H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pol Samuelson
- Jon M.Keyns
- Jon K.Gelbreyt
Jon Styuart Mill
Iqtisodiyot nazariyasini muntazam o‘rganib bormagan odam uchun nafaqat savollarga javob berish, xatto ana shu savollar ustida puxta fikr yuritishga urinish ham g‘oyat katta mushkulliklarni yaratadi. Uni musiqa asariga o‘z bahosini berishga intilayotgan kar-soqovga qiyoslasa bo‘ladi. Ana shu odamga eshitish imkonini beringchi, shunda u iste’dodi bo‘lmasa ham, ana shu yetishmovchilik o‘rnini tajriba bilan to‘ldirishga qodir bo‘lmasa ham, musiqa ohanglari va tuzilishini tushunmasa ham, kuy va maqomdan huzur qilish holida bo‘lsa, hech bo‘lmaganda musiqa nima ekanligini his eta oladi. Pol Samuelson Siyosiy iqtisod sohasidagi erkin ilmiy tadqiqot boshqa sohalar bo‘yicha o‘ziga tanish bo‘lgan dushmanlargagina duch kelmaydi. Siyosiy iqtisodiyot ish olib boradigan materialning o‘ziga xos tabiati erkin ilmiy tadqiqotga qarshi kurash maydoniga inson qalbining eng qahrli, eng pastkash va eng jirkanch ehtiroslarini – shaxsiy manfaatning rahmsiz yosumanlarini chorlaydi. Karl Marks Iqtisodchilar va siyosiy mutafakkirlarning g‘oyalari – ular haq bo‘lganida ham, adashganida ham – odatda biz o‘ylaganimizdan kattaroq ahamiyatga ega bo‘ladi. Aslini olganda, dunyoni faqat shulargina boshqaradi. O‘zini ma’naviy taassurotlarga o‘ta bardoshli deb hisoblovchi amaliyot vakillari, odatda, o‘tmishdagi qandaydir bir iqtisodchining qullari hisoblanadi. Hokimiyat tepasida turgan, go‘yo ilohiy ovozlarni eshituvchi tentaklar o‘zlarining telba- teskari g‘oyalarini aslida bundan bir necha yillar ilgari ijod qilgan sof nazariyotchi adibning asarlaridan olishadi. Men aminman, g‘oyalar ta’siri asta- sekin kuchayib borishiga nisbatan olib qaraganda, g‘arazli manfaatlar kuchi anchagina mubolag‘a qilib ko‘rsatiladi. To‘g‘ri, darhol emas, oradan ma’lum muddat vaqt o‘tgandan so‘ng ro‘y beradi. Jon M.Keyns Aslida iqtisodiy g‘oyalar hamisha o‘z davri va vujudga kelgan makonining mahsuli hisoblanadi. Ular ana shu davr va makon bilan uzviy bog‘liq, ularni mustaqil ravishda, o‘zi izoh berayotgan olamdan ayri holda ko‘rib chiqish mumkin emas, bu olam esa muntazam o‘zgarib turadi. Bu 7 demak, iqtisodiy nazariyalar ham, agar ular o‘z maqsadlariga javob berishga da’vat etilgan bo‘lsa, o‘zgarib turishi lozim. Jon K.Gelbreyt Biz, men sof nazariyotchi iqtisodchi olimlarni nazarda tutyapman, kimda – kim bizni tinglashga tayyor bo‘lsa, davlat siyosati muammolariga doir o‘z nuqtai nazarlarimizni bayon etishga, ish bilan bandlikni qanday qilib yaxshiroq ta’minlash, inflyatsiyaga qarshi kurashish, iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish haqida maslahatlar berishga tayyormiz. Bundan tashqari, biz g‘oyatda og‘ir, ammo hamisha his-hayajonga soluvchi ma’naviyat sohasida bizga hamroh bo‘lib kelayotgan orzu-niyatlar va umidsizliklarni keng jamoatchilik bilan birga baham ko‘rishga tayyor bo‘lishimiz lozim. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling