniq moddiy muvoffaqiyatga erishish vazifasini hal etishda hamisha cheklangan resurslarni «iqtisodiy» vam «noiqtisodiy» munosabatlar o‘rtasida taqsimlash bilan bog‘liq muammolarga duch keladi. Agar «nomoddiy ishlab chiqarish» iqtisodiy tadqiqot doirasidan chetda bo‘lsa, unda, ishlab chiqarish nazariyasining asosiy muammolaridan biri - tanlash muammosi iqtisodiy tahlil doirasidan chetda qolardi. 19 Agar iqtisodiyot nazariyasi fanining manfaati faqat moddiy boylik bilan cheklansa, real amaliyotga qarama-qarshi bo‘ladi. Hozirgi dunyoning rivojlangan mamlakatlarida moddiy boyliklarni ishlab chiqarish bozor uchun ishlaydiganlarning yarmidan kamrog‘i band bo‘lgan nomoddiy xizmat sohasi o‘zining ishlab chiqarish qiymatiga ko‘ra, tovarlarni ishlab chiqarish sohasidan allaqachon o‘zib ketgan. Ko‘pincha «moddiylik»ka kamroq kuch bilan yondashilganda ilmiy ishlab chiqarishga munosabat namoyon bo‘ladi. Buning natijasida moddiy shakl emas, balki g‘oya, tamoyil, model haqidagi tushuncha vujudga keladi. Lekin, moddiy va nomoddiy boyliklarning ishlab chiqarishga va iste’molga taqsimlanishi, ko‘proq xilma-xil «moddiylashuvi» bu –ilmiy mahsulotning nomoddiyligi tufayli emasmikan? Ilmiy asosda rivojlangan ishchi kuchini shakllantirishda, turli xil faoliyat bilan shug‘ullanuvchi, har xil qobiliyatga ega bo‘lgan inson va uning bizni o‘rab turgan turli-tuman moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratishida ta’lim, tibbiyot va madaniyatning ahamiyati katta. Albatta, iqtisodiyot nazariyasi faqat moddiy ishlab chiqarish sohasi bilan chegaralanib qolmaydi. Balki hamma ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar qimmatbaho narsalarni yaratish bilan bog‘liq, u tovar shaklini qabul qiladimi- yo‘qmi, hammasini o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, iqtisod fanini qandaydir universal ijtimoiy fan sifatida e’tirof qilib bo‘lmaydi, lekin bu fanning ilmiy- tadqiqot usullari hamma gumanitar fanlar sohasida, shubhasiz, katta ahamiyatga ega. Ijtimoiy jarayonlarni tartibga solishda iqtisod fani asosiy o‘rin egallaydi, lekin bu qat’iyan va uzil-kesil, degani emas. Agar insoniyat tarixiga odamlar turmush darajasi o‘sishini ta’minlash nuqtai nazaridan qaralsa, ming yillar davomida ular bu murakkab vazifani hal etishning zarur shakl va uslublariga ega bo‘lganligini, tajriba va bilim to‘plaganligini sezish mumkin. Natijada, odamlar va ularning fe’l-atvori o‘rtasida murakkab tizim munosabatlari shakllangan, insoniyatning yashashi va taraqqiyoti uchu sharoitlar yaratilgan. Bunday tizim iqtisod deb atalgan. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling