H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4 BOB. ISHLAB CHIQARISHNING NAZARIY ASOSLARI
- Ishlab chiqarish va texnologiya. Ishlab chiqarish
105 Asosiy tushuchalar • Ehtiyojlar. • Resurslar. • Ne’mat. • Teoriya. • Metodologiya. • Metodika. Seminar darslarida muhokama qilish uchun savollar 1. Iqtisodiyot asoslari tushunchasini gapirib bering. 2. Ishlab chiqarish kuchlarining va ishlab chiqarish munosabatlarining farqlanishi. 3. Iqtisodiy kategoriyalarning iqtisodiyot asoslariga munosabatini aytib bering. 4. Jamiyat ehtiyojlarini qondiradigan iqtisodiy noyob, kamyob vositalar, shuni tushuntirib bering. Mustaqil ta’lim uchun savollar 1. Iqtisodiyot asoslarining mazmun - mohiyatini tushuntirib bering. 2. Jamiyat ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining farqi va o‘xshashligi nimada? 3. Iqtisodiyot asoslari va iqtisodiy kategoriyalar deganda nimani tushunasiz? 4. Iqtisodiyot fanining ja’miyat a’zolari uchun kerakligini, bilish usullari nimada? 106 4 BOB. ISHLAB CHIQARISHNING NAZARIY ASOSLARI Talabni shakllantirish – bozor mexanizmi tarkibiy qismlaridan biri xolos. Ikkinchisi–taklifni shakllantirish hisoblanadi. Shu ma’noda narx–navo va takliflar hajmi o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik, ya’ni ishlab chiqaruvchilar fe’l- atvori tadqiqotimiz ob’ektiga aylanadi. Ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqaruvchining vazifasi ishlab chiqarishning samarali usulini tanlashdan iborat. Uning muvaffaqiyatli hal etilishi ishlab chiqarish omillarini va miqyosini uyg‘unlashtirishga bog‘liq eng maqbul variant tanlansagina ishlab chiqarish hajmi oshadi. Ishlab chiqarish va texnologiya. Ishlab chiqarish – moddiy resurslarni tayyor mahsulotga aylantirish jarayoni, ya’ni insoniyat ehtiyojlarini to‘g‘ridan- to‘g‘ri yoki bilvosita qondirishdir. Ishlab chiqarish natijalari moddiy va nomoddiy shakllarda bo‘lishi mumkin. Har qanday ishlab chiqarish turli xil resurslardan foydalanadi. Ishlab chiqarishga jalb etilgan resurslar ishlab chiqarish omillari shaklini qabul qiladi va kattalashgan guruhlar: 1) mehnatga jalb qilingan ishchi kuchlarining yig‘indisi; 2) ishlab chiqarish vositalari jami majmuining moddiy shaklidan iborat kapital; 3) tabiiy sharoitlar majmui sifatida yer; 4) ishlab chiqarishni tashkil etish va uni nazorat qilishni tashkil etish bo‘yicha faoliyat deb tushuniladigan tadbirkorlik qobiliyati ko‘rinishida ko‘rib chiqiladi. Har qanday ishlab chiqarish jarayoni nafaqat ma’lum omillar termasini, shu bilan birga, ularning uyg‘unligini talab qiladi, bu texnologiya shaklida ifodalanadi. Bu demak, texnologiya – ishlab chiqarish omillarining ma’lum darajadagi turg‘un kombinatsiyasidir. Texnologiyaning rivojlanishi ishlab chiqarish omillaridan to‘la foydalanishni talab qiladi. Samaradorlik muammosi to‘g‘ridan-to‘g‘ri texnologiyadan unumli foydalanish bilan bog‘liq. Ammo uni ishlab chiqarishda foydalanilgan omillar narxisiz hal etib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham texnologik va iqtisodiy samaradorlikni bir-biridan farqlashadi. Ishlab chiqarishning olingan hajmiga qo‘llaniladigan omillardan hech bo‘lmaganda birortasining miqdori kam bo‘lgan holda erishiladigan bo‘lsa, ishlab chiqarishning shu usuli texnologik samarali hisoblanadi. Ishlab chiqarishning berilgan hajmi uchun qo‘llanilgan ishlab chiqarish omillarining muqobil qiymati eng kam bo‘lgan ishlab chiqarishning texnologik usuli iqtisodiy samarali bo‘ladi. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling