H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


 Iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

 
2.9. Iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar 
Iqtisodiyot nazariyasi faniga doir o‘tkazilgan tadqiqotlar natijasida 
iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar namoyon bo‘ladi. Iqtisodiy kategoriya - bu 
iqtisodiyotni o‘rganishda qo‘llaniladigan nazariy tushunchalar va ilmiy 
abstraksiyalar bo‘lib, ob’ektiv mavjud iqtisodiy munosabatlarni, ularning har 
xil ko‘rinishlarini va qirralarini ifoda etadi. Iqtisodiy qonunlar deganda 
iqtisodiyotning shakllanish va rivojlanish jarayonlarining asosiy muhim 
yo‘nalishlarini belgilovchi, takrorlanib turuvchi, uzviy iqtisodiy zaruratni 
taqozo etuvchi sabab-oqibat, aloqa-bog‘liqlik ko‘rinishidagi iqtisodiy 
munosabatlar nazarda tutiladi. Iqtisodiy kategoriyalar va qonunlar ilmiy 
abstraksiyalar bo‘lgani sababli mavjud xo‘jalik aloqalaridagi ob’ektivlikni va 
haqiqatni aks ettiradi.
Iqtisodiy qonunlar harakat qilishi va foydalanish jihatiga ko‘ra jiddiy 
e’tiborga molik. Bir tomondan iqtisodiy qonunlar xo‘jalik sub’ektlari yoki 
alohida individlarning intilishi va ongidan ob’ektiv ravishda mustaqildir. 
Ammo shu bilan birga, ularning harakati insonlarning faoliyatidan, ularning 
munosabatlaridan va intilishlaridan tashqari ro‘y bermaydi. Ikkinchi 
tomondan, iqtisodiy qonunlarni bilgan inson ulardan o‘z manfaati yo‘lida, 
xo‘jalik faoliyatida ongli ravishda foydalanishi mumkin. Bu demak, iqtisodiy 
qonunlarning harakati ob’ektiv ravishda, ulardan foydalanish sub’ektiv 
ravishda yuz beradi. Lekin bunday xulosa bilan hech ham chegaralanib 
bo‘lmaydi. Gap shundaki, jamiyatda, xo‘jalik hayotida ob’ektivlik hamma 
vaqt sub’ektivlashgan, yoxud kishilarning, shaxslarning faoliyatidan 
tashqarida mavjud bo‘lishi mumkin emas. Sub’ekt-shaxslarning xulqi 
qandaydir umumiy intilishlardan, o‘z manfaatlarini himoya qilishdan kelib 
chiqqani holda sub’ektivlik hamma vaqt ob’ektivlashadi va ro‘y beradi. 
Shuning uchun iqtisodiy qonunlarning harakati va ulardan foydalanish 
iqtisodiy jarayonlarinig ikki chambarchas o‘zaro bog‘liq va o‘zaro harakatdagi 
tomonlaridir. 


74 
Iqtisodiy tizimlarning o‘zgarishi, ijtimoiy-iqtisodiy tizimlarning biri-biri 
bilan almashuvi, ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanishi, ishlab chiqarish 
omillaridan foydalanish, mexanizmlarning takomillashishi ta’siri ostida o‘tgan 
va o‘tmoqda. Bu o‘zgarishlarning asosida bir iqtisodiy munosabatning yo‘q 
bo‘lishi va boshqasining yuzaga kelishi yotadi. Shunday ekan, insoniyat 
sivilizatsiyasining tarixiy jarayonlari rivojlanishida iqtisodiy kategoriya ham, 
iqtisodiy qonun ham tarixiy xususiyatga ega bo‘lgan deb aytish mumkin. U 
yoki bu iqtisodiy munosabat yo‘q bo‘lib ketishi bilan birga, iqtisodiy 
kategoriya va qonunga bo‘lgan talab ham yo‘q bo‘lib ketadi va aksincha, yangi 
iqtisodiy munosabatlarning paydo bo‘lishi ularni idrok etish, tushunish, bilish 
va ilmiy abstraksiyalash apparati bo‘ladi. Shunga qaramasdan ko‘pgina 
iqtisodiy munosabatlar ming yoki yuz yillar davomida yashab kelmoqda. 
Bunga iqtisodiy qonunlarning quyidagi tarixiy tasniflarini keltirish mumkin: 
umumiqtisodiy qonunlar – tabiat, jamiyat insoniyat, fan-texnika taraqqiyotining 
hamma bosqichlarida, iqtisodiy-ijtimoiy shakllanishidan qat’iy nazar, amal 
qiluvchi qonunlar, jumladan, ishlab chiqarishda mehnat unumdorligining o‘sib 
borishi, ehtiyojlarning yuzaga kelishi, ularning yuksalishi, mehnat taqsimoti 
va uning rivojlanishi, o‘rin almashuvi qonunlari; formatsiyaga oid maxsus 
(tipik) qonunlar - bu alohida iqtisodiy tizimlarga oid, faqat shu tizimning 
o‘ziga xos xususiyatlarini talqin qiluvchi qonunlar. Bu quldorlik jamiyatidagi, 
feodalizm tizimidagi, mutlaq tizimidagi, kapitalizm tizimidagi ishlab chiqarish 
usullariga oid iqtisodiy qonunlardir. 
Iqtisodiy kategoriyalar tasnifi ham o‘ziga xos xususiyatlarga qarab - 
umumiqtisodiy, maxsus va davriy oraliq kategoriyalarga bo‘linadi. Ular 
qatoriga quyidagilar kiradi: ishlab chiqarish, mulk, mehnat jarayoni, mahsulot, 
tovar, xizmat, ish vaqti, ekspluatatsiya, renta, qiymat, qashshoqlik
monopoliya, oligopoliya, talab, taklif, pul, marketing, narx-navo, inflyatsiya, 
soliq, boj va hokazolar. Albatta, har qanday jamiyatning, iqtisodiy tizimining 
rivojlanish bosqichlarida bu kategoriyalar qo‘llanilishi yoki bo‘lmasa, 
umuman, qolib ketishi mumkin.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling