H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


 BOB. IQTISODIYOT ASOSLARI. IQTISODIYOT


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

3 BOB. IQTISODIYOT ASOSLARI. IQTISODIYOT 
NAZARIYASINING UMUMIY ASOSLARI 
Iqtisodiyot odamlar hayoti va faoliyatining o‘ziga xos sohasi sifatida 
iqtisodiyot nazariyasining tadqiqot ob’ekti hisoblanadi. Ana shu sohaning 
xususiyatlarini, uning mazmun-mohiyatini umuman iqtisod fani va uning 
asosiy qismi sifatida iqtisodiyot nazariyasi ko‘lamini belgilaydi. 
Iqtisodiyotning o‘zi nima, degan savolga javoblar juda ko‘p. Ko‘pincha 
iqtisodiyot haqidagi tasavvurlar kundalik hayotimizdan kelib chiqadi – biz 
narx-navo, sarf-xarajatlar, ish haqi va hokazolarga muntazam duch kelamiz. 
Shuning uchun iqtisodiyot haqidagi odatdagi tasavvurlar ko‘pincha o‘z 
xo‘jaligini ratsional yuritish, pullardan samarali foydalanish va hokazolar bilan 
bog‘liq bo‘ladi. «Iqtisodiyot» (grekcha ekonomike so‘zining atamasi)ning o‘zi 
ham xo‘jalikni boshqarish ma’nosini anglatishi tasodifiy emas. Shu bilan 
birga, hozirgi zamondoshlarimiz ongida iqtisodiyot haqida boshqa, birmuncha 
kengroq – umuman, xalq xo‘jaligidagi ishlarning ahvoli, narx-navoning, 
daromadlarning
,
tashqi iqtisodiy aloqalarning o‘zgarishi va xokazolar degan 
tasavvur qaror topgan. 
Iqtisodiyotning mazmun-mohiyatini aniqlash murakkabligi yana bir shart-
sharoit bilan bog‘lik. Buni iqtisodiyot nazariyasini o‘rganayotgan odam 
nazarda tutishi lozim. Biz iqtisodiy hayot qatnashchilari, iqtisodiyot 
sub’ektlarining ijtimoiy roli va vazifalari o‘zgarib turishiga doimo duch 
kelamiz. Odamlar bir vaqtning o‘zida ne’matlarni ishlab chiqaruvchi va ularni 
iste’mol qiluvchi, daromad oluvchi va ana shu daromadlardan soliq to‘lovchi, 
aksiya egalari va ayni vaqtda ishlab chiqaruvchi kabi vazifalarni bajaradilar. 
Buning ustiga iqtisodiyot va uning sub’ektlari ahvoli muntazam o‘zgarib 
turadi. Turli ko‘rsatkichlarning o‘zgarishlari, iqtisodiyot sub’ektlarining ko‘p 
sonli vazifalari ortida turg‘un tamoyillarni, o‘zaro aloqalarni qanday qilib 
ko‘ra olish, to‘g‘ri qarorlar qabul qilish mumkin? Ana shu va boshqa 
savollarga faqat fan, birinchi navbatda, iqtisodiyot nazariyasigina to‘g‘ri javob 
berishi mumkin. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling