H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Islom Karimov
FANIMIZ HAQIDA
Yigitlik chog‘ida yig‘ ilmning mag‘zini, Qarilik chog‘i xarj qilg‘il ani Alisher Navoiy O‘rta asrlar Sharq tarixi shundan dalolat beradiki, madaniyat va ta’lim- tarbiya, tibbiyot, adabiyot, san’at va arxitektura sohalaridagi beqiyos yuksalish, ilmiy maktablarning vujudga kelishi yangi-yangi iste’dodli avlodlar to‘lqinining paydo bo‘lishi va voyaga yetishi – bularning barchasi, birinchi navbatda, iqtisodiyot, qishloq va shahar xo‘jaligining ancha jadal o‘sishi, hunarmandlik va savdo-sotiqning yuksak darajada rivojlanishi, yo‘llar qurilishi, yangi karvon yo‘llarining ochilishi va avvalambor nisbiy barqarorlikning ta’minlanishi bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan. Bu eng avvalo, o‘rta asrlarda yashab, ijod etgan buyuk Sharq alloma va mutafakkirlarining tengsiz asarlari va ilmiy me’rosi faqat bir millat yoki xalqning emas, balki butun insoniyatning ma’naviy mulki ekanini yana bir bor ta’kidlaydi. Bu bebaho boylik, yangi va yangi avlodlar uchun donishmandlik va bilim manbai, kerak bo‘lsa, yangi kashfiyotlar uchun ajoyib zamindir. Bizning davrimizgacha yetib kelgan bu boy merosdan butun bashariyat ravnaqi yo‘lida oqilona va samarali foydalanish – bu siz bilan bizning vazifamiz, siz bilan bizning burchimizdir. Bu borada fidoyi olimlarning roli alohida diqqat-e’tiborga munosib bo‘lib, aynan ularning mehnati tufayli biz o‘tmishning bebaho merosini qaytadan kashf etmoqdamiz. Islom Karimov Mantiq ilmini tanqid qiluvchilar, bu odat bo‘lib qolgan, sizni siyosiy iqtisoddan ehtiyot bo‘l, deb ogohlantirishadi. Mazkur fan toshbag‘ir, noxush faktlarni e’tiborga oladi va ular bilan muomala qiladi, deb ta’kidlashadi. Menga kelsak, ko‘p eshitgan eng toshbag‘ir narsa, bu – yerning tortishish qonunidir: bir soniyaga bo‘lsa ham ana shu qonunni unutadigan bo‘lsak, u hatto eng yaxshi, eng aziz insonni ham mayib-majruh qiladi, vijdoni aslo azoblanmaydi. Shamol va to‘lqinlar ham o‘ta shafqatsiz. Dengizga yo‘l olayotganlarga siz shamol va to‘lqinlarni pisand qilmaslikni maslahat berarmidingiz yoki ulardan foydalanishni, yoki ularda yashirinib yotgan havf- xatardan qutulish yo‘lini izlashni maslahat bergan bo‘larmidingiz? Mening sizlarga maslahatim – siyosiy iqtisodning buyuk vakillari asarlarini o‘rganing, ularning ta’limotlaridagi nimaiki sizning nazaringizda to‘g‘ri bo‘lsa, shularga og‘ishmay amal qiling: hali xudbinga aylanganim yo‘q, hali yuragim tosh 6 qotgani yo‘q, degan fikrdan kelib chiqing. Siyosiy iqtisod hech qachon sizni bunday holga solmaydi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling