16
ettira borib, siyosiy iqtisod bilan ham shug‘ullandi va XVIII asrda uni iqtisodiy
rivojlantirib, yangi ilmiy fiziokratiya maktabining asoschisi bo‘ldi. Bu
harakatning paydo bo‘lishi oddiy tovar ishlab chiqarishga keng imkoniyat
yaratib berdi. Natural xo‘jalikni barbod qilib,
kapitalistik iqtisodiy
munosabatlarning rivojlanishiga keng yo‘l ochib berdi. Bu o‘z navbatida
burjuaziyaning klassik ilmiy siyosiy iqtisod maktabi paydo bo‘lishiga olib
keldi. Yangi iqtisodiy maktabning asoschilari Uilyam Petti,
Adam Smit va
David Rikardolar bo‘lishdi, ular
merkantilistlar va fiziokratlar
yo‘nalishlarida sodir etilgan ilmiy va nazariy xatolarni to‘g‘irladilar.
Iqtisodiy tafaukkur tarixida, ehtimol,
Adam Smit (1723 - 790) kabi dunyo
miqyosida shon-sharafga erishgan olim bo‘lmaganligi tufayli mana ikki asrdan
ko‘proq vaqt mobaynida uning hulosalari ko‘p tanqidga uchragani va
amaliyotda hayotning o‘zi rad qilganiga qaramay yashab kelmoqda.
Klassik burjuaziya siyosiy iqtisodining asoschilaridan biri
Uilyam Petti
(1623-1687) bo‘lib, u A.Smitdan avval boylik manbai muomala sohasi emas,
balki
ishlab chiqarish sohasi deb,
qiymatning mehnat nazariyasiga asos
solgan, siyosiy va tabiiy baholar o‘rtasidagi farqni ko‘rsatib bergan edi, ya’ni
siyosiy baho deganda u bozor bahosini, tabiiy
baho deganda tovar ishlab
chiqarish uchun sarflangan mehnat miqdorini nazarda tutgan. Uning
aniqlashicha, boylikning otasi -
mehnat, onasi - ye
r bo‘lgan.
A.Smitning munosib izdoshi
David Rikardo (1772-1823) bo‘lib, u ingliz
klassik siyosiy iqtisodini nihoyasiga yetkazgan va ingliz siyosiy iqtisodining
asoschisi deb tanilgan. U qiymatning mehnat nazariyasini ta’riflab bergan.
Jan Batist Sey (1767 - 1832), Jan Sharl Leonar Simond de Sismondi (1773
- 1842), Anri Sen-Simon (1760 - 1825), Sharl Fure (1772 - 1837) o‘z vaqtida
«Siyosiy iqtisod - iqtisod nazariyasi» fanining asoschilari bo‘lishgan. Keyingi
tamoyildagi iqtisodiyot nazariyasi bu - markscha siyosiy iqtisoddir. Bu
tizimning asoschilari - Karl Genrix Marks (1818 - 1883) va Fridrix Engels
(1820 - 1895)lar hisoblanishadi.
Qiymatning, mehnat nazariyasining
shakllanishini mantiqiy ravishda davom ettirib, K.Marks
shunday xulosa
chiqargan: “agar boylikning yagona manbai mehnat bo‘lsa, unda ishlab
chiqarishda qatnashmaydigan kapitalistlarning foydasi va yer egalarining
foydasi ham, rentasi ham ishchilar yaratgan qiymatning bir qismi bo‘lib, ishlab
chiqarish vositalarining va yer egalarining tekin o‘zlashtiruvidir”. Qiymatning
bu qismini K.Marks
qo‘shimcha qiymat, deb atagan va o‘z
konsepsiyasida
Do'stlaringiz bilan baham: