H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
mahsulotlar ayirboshlovidan farqlashadi. Agar ayirboshlovning
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
mahsulotlar ayirboshlovidan farqlashadi. Agar ayirboshlovning birinchi
turi mehnat jarayoni ichidagi mehnatning texnologik taqsimotiga asoslangan bo‘lib, ayrim xodimlar amalga oshirayotgan mehnat jarayonlarini (sexda ishlash, konveyerda ishlash) bir-biriga bog‘lasa, ikkinchisi sifat jihatidan birinchisidan farq qiladi. Mahsulotlar ayirboshlovi mehnatning ijtimoiy taqsimoti zamirida yoki iqtisodiyot sub’ektlari mahsulotining u yoki bu turini ishlab chiqarishga ixtisoslashuvi zamirida amalga oshiriladi. Mehnat taqsimotiga asoslangan ayirboshlov hozirgi zamon iqtisodi sharoitida tovar ayirboshlovi ko‘rinishini qabul qilmoqda. 3.6. Ayirboshlash Pul ayirboshlovda vosita vazifasini o‘tamoqda. Mamlakat ichkarisidagi mehnat taqsimotini mehnatning xalqaro taqsimotidan farklash kerak, ikkinchi holda ayrim mamlakatlar o‘z iqtisodiyotlari nuqtai nazaridan foydali bo‘lgan tovarlarni ishlab chiqarishga ixtisoslashadilar. Mehnatning ijtimoiy taqsimoti – iqtisodiy taraqqiyot umumiy asoslarini tavsiflovchi muhim kategoriyalardan biridir. Ixtisoslashish, mehnat taqsimoti, ayirboshlovning rivojlanishi va mehnat unumdorligi o‘rtasidagi o‘zaro aloqa aniqlanganiga ko‘p vaqt bo‘ldi. Mehnat taqsimotining o‘ziga xos roli A.Smitning e’tiborini o‘ziga jalb etdi. A.Smit uni mehnat va kapitalning unumdorlik kuchi sifatida ta’rifladi, mehnat taqsimotiga ta’sir etuvchi omillarni tadqiq etdi. Ma’lumki, K.Marks jamiyat rivojlanishida ijtimoiy mehnat taqsimotining roli haqidagi A.Smitning fikrlariga qo‘shilibgina qolmay, mehnatning chakana, xususiy va umumiy taqsimotlari o‘rtasidagi farqni aniq chegaralab berdi. Bu xalq xo‘jaligi asosiy bo‘g‘inlari ichidagi mehnat taqsimoti bilan butun jamiyatdagi taqsimot o‘rtasidagi farqni ko‘rsatibgina qolmay, mehnatning ana shu har xil turlarini 95 amalga oshirish vositasi bo‘lmish iqtisodiyotning alohida ko‘rinishlarini bir- biridan farklash imkonini berdi. Ijtimoiy mehnat taqsimoti haqidagi masala keyinchalik ham faylasuflar, siyosiy iqtisodchilar va samaradorlik sohasidagi mutaxassislar e’tiborini doimo jalb etib keldi. Iqtisodiyotga doir hozirgi zamon darsliklari xah mehnat taqsimotining jamiyatdagi alohida rolini ta’kidlaydi. (P.Samuelson, K.Makkonnell, S.Bryu va boshqalar). Mehntning ijtimoiy rivojlanishini aniqlashda ijtimoiy mehnat, ya’ni mehnatning jamiyatda mavjud bo‘lgan (ana shu vaqtda jamiyat ixtiyorida bo‘lgan) ma’lum turlari yig‘indisi, ehtiyojlarni qondirish nuqtai nazaridan olganda, cheklangan ekanligini e’tirof etish birlamchi hisoblanadi. Ana shu ehtiyojlarni qondirish uchun mehnat turlarini ko‘paytirish va mahsulotlarni rang-barang qilish zarur. Ammo mazkur jarayon mavjud resurslarning, shu jumladan, mehnat resurslarining tor imkoniyatlariga duch keladi. Bu qarama- qarshilikni bartaraf etish uchun ixtisoslashishni mehnat unumdorligini oshirish bilan ko‘proq darajada qo‘shib olib borish zarur bo‘ladi. Natijada, jamiyatning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari, resurslari va texnologiyalari bir-biridan farq qiluvchi iqtisodiyotning alohida tarmoqlari va sohalari paydo bo‘ladi. Shu munosabat bilan , birinchidan, iqtisodiyotning moddiy ko‘rinishga ega bo‘lgan mahsulotlarni yaratishga ixtisoslashgan faoliyatning moddiy ishlab chiqarish sohasini alohida ajratishadi. Ana shu sohaning aksariyat tarmoqlari, hayot uchun zarur vositalarni ishlab chiqarishi tufayli, jamiyat hayoti va faoliyatining asosini tashkil etadi (sanoat, qishloq xo‘jaligi va h.k.). Ikkinchidan, xizmatlar yaratish sohasi ajratiladi. Uning o‘ziga xos tomoni shundaki, ehtiyojlarning qondirilishini mazkur sohaning faoliyatisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Xizmatlarni moddiy ishlab chiqarishda (ta’mirlash xizmatlari va h.k.) va moddiy bo‘lmagan ishlab chiqarishda (turizm, maorif, axborotlar sohasidagi faoliyat, moliya institutlaridagi faoliyat va h.k.) yaratish uning tarkibiga kiradi. Boshqacha aytganda, resurslar va mahsulotlarni qayta ishlash bosqichlariga ko‘ra tasniflashdan ham foydalaniladi. Bu holda iqtisodiyotning quyidagi sohalari ajratib ko‘rsatiladi: - iqtisodiyotning birlamchi sohasi – bu xom ashyo olish borasida tabiat bilan bevosita aloqani amalga oshiruvchi tarmoqlar va korxonalardir (qishloq va o‘rmon xo‘jaligi, foydali qazilmalarni qazib olish, ovchilik va baliq ovlash va h.k.); - iqtisodiyotning ikkilamchi sohasi – mahsulotlar yaratilishini va 96 iste’molchiga yetkazib berilishini ta’minlovchi korxonalar tarmog‘i (sanoatning ishlov berish va qayta ishlash tarmoqlari, shu jumladan, mashinasozlik, iste’mol mahsulotlarini ishlab chiqarish, shuningdek, ta’mirlash, savdo-sotiq sohasida ishlab chiqarishni davom ettirish va h.k.); - turli xizmatlar ko‘rsatish (aloqa xizmati, turizm, maorif va h.k.). Iqtisodiyotning uchlamchi sohasini tashkil etadi. Umumiy tamoyil resurslar va ish bilan bandlik tobora ko‘proq xizmatlar sohasiga ko‘chayotganida ko‘zga tashlanadi. Hap qanday mahsulot ehtiyojlarni qondirish maqsadidagina ishlab chiqariladi va ularning yaratilishiga resurslar sarflanadi. Maqsadsiz ishlab chiqarish bema’nilikdir. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling