H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Ma’muriy-hududiy
bo‘linishi 10 uyezd va 241 volostga bo‘lindi. 1926 yilda ma’muriy-iqtisodiy rayonlashtirilish amalga oshirildi. 1927 yil 1 yanvarida O‘zSSR hududi 10 okrug, 87 tuman va 1746 qishloq kengashidan iborat edi. 1930 yil 17 avgustda okrugga bo‘linish bekor qilindi. 1930 yilning oxirida O‘zSSR tarkibida 9 shahar (respublika poytaxti – Toshkent shahri), 73 tuman, 1696 qishloq kengashi bor edi. 1932 yil 27 iyunda Xorazm okrugi, 1935 yil fevralda esa Qashqadaryo va Surxondaryo okruglari qayta tiklandi. 1936 yilda Qoraqalpog‘iston ASSR RSFSR dan olinib, O‘zSSR tarkibiga kiritildi. O‘zSSRning ma’muriy-hududiy bo‘linishi uning 1937 yilgi Konstitutsiyasida rasmiylashtirildi. Bu vaqtga kelib O‘zSSR tarkibida bir avtonom respublika, 3 okrug, 109 tuman, 22 shahar, 16 shaharcha va 1392 qishloq kengashi bo‘lgan. 1938 yil 14 fevralda O‘zSSR tarkibida Buxoro, Samarqand, Toshkent, Farg‘ona va Xorazm viloyatlari tuzildi. 1941 yil 6 martda Andijon, Namangan va Surxondaryo viloyatlari, 1943 yil 20 yanvarda Qashqadaryo viloyati tashkil etildi. Barcha viloyatlarda bir qancha tumanlar tuzildi. 1954 yil iyunda 447 qishloq kengashi tarqatilib yuborildi. 1957 yil 1 yanvarda O‘zSSR tarkibida: 1 avtonom respublika, 9 viloyat, 6 shahar tumani, 155 qishloq tumani, 29 shahar, 57 shaharcha va 993 qishloq kengashi bo‘lgan. 1957-1961 yillarda ma’muriy-hududiy birliklar bir qadar yiriklashtirildi, viloyat, tuman, qishloq kengashlari soni kamaytirildi. Bu davrda Namangan va Qashqadaryo viloyatlari bekor qilindi. Natijada O‘zSSR tarkibida 1 avtonom respublika, 7 viloyat, 117 qishloq tumani, 754 qishloq kengashi qoldi. Mirzacho‘lning o‘zlashtirilishi munosabati bilan 1963 yil 16 fevralda Sirdaryo viloyati tuzildi. 1964 yil 7 fevralda Qashqadaryo viloyati, 1967 yil 18 dekabrda Namangan viloyati tuzildi, shuningdek, ilgari bekor qilingan tumanlar qayta tiklandi, yangilari tuzildi, 1973 yil 29 dekabrda Jizzax viloyati, 1982 yil 20 aprelda Navoiy viloyati tuzildi. 1988 yil 6 sentyabrda viloyatlarni yiriklashtirish maqsadida Jizzax viloyati Sirdaryo viloyatiga, 1989 yil may oyida Navoiy viloyati Samarqand va Buxoro viloyatlariga qo‘shib yuborildi. 1990 yil 16 fevralda Jizzax va Sirdaryo viloyatlari avvalgi chegarasida, 1992 yil 27 yanvarda Navoiy viloyati qayta tiklandi. O‘tgan davrda ko‘pgina aholi yashaydigan joylar shahar va shaharcha (shahar tipidagi posyolka)larga aylandi. O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, sho‘rolar davrida ommaviy tus olgan va sho‘rolar tuzumini madh etuvchi joylarning nomlari bekor qilinib, aholi yashaydigan joylarning tarixiy nomlari tiklandi yoki yangi nomlar berildi. 11 O‘zbekiston Respublikasining amaldagi (1992) Konstitutsiyasida (68- modda) O‘zbekiston Respublikasi viloyatlar, tumanlar, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar, ovullar, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasidan iboratligi mustahkamlab qo‘yilgan. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling