Mek -64 guruh talabasi Zoirova Gulasal Mavzu: Ilmiy kashfiyotlar va ularni muhofaza qilish


Download 154.37 Kb.
Sana29.03.2023
Hajmi154.37 Kb.
#1306011
Bog'liq
Innovatsion iqtisodiyot

Mek -64 guruh talabasi Zoirova Gulasal

Mavzu: Ilmiy kashfiyotlar va ularni muhofaza qilish

  • Kashfiyot — izlanish, tekshirish, i. t. natijasida, baʼzan esa tasodifan topilgan, yaratilgan ilmiy yangilik. Unga tabiat hodisalari va jamiyat qonuniyatlarini ongli ravishda ilmiy idrok qilish natijasida erishiladi. Kashfiyot tufayli moddiy dunyoning ilgari insoniyatga maʼlum boʻlmagan obʼyektiv qonuniyatlari, xossalari va hodisalari maʼlum boʻladi. Kashfiyot insoniyatning bilish jarayoni darajasini tubdan oʻzgartiradi. Kashfiyotlar fan-texnika inqilobining asosini tashkil etadi, fan va texnika taraqqiyotiga tubdan yangi yoʻnalishlarni baxsh etadi. Inson bosib oʻtgan tarixiy jarayonda juda koʻp Kashfiyotlar qilindi. Kashfiyot bilan ixtironi bir-biridan farqlay bilish kerak. Kashfiyot natijasida muayyan qonuniyatlar yaratiladi, ixtiro natijasida esa muhim yangiliklar yaratilishi mumkin. Mac, Arximedning suv chiqarish vinti oʻta yangilik boʻlsa ham u ixtiro hisoblanadi, I. Nyutonning butun olam tortishish qonuni esa olamshumul Kashfiyotdirdir. Hatto ichki yonuv dvigatelining yaratilishi ham ixtiro, lekin N.Kopernikning Yerning oʻz oʻqi atrofida va sayyoralar (shu jumladan, Yer)ning Quyosh atrofida aylanishi toʻgʻrisidagi gʻoyasi — olamshumul kashfiyot. Avtomobil va samolyotning yaratilishini ham ilmga, tabiat krnuniyatlariga asoslangan ixtiro deyish mumkin. Lekin Galileo Galileyning qushlarning uchishiga taqlid qilib samolyotning uchish sxemasini yaratishi K. hisoblanadi. Beruniy, Ibn Sto, Ulugʻbek yaratgan qonuniyatlar ham K.lar jumlasiga kiritiladi.
  • Ixtirolar uch xil: ilmiy-texnologik (tibbiyotni ham o'z ichiga olgan), ijtimoiy-siyosiy (shu jumladan iqtisodiyot va huquq) va gumanistik yoki madaniy.
  • Ilmiy-texnologik ixtirolarga temir yo'llar, aviatsiya, emlash, duragaylash, antibiotiklar, astronavtika, golografiya, atom bombasi, hisoblash, Internet va smartfon. Ijtimoiy-siyosiy ixtirolar yangi qonunlar, institutlar va protseduralarni o'z ichiga oladi, ular ijtimoiy xulq-atvor rejimlarini o'zgartiradi va odamlarning o'zaro munosabatlari va tashkilotining yangi shakllarini o'rnatadi. Ixtiro g'oyalari qog'ozda yoki kompyuterda, yozish yoki chizish orqali ishlab chiqilishi mumkin sinov va xato, modellarni yaratish orqali, tomonidan tajriba, ixtironi butun shaklida sinab ko'rish va / yoki yaratish orqali. Aqliy hujum shuningdek, ixtiro uchun yangi g'oyalarni keltirib chiqarishi mumkin. Hamkorlikdagi ijodiy jarayonlar muhandislar, dizaynerlar, me'morlar va olimlar tomonidan tez-tez qo'llaniladi. Birgalikda ixtirochilar ko'pincha patentlarda nomlanadi. Ixtiro qilish - yangisini ko'rish demakdir.
  • Shunday bir mulk borki, uni himoya qilish yurt kelajagi va taraqqiyotiga daxldordir. Bu — intellektual mulk. Yaʼni inson aql-idroki, ongu tafakkuri, ijodkorligi va qobiliyati bilan yuzaga keladigan bebaho xazinadir.
  • Binobarin, har qanday mamlakat taraqqiyoti va jahon hamjamiyatida tutgan oʻrni intellektual mulk sohasini rivojlantirish bilan chambarchas bogʻliq. Qaysi mamlakatda intellektual mulk obyektlari muhofazasi oqilona yoʻlga qoʻyilgan boʻlsa, ixtiro, kashfiyot va sanoat namunasi, seleksiya yutuqlari qoʻllab-quvvatlansa, rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar yaratib berilsa, u joyda yutuq va muvaffaqiyat salmogʻi ham yuqori darajada boʻladi.
  • Shu jihatdan bugungi kunda Oʻzbekistonda ham intellektual mulkni rivojlantirish va uni huquqiy himoya qilish borasida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimizning 2021-yil 28-yanvardagi “Intellektual mulk obyektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ayni sohani yana-da rivojlantirishga qaratilgan desak, mubolagʻa boʻlmaydi. Qarorda 2021-yil 1-apreldan boshlab, intellektual mulk sohasidagi xalqaro shartnomalar normalaridan kelib chiqib, tovar belgisi va xizmat koʻrsatish belgisining faqat tadbirkorlik faoliyatini amalga
  • oshirayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs nomiga roʻyxatdan oʻtkazilishiga nisbatan qonunchilikdagi mavjud cheklovlar bekor qilinishi belgilangan. Bu nimani anglatadi? Albatta, bu – nafaqat tadbirkorlik subyektlari uchun balki endilikda boshqa sohalarda mehnat qilayotgan mutaxassislar ham tovar va xizmat koʻrsatish belgisini oʻz nomiga roʻyxatdan oʻtkazish imkoniyati yaratilganidan dalolat beradi.
  • Mazkur hujjat bilan intellektual mulk obyektlarini davlat roʻyxatiga olish muddatlarini keskin qisqartirish imkoniyatlarini yaratuvchi tezkor ekspertiza tartibi joriy etilgani ham eng oqilona qarordir. Bundan buyon intellektual mulk obyektini muhofazaga olish uchun topshiriladigan talabnoma boʻyicha dastlabki qidiruv tomonlarning kelishuviga muvofiq amalga oshiriladi.
  • Ahamiyatli tomoni shundaki, intellektual mulk muhofazasini mustahkamlash va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” hamda intellektual mulk sohasini rivojlantirish boʻyicha 2021-2023-yillarga moʻljallangan amaliy ishlar dasturi tasdiqlandi. Endilikda vazirlik, idora va boshqa tashkilotlar, mahalliy ijroiya hokimiyati organlarining birinchi rahbarlari “Yoʻl xaritasi” va dasturda belgilangan tadbirlarning oʻz vaqtida, sifatli va toʻliq bajarilishini ta’minlaydi.
  • Qarorda belgilab qoʻyilganidek, 2025-yil 1-yanvarga qadar milliy eksport qiluvchilar tomonidan chet elda tovar kelib chiqqan joy nomlari (geografik koʻrsatkichlar)ni roʻyxatga olish boʻyicha qilinadigan sarf-xarajatlari Agentlikning byudjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan toʻliq qoplanadi.
  • Joriy yil 1-iyunga qadar davlat boshqaruvi organlari va davlat korxonalari, ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim tashkilotlari oʻzlariga tegishli boʻlgan intellektual mulk obyektlarini toʻliq xatlovdan oʻtkazib, ularni buxgalteriya hisobida aks ettiradi. Eng muhimi, eksport ulushi umumiy tovar aylanmasining 60 foizidan ortigʻini tashkil etadigan eksport qiluvchi, shuningdek, qishloq xoʻjaligi va hunarmandchilik sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari uchun tovar belgilarini 2021-2022-yillarda milliy roʻyxatdan oʻtkazish bepul amalga oshiriladi.
  • Mamlakatimizda patentlar bilan ishlash hali rivojlanmagan. Boshqa mamlakatlar kompaniyalari patentlar bilan faol ishlamoqda — ular sotib olish va sotish, patent havzalarini yaratish, shuningdek, oʻz mahsulotlarini bozorlarga olib chiqish yoki tashqi bozorlarda tovarlar va xizmatlar bilan bilvosita raqobatlashish borasida jadal faoliyat yuritmoqda.
  • Davlatimiz rahbarining ushbu qaroriga asosan, 2021-yil 1-oktyabrga qadar davlat boshqaruvi organlari, davlat korxonalari, ilmiy-tadqiqot va oliy taʼlim tashkilotlari oʻziga tegishli boʻlgan intellektual mulk obyektlari hisobini toʻgʻri yuritish, ularga boʻlgan huquqlarni xoʻjalik muomalasiga kiritish, ilmiy faoliyat natijalarini tijoratlashtirilishiga koʻmaklashish maqsadida Agentlik huzurida “Patent platformasi” ishga tushirilishi soha taraqqiyotiga xizmat qilishi muqarrar.
  • Inchinun, mazkur platformada ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, seleksiya yutuqlari, tovar belgilari, xizmat koʻrsatish belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomlari muhofaza hujjatlariga oid maʼlumotlar batafsil aks ettiriladi. Platforma elektron shaklda real vaqt rejimida yuritiladi hamda unga tadbirkorlik subyektlari ixtiyoriy va bepul asosda kiritiladi.
  • Xulosa oʻrnida aytganda, intellektual mulkni himoya qilishning takomillashtirilgan tizimi ham korxonaga, ham mamlakatga foyda keltiradi. Mazkur qarorning ijrosi intellektual mulkning ishonchli huquqiy himoyasini taʼminlash hamda investitsiyaviy jozibadorlikni yuksaltirish orqali mamlakatimizning xalqaro maydondagi imijini yana-da yaxshilashga xizmat qilishi shubhasiz.
  • “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni 3-moddasida “Intellektual mulk agentligi sanoat mulki obyektlarini huquqiy muhofaza qilish sohasidagi yagona davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlaydi”; 5-moddada “Sanoat mulki obyektiga boʻlgan huquq muallifga (hammualliflarga) yoki uning (ularning) huquqiy vorisiga (huquqiy vorislariga) tegishli boʻladi va patent bilan tasdiqlanadi... Agentlikka patent berish haqidagi talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran hisoblaganda ixtiro patenti yigirma yil mobaynida, sanoat namunasi patenti oʻn yil mobaynida, foydali model patenti besh yil mobaynida amal qiladi”, deb yozilgan. Ixtironing patentga layoqatlilik shartlari (6-modda) uchta boʻlib, agar ixtiro sifatida koʻrsatilgan obyekt yangi, ixtirolik darajasiga ega va uni sanoatda qoʻllash mumkin boʻlsa, u huquqiy muhofaza qilinadi. Bundan ham muhimi shuki, ixtiro haqidagi talabnoma toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrib chiqish uchun qabul qilingan talabnoma topshirilgan sanadan eʼtiboran oʻn sakkiz oy oʻtganidan keyin rasmiy axborotnomada eʼlon qilinadi. Demak, ariza berilgach yigirma oylardan keyin masala ijobiy hal etilsa, ixtirochiga patent 20 yil muddatga beriladi. Statistikaga koʻra, Oʻzbekistonda har oʻnta arizadan faqat uchtasiga ixtiro patenti topshirilmoqda.
  • Bugungi kunga kelib, Oʻzbekiston ham intellektual mulk qonunchilik bazasida katta bosqichni bosib oʻtdi. Mustaqillik yillarida intellektual mulkni muhofaza qilish sohasida 10 ta davlatlararo, 12 ta hukumatlararo va 21 ta idoralararo shartnoma hamda bitimlar tuzilib, amal qilmoqda. Bulardan tashqari, toʻgʻridan-toʻgʻri ishlaydigan 5 ta qonun, Adliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkazilgan umummajburiy xarakterdagi 25 ta hujjat, hammasi boʻlib idora faoliyatini tartibga soladigan 140 dan ziyod normativ hujjatlar roʻyxatga olinganligini qayd etib oʻtmoqchimiz.
  • Ixtirolar, foydali modellar, tovar belgilari intellektual mulkning obyektlari sifatida dunyoda moddiy aktivlardan kam baholanmaydi, balki ayrim hollarda ulardan anchagina yuqori turadi. Umumjahon sanoat ishlab chiqarishining yillik oʻsish surʼatlari 2,5-3 foizdan oshmaydi, intellektual mulkka boʻlgan huquqlar bilan savdo qilish hajmi esa yiliga 12 — 14 foiz oʻsmoqda. Ushbu holat yangi gʻoyalar, kashfiyotlar va ixtirolar nafaqat ularning yaratuvchilariga, balki butun jamiyatga naf keltirishini isbotlaydi. Shu sababdan, davlat tomonidan beriladigan yagona monopol huquq, bu — intellektual mulk obyekti egasining undan foydalanish hamda tasarruf etishga boʻlgan mutlaq huquqidir.
  • Mohiyati jihatidan patent — yangilik sirining toʻliq ochib berilishi va belgilangan miqdordagi patent bojining toʻlanishi evaziga davlat tomonidan uning muallifiga ixtiroga boʻlgan huquqlarini muhofaza qilish kafolati beriladigan shartnoma. Bunda jamiyat yangilik yaratuvchi huquqini qonuniy rasmiylashtirish evaziga ijod mahsulidan foydalanish huquqini qoʻlga kiritadi. Mutaxassislar fikricha, XIX asr oʻrtalaridayoq mualliflik huquqini xalqaro miqyosda himoya qilish ehtiyoji tugʻilgan. Butunjahon intellektual mulk tashkiloti (BIMT) hukumatlararo xalqaro tashkilot boʻlib, qarorgohi Shveysariyaning Jeneva shahrida joylashgan. Ushbu tashkilot BMT tizimiga kiruvchi 16 ta ixtisoslashtirilgan muassasadan tarkib topgan, 160 ga yaqin davlatlar unga aʼzo. BMTning asosiy maqsadlari deb quyidagilar eʼtirof etiladi:
  • — butun dunyoda davlatlararo, ayrim hollarda xalqaro tashkilotlarda intellektual mulk himoyasini ragʻbatlantirish, intellektual mulk himoyasini taʼminlash hamda ragʻbatlantirish borasida yangi va har tomonlama zarur boʻlgan xalqaro shartnomalarning yuzaga kelishida vositachilik qilish;
  • intellektual mulkka oid boʻlgan va faoliyat koʻrsatayotgan bitimlarning oliy organlari oraligʻida maʼmuriy faoliyatni bajaradi. BIMTning kotibiyati sifatida Bitimlar maʼmuriy boshqaruvi hamda Xalqaro byuro harakatda boʻladi. Shu kunga qadar BIMT mualliflik huquqi va turdosh huquqlar himoyasi bilan shugʻullanuvchi quyidagi bitimlarning maʼmuriy vazifasini bajarib keladi: Adabiy va badiiy asarlarni himoya qilish haqidagi Bern konvensiyasi, ijrochilar, fonogramma ishlab chiqaruvchilari va koʻrsatuv organlari manfaatlarini himoya qilish haqidagi Rim konvensiyasi, Fonogramma ishlab chiqaruvchilarning fonogrammalaridan noqonuniy ravishda foydalanishdan himoya qilish haqidagi Jeneva konvensiyasi, Sunʼiy yoʻldoshlar orqali uzatiladigan signallar dasturlarini tashuvchilarni tarqatish haqidagi Bryussel konvensiyasi, Filmlarni reyestr qilish va audiovizual asarlarni xalqaro roʻyxatdan oʻtkazish haqidagi shartnoma.
  • Oʻzbekiston mazkur konvensiyalarning aksariyatiga qoʻshilgan. Rivojlangan davlatlar, shu jumladan, AQSH, Yevropa Ittifoqi (YEI) davlatlari, qariyb ikki yuz yildirki, ixtirochilar, olimlar va ishlab chiqaruvchilarning oʻzaro hamkorligini yaxshi yoʻlga qoʻyish orqali iqtisodiyotni tiklab olishdi.
  • Endi davlatimiz rahbarining yaqinda istiqbolli soha oldiga qoʻygan yuksak vazifalaridan kelib chiqib, intellektual mulk sohasining tashkiliy, psixologik va maʼrifiy jihatlariga ham toʻxtalib oʻtsak.
  • Qayd etish kerakki, innovatsion biznes davlat, investorlar tomonidan qoʻllab-quvvatlanib, davlat dasturisiz ham rivojlanishi mumkin. Olimlar, ixtirochilar bilan biznes ahli dunyoqarashi turlicha boʻlgani uchun narx-navolarda, shartnomaviy kelishuvlarda turli bahonalar yuzaga chiqishi ehtimoli mavjud. Ammo buning yechimi bor. Mabodo, arzigulik ixtirolar boʻlsa, unga chet mamlakatdan buyurtmalar tushadi.
  • Mamlakatimiz mustaqillikka erishgach, ilmiy va ijodiy faoliyat, jumladan, ixtirochilik faoliyati ancha faollashdi. Bugungi kunga kelib, Oʻzbekistonda Intellektual mulk agentligi (IMA) tomonidan 22 mingdan ziyod tovar belgilari, 10 ming ixtiro, EHM uchun 3,5 ming dastur va maʼlumotlar bazalari, 2,4 mingta sanoat namunasi, mingta foydali model davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan. Ammo ularning qoʻllanilish miqdori haqida aniq maʼlumot qoʻlimizda mavjud emas. Bu tizim sohalararo kompleks yaxshi yoʻlga qoʻyilmaganidan darak beradi.
  • Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 12 oktyabr kuni intellektual mulk ob’ektlarini muhofaza qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish, bu sohadagi yutuqlarni yuqori qo‘shilgan qiymatli mahsulotga aylantirishda intellektual mulkning ishonchli himoyasini ta’minlash juda muhim ekani alohida ta’kidlandi. Shuningdek, dunyoda tovarlarning brend qiymati yuqori hisoblanishi, intellektual mulk Yevropada yalpi ichki mahsulotning 45 foizi, Xitoyda 12, Rossiyada 7 foizini tashkil etishi aytib o‘tildi. “Mamlakatimiz bu borada dunyo bozoridan uzoqlashib ketdi. Na tegishli idoralar va na hudud rahbarlari intellektual mulk masalasiga e’tibor berdi. Shu sababli ixtirochi olim va ijodkorlarimiz xorijga chiqib ketdi. Ilmiy institutlarimiz innovatsiyalar, tarmoqlar esa xaridorgir ishlanma va brendlar yarata olgani yo‘q. Bo‘lgan taqdirda ham aksariyat ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari bo‘yicha murojaatlar ilmiy ishni tezroq ro‘yxatdan o‘tkazib olish maqsadida qilinmoqda. Bu boradagi talablar ham eskirib qolgan”, dedi davlatimiz rahbari. Rivojlangan mamlakatlarda inson kapitalidan samarali foydalanish, yaratilgan intellektual mulk ob’ektlarini tijoratlashtirish jarayoniga keng joriy etish va intellektual mulk sohasini iqtisodiyotning eng rivojlangan tarmoqlaridan biriga aylantirish iqtisodiy taraqqiyotning muhim ko‘rsatkichlari hisoblanadi.
  • Mamlakatimizda ixtirolar, ilmiy ishlanmalar, ratsionalizatorlik takliflari, ilmiy-ijodiy ishlar mualliflari huquqi shu qonunlar asosida himoya qilinadi. Biroq davrning shiddat bilan o‘zgarishi hamda sohaga turli yangiliklarni joriy qilinishi milliy qonunchilikka o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni talab etmoqda.
  • Sohadagi so‘nggi o‘zgarish va yangiliklarni qonunchilikka tatbiq etish maqsadida 2020 yil 5 avgustda “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Qonun bilan Fuqarolik va Bojxona kodekslari, “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi, “Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari to‘g‘risida”gi, “Seleksiya yutuqlari to‘g‘risida”gi, “Integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy muhofaza qilish to‘g‘risida”gi va “Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida”gi qonunlarning intellektual mulk sohasini tartibga soluvchi bandlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Hozirgi zamon intellektual mulk munosabatlarining jadal rivojlanishida intellektual mulk institutini tartibga soluvchi normalar har tomonlama modernizatsiya qilinishi lozim.
  • Mamlakatimizda patentlar bilan ishlash hali rivojlanmagan. Boshqa mamlakatlar kompaniyalari patentlar bilan faol ishlamoqda — ular sotib olish va sotish, patent havzalarini yaratish, kompaniyaning kapitallashuvida patentlar va savdo belgilaridan foydalanish, shuningdek, o‘z mahsulotlarini bozorlarga olib chiqish yoki tashqi bozorlarda tovarlar va xizmatlar bilan bilvosita raqobatlashish borasida jadal faoliyat yuritmoqda, AQSh hatto biznes usullari va soft ni ham patentlamoqda.
  • Intellektual mulkni himoya qilishning takomillashtirilgan tizimi ham korxonaga, ham mamlakatga foyda keltiradi. Bu ilmiy tadqiqotlardagi yutuqlar va R&D (yangi mahsulot yoki tizimni sanoatda ishlab chiqarishdan oldin, ya’ni ilmiy tadqiqotlar doirasiga kirib ketuvchi prototiplar va kichik hajmdagi mahsulot namunalarini ishlab chiqarishni o‘z ichiga olgan ishlar majmui) xarajatlari oshishi tufayli yuz beradi. R&D xarajatlari kompaniya innovatsion faoliyatining muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi.
  • Yangi intellektual mulk paydo bo‘lishiga olib keladigan kashfiyot va Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgan tadqiqotlar har qanday holatda hukumat va biznes tomonidan himoya qilinishi, shuningdek, jamiyat va biznes ixtiyoriy ravishda yangi mahsulot va yechimlarni ishlab chiqish uchun yanada shaffof innovatsion modelni qabul qilishi zarur.

Download 154.37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling