H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


-chizma. Muvofiqlashtirishniig bozor mexanizmi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

3.3-chizma. Muvofiqlashtirishniig bozor mexanizmi 
Nima iste’mol qilishni, bu demak, nima ishlab chiqarishni aynan uy 
xo‘jaliklari hal etadi. Ularning qarorlari firmalarning ishlab chiqarish rejalari 
uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Firmalar cheklangan resurslardan 
foydalanishga doir o‘z qarorlarini o‘zlashtirishlari kerak. Nihoyat, uy 
xo‘jaliklari iste’mol qilish rejalashtirilgan ne’matlarni olishlari, ya’ni 
iste’molga doir o‘z qarorlarini muvofiqlashtirishlari lozim. 
Bozor tizimida muvofiqlashtirish vazifasini ikki xil bozor: ishlab 
chiqarish resurslari bozori va iste’mol ne’matlari bozori hal qiladi. Talab va 
taklif modeli tadbirkorlik sektori o‘rtasidagi aloqalarni izohlaydi. Tovar 
bozorida, oldi-sotdi yuzasidan ikki sektor bir – biri bilan aloqa qilganida, 
sotilayotgan tovarlar narxi va miqdorini model belgilaydi. Resurslar bozorida, 
Ishlab chiqarish omillari 
Iste’mol ne’matlari
firmalar 
Uy xo‘jaliklari 
Resurslar bozori 
Iste’mol ne’matlari 
bozori 


102 
oldi-sotdi yuzasidan ikki sektor bir – biri bilan aloqa qilganida, resurslarning 
narxi va miqdori belgilanadi. 
Yuqorida ta’kidlanganidek, har bir bozor iqtisodiyoti sub’ektlarining 
karor qabul qiladigan ikki ma’lum tipiga: sotuvchilar va xaridorlarga ega. 
Bozorda qabul qilinayotgan qarorlarning muvofiqlashtirilishi turg‘un narx-
navo va har bir ne’matning turg‘un miqdori bilan ta’minlanadi. 
Narxlar taklif va talab o‘zaro aloqasining natijasi sifatida, uy xo‘jaliklari 
va firmalar tomonidan qabul qilinadigan qarorlarni muvofiqlashtirish uchun 
zarur bo‘lgan muhim axborotni beradi. Mazkur axborot resurslarni 
ratsionallashtirish (taqsimlash) muammosining jamiyat tomonidan hal 
etilishida muhim rol o‘ynaydi. Bir tomondan, narx-navo iste’molchilar capf-
xarajatlari darajasini belgilaydi va shu orqali ularning chiqim tomonidan 
ta’minlanishiga ta’sir o‘tkazadi. Ikkinchi tomondan, ishlab chiqaruvchilarning 
tushumlari hajmi narx-navoga bog‘liq, bu daromad tomonidan ularning 
iqtisodiy qarorlariga ta’sir etadi. Masalan, non narxining oshishi – xaridorlarga 
non iste’mol qilishni cheklashga, firmalarga esa, non bozorida muvozanatni 
tiklash uchun ishlab chiqarishni ko‘paytirishga ishoradir. Tovarni turg‘un narx 
bo‘yicha olishni xohlagan xaridorlar uni iste’mol qilishadi, istamagan yoki shu 
narxni to‘lashga qodir bo‘lmagan xaridorlar – ana shu tovarni iste’mol 
kilmaydilar. Va nihoyat, mehnat, kapital va yerdan foydalanish narxi ularning 
egalari daromadini belgilaydi. Shuning uchun, iqtisodiy faoliyatning 
daromadliligi bilan ifodalanuvchi samaradorligi hammani o‘z kuch-g‘ayratini 
eng yuqori samara beradigan mashg‘ulot turini tanlashga da’vat etadi. Shu 
tufayli 
bozor 
iqtisodiyoti 
faoliyat 
shart–sharoitlarining 
turli-tuman 
o‘zgarishlariga tezkorlik bilan munosabat bildirishga qodirdir. Bunga, 
avvalambor, ana shu shart-sharoitlarga turli ne’matlar nisbiy qiymati 
o‘zgarishi orqali erishiladi. A.Smit yakka faoliyatni umum manfaatiga 
yo‘nalgiruvchi «ko‘zga ko‘rinmas qul» obrazidan foydalanar ekan, aslida, bir-
biridan mutlaqo bexabar iqtisodiyot sub’ektlarining o‘zaro aloqasini yakka 
harakatlarni va iqtisodiy hamkorlikni tashkil etishni muvofiqlashtirishning 
aynan shu usulini nazarda tutgan edi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling