H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Iqtisod - bu odamlarni moddiy sharoit, ma’naviy boyliklar bilan ta’minlash 
imkonini beradigan faoliyat turidir. Unga ijtimoiy tizim shakllanadigan, tabiat 
in’om etgan resurslar, mehnat resurslari va ehtiyojlar, ishlab chiqarilgan 
mahsulot sifati va miqdoriy tavsifi oldindan belgilanib qo‘yiladi.
Iqtisodiyot nazariyasi fanining asosiy burchi, birinchidan, ishlab chiqarish 
va muomala jarayonlarini ta’riflash va tushuntirishdan, ikkinchidan, xo‘jalik 
sub’ektlarining iqtisodiy fe’l-atvorini izohlashdan iboratdir. Har ikkala holda 
ham biz, avvalo, iqtisodiyot nazariyasi me’yoriy iqtisod bilan ish yuritamiz. 
Iqtisodiyot 
nazariyasi 
faktlarni, 
sharoitlarni, 
iqtisodiy 
sohadagi 
munosabatlarni, ularning o‘zaro bog‘liqligini ko‘proq xo‘jalik faoliyati


20 
boshqa iqtisodiy va ijtimoiy jarayonlar bilan ta’riflaydi. Bir so‘z bilan 
aytganda, iqtisodiy nazariya (pozitiv) jamiyatning xo‘jalik hayotidagi hodisa 
va jarayonlar mazmunini, iqtisodiy qonun va qonuniyatlarini ochib beradi. 
Me’yoriy iqtisod siyosiy iqtisod bilimini qo‘llab, iqtisodiy hodisalarni va 
jarayonlarni ma’naviy hamda qiymat jihatidan baholashni o‘z ichiga oladi. 
Faraz qilaylik: Inflyatsiya ko‘lami yoki foiz me’yori qanday bo‘lishi 
mumkin? Soliq solish tizimi orqali davlat budjetining daromadlar qismini 
ham ta’minlanganlar foydasiga qayta taqsimlash kerakmi? Mudofaa uchun 
sarf-xarajatlarga javob siyosiy tanlov yo‘li bilan beriladi. Natijada, shunday 
xulosaga kelish mumkin, ya’ni nazariy (pozitiv) iqtisod bilim va iqtisodiy 
qonunlar harakati bilan shug‘ullansa, me’yoriy iqtisod ulardan foydalanish 
bilan shug‘ullanadi.
Iqtisodiy tizim tabiiy resurslarni jamiyat iste’moli uchun yaroqli moddiy 
boylik sifatida o‘zgartirib turadi. Bu degani, iqtisod birinchi navbatda tabiat va 
inson o‘rtasida bog‘lovchi bo‘g‘in bo‘lib xizmat qiladi. Aslida esa, insonning 
o‘zi tabiatning bir parchasidir, ayni vaqtda iqtisodiy-ijtimoiy tizimning bir 
qismi, u jamiyatdagi ob’ektiv ehtiyojlarga muvofiq harakat qiladi. 
Ikkinchidan, tamaddunning rivojlanishi uchun moddiy va ma’naviy boylik 
yaratadi, ishlab chiqarish jarayoni mehnat faoliyatini realizatsiya qilish sifatida 
uzluksiz davom etishini ikki yoqlama, ya’ni shaxslarning jismoniy 
imkoniyatlarini takror ishlab chiqarish sifatida va ularning hayoti hamda 
faoliyatining aniq usuli sifatida ko‘rib chiqamiz.
Insonlarning atrof-muhitga qaramlikdan chiqishiga, rivojlanishiga, jasorat 
ko‘rsatishiga iqtisodiy faoliyat katta yordam beradi. Bunda hamma narsa 
birinchi navbatda fan-texnika taraqqiyotiga asoslangandek ko‘rinadi. Lekin bu 
ham to‘g‘ri emas. Fan va texnika taraqqiyotining o‘zi jamiyat ko‘lamida, atigi 
iqtisodiy mexanizmlarning harakati doirasida ro‘y beradi. Iqtisodiy 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling