H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

 
Qisqacha xulosalar 
Ushbu iqtisodiyot nazariyasi fanining asosi va asoschilarining – paydo 
bo‘lishi, shu darslikning muqaddimasida berilgan bo‘lib, bu yerda 1615 
yilgacha har xil iqtisodiy fikr yuritishdan, ya’ni Ksenofont, Aflotun va 
Arastulardan boshlanib ekonomika – ekonomiks – an’anaviy siyosiy iqtisod va 
iqtisodiy nazariya (hammasi bir xil ma’noga ega) degan so‘zlarning o‘ziga xos 
ta’rif berilgan. Bu grek-yunon tilidan olinib, «ekonomika – aykanomia – 
iqtisod» – «oykos» – uy xo‘jaligi, «Nomos» – qonun-qoida va birinchi 
vaqtlarda bu uy xo‘jaligini yuritish to‘g‘risidagi fan deb qaralgan. Keyin 1615 
yilda fransuz merkantilistlar maktabi vakili Antuan de-Monkreten «siyosiy 
iqtisod traktati» asarini nashr qildi. Bu butun fanga nom qoldirdi va bu ham 
siyosiy iqtisodni xo‘jalik faoliyati va unga rahbarlik qilish qoidasi sifatida 
qarab chiqqan edi. Shu bilan birgalikda merkantilizm nazariyasi maktabi 
paydo bo‘lgan (XVI – XVIII asrlarda) «Merkanos – savdogar» degan ma’noga 
ega bo‘lib, ular kishilarning boyligi – bu pul, oltin, bunga hamma narsani sotib 
olish mumkin va buning iqtisodiy nazariyadagi mohiyati muomala sohasidagi 
qonuniyatlar bo‘lgan. Bulardan keyin tarixiy klassik siyosiy iqtisod 
tiklanishiga katta hissa qo‘shgan fransuz iqtisodiy fikri XVIII asrda fiziokratlar 
maktabi bo‘lgan. Fiziokrati grekcha termin bo‘lib «Tabiat hukmronligi» deb 
atalgan.
Merkantilizmdan farqi fiziokratlar nazariyasining asosida dehqonchilik 
mehnati, qishloq xo‘jaligining o‘zi iqtisodiyotda yagona unumdorliki sektori 
sifatida, jamiyat boyligining manbai – agrar sektorning qo‘shimcha 
mahsulotidadir, deyilgan. Albatta, har ikkala maktab o‘zlarining iqtisodiy 
rivojlanishida va dunyoqarashida ijobiy va salbiy tomonlari bo‘lib, ba’zida 
ancha xatoliklarga ham yo‘l qo‘yganlar. Keyinchalik bu fanning rivojlanishida 
A.Smitning, O.Rikardo, K.Marks, Avstriya maktabi vakillari, Lozanna 
iqtisodiy maktabining asosiy vakillari, ingliz-amerika iqtisodiy maktabining 
vakillari, ulardan keyin Jon Meynard Keyns va Monetarizm vakillari ham 
o‘zlarining katta hissalarini qo‘shganlar, bular hammasi ushbu bobda batafsil 
yoritilgan. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling