H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
2
–A 1 miqdorini qo‘shimcha ishlab chiqarganda, B 2 –B 1 miqdori muqobil sarf- xarajatlar bo‘ladi. Mazkur ne’matii tobora ko‘proq ishlab chiqarishga izchillik bilan o‘tishda biz muqobil sarf-tarajatlar oshib borayotganini payqaymiz. Muqobil sarf-xarajatlar oshib borishining sababi foydalanilayotgan resurslarning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq. Ularning hammasini ham bir ishlab chiqarishdan olib, ikkinchisiga yo‘naltirib bo‘lmaydi. Ratsional harakat qiluvchi iqtisodiyot sub’ekti avval ishlab chiqarishning mazkur turiga eng yaroqli resurslardan foydalanadi, so‘ngra bunday ishlab chiqarish kengayib borgani sayin, resurslar cheklanganligi sababli, buning uchun boshqa kam yaroqli resurslarga o‘tishga majbur bo‘ladi. Bu demak, o‘ziga xos iqtisodiy resurslardan ishlab chiqarishning boshqa muqobil turlarida faqat qisman, ma’lum darajada va tobora kamayib boradigan miqdorda foydalanish mumkin. Natijada, resurslar cheklanganligi va o‘ziga xosligi sharoitida, mahsulotning muqobil turlaridan birontasini ishlab chiqarish kengayib borgani sayin muqobil sarf-xarajatlar og‘ishmay ko‘payib boraveradi. Bozor sharoitlarida foyda pul ko‘rinishida baholanadi hamda pul tushumlari yoki daromad ko‘rinishida, sarf esa, xarajatlar va chiqim ko‘rinishida ifodalanadi. Iqtisodiy xatti-harakat natijasini – pul mablag‘larining tushumi va chiqimi o‘rtasidagi farqni daromad ko‘rinishida 99 ifodalasa bo‘ladi. Bunda iqtisodiyot sub’ekti faoliyatining maqsadga muvofiqligi iqtisodiy faoliyatdan iloji boricha ko‘proq daromad olishdan iborat bo‘ladi. Iqtisodiyotning maqsadga muvofiq harakat qiluvchi sub’ekti iqtisodiy tanlov sharoitida navbatdagi iqtisodiy operatsiyaning foydasi va xarajatlari yalpi darajasini solishtirish bilangina cheklanmaydi. U mazkur harakat bilan bog‘liq qo‘shimcha (eng yuqori) foydani va qo‘shimcha (eng yuqori) xarajatni ham, ya’ni shunday harakatlar turkumi davom ettirilgan taqdirda, aynan shunday harakat sodir etilgan taqdirda, foyda va daromadning tegishli ravishda o‘zgarib borishini ham solishtiradi. Agar bunday vaziyatda eng yuqori foyda eng yuqori xarajatdan ko‘p bulsa, shu narsa ayonki, ularning o‘rtasidagi farq (qo‘shimcha) eng yuqori daromad ham ijobiy bo‘ladi. Bu umumiy daromad jamg‘armasiga yana bir ulush qo‘shilishini anglatadi. Bunday holda maqsadga muvofiq harakat qiluvchi iqtisodiyot sub’ekti erishilgan natija bilan cheklanmasligi tushunarli, u eng yuqori foyda, eng yuqori xarajatlardan ko‘p bo‘lguncha, ya’ni ular bir-biriga tenglashadigan daqiqagacha shu xildagi harakatlarni davom ettiraveradi. Aynan ahvol shunday bo‘lganida bir xil xatti- harakatlarning natijasi – daromadning umumiy miqdori – eng yuqori bo‘ladi, bu demak, ratsional harakat qiluvchi sub’ekt o‘z maqsadiga erishadi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling