H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘linishi (2020)
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Islom Karimov
O‘zbekiston Respublikasining ma’muriy-hududiy bo‘linishi (2020)
Maydoni (m in g km 2 ) Aholi si (m in g ki shi ) Qishloq tu m anl ari so ni Shaharl ar soni Shaharc hal ar soni Ma’ m uriy m ark az i Qishloq ( ovul ) soni Qoraqalpog‘iston Respublikasi 166.6 1 923.7 14 10 26 Nukus 138 Andijon viloyati 4.3 3 188.1 14 11 78 Andijon 90 Buxoro viloyati 40.2 1 947.1 11 11 62 Buxoro 120 Jizzax viloyati 21.2 1 410.5 12 6 42 Jizzax 100 Navoiy viloyati 111.1 1 013.6 8 6 36 Navoiy 58 Namangan viloyati 7.4 2 867.5 11 7 120 Namangan 99 Samarqand viloyati 16.8 3 947.7 14 11 88 Samarqand 125 Sirdaryo viloyati 4.3 860.9 8 5 21 Guliston 68 Surxondaryo viloyati 20.1 2 680.8 13 8 114 Termiz 865 Toshkent viloyati 15.2 2 975.9 14 16 97 Toshkent 146 Farg‘ona viloyati 6.8 3 820.0 15 9 197 Farg‘ona 161 Xorazm viloyati 6.1 1 893.3 10 3 58 Urganch 98 Qashqadaryo viloyati 28.6 3 335.4 13 11 123 Qarshi 148 Toshkent shahri 0.36 2 694.4 11 1 Toshkent O‘zbekiston Respublikasi 448.9 34.6 mln. 157 114 1062 Toshkent (poytaxt) 2216 Markaziy Osiyoda, xususan O‘zbekistonda davlat rahbari bo‘lgan, uning ichki va tashqi siyosatini o‘tkazib, shu millat, davlatning har tomonlama rivojlanishida o‘zlarining katta hissasini qo‘shgan shaxslar quyidagilar: Islom Karimov (1938-2016) – Davlat va siyosat arbobi. O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti. 1960 yildan «TashSelMash» zavodida avval master yordamchisi, so‘ng master, texnolog bo‘lib ishlagan. 1961 yildan V.P.Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor lavozimlarida faoliyat olib borgan. 1966 yildan O‘zbekiston Davlat plan komitetida fan va yangi texnikani joriy etish bo‘limining bosh mutaxassisligidan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o‘rinbosarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi. 1983 yilda 12 O‘zbekiston moliya vaziri, 1986 yilda esa O‘zbekiston Ministrlar Soveti raisining o‘rinbosari, respublika Davlat plan komitetining raisi bo‘ldi. 1986 yil dekabrdan O‘zbekiston KP Qashqadaryo viloyati partiya komitetining birinchi kotibi, 1989 yil iyundan O‘zbekiston KP MK birinchi kotibi lavozimlarida ishladi. 1990 yil 24 martdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi sessiyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylangan bo‘lsa, 1991 yil 29 dekabrda birinchi bor muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida ham eng ko‘p ovoz olib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 89- moddasiga muvofiq ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining raisi ham bo‘ldi. I.A.Karimov 1991 yil 31 avgustda Toshkentda O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi. I.A.Karimov O‘zbekiston davlat tuzumini mustaxkamlashda, respublikaning ichki va tashqi siyosatini o‘tkazish, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatmoqda. 1995 yil 26 martda umumxalq ovozi (referendumi) bilan I.A.Karimovning Prezidentlik kafolati 2000 yilgacha uzaytirildi. 2000 yil 9 yanvarda o‘tkazilgan saylovda esa I.A.Karimov yangi muddatga O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti etib saylandi. Sobiq SSSR siyosiy va iqtisodiy jihatdan parchalangandan keyin, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov shaxsan bozor iqtisodiyotiga o‘tishda “O‘zbek modeli” deb dunyoviy nom olgan iqtisodiy modelning muallifi, ilmiy asoschisi bo‘lib qoldi. I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasining ichki va tashqi ijtimoiy- iqtisodiy siyosati, madaniy va ma’naviy rivojlanishiga bag‘ishlangan qator asarlarning muallifidir. «Istiqlol yo‘li: muammolar va rejalar», «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li», «O‘zbekiston - kelajagi buyuk davlat», «O‘zbekiston – bozor munosabatlariga o‘tishning o‘ziga xos yo‘li», «Bizdan ozod va obod Vatan qolsin», «O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo‘lida», «Istiqlol va madaniyat», «O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari», «O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda», «Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot – pirovard maqsadimiz», «Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch», «Jahon moliyaviy – iqtisodiy inqirozi. O‘zbekiston sharoitida uni bartaraf etish yo‘llari va choralari», «O‘zbekiston Mustaqillikka erishish ostonasida» va boshqa o‘nlab asarlar shular jumlasidandir. Islom Abdug‘aniyevich Karimov O‘zbekiston Qaxramoni, O‘zbekiston FA akademigi (XII bobda batafsil berilgan) kabi unvonlar sohibidir. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling