H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet65/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Markazlashgan tizimda alohida birliklar faoliyatini muvofiqlashtirish 
yagona iqtisodiy markaz orqali amalga oshiriladi, markaz resurslarni ishlab 
chiqarish tarmoqlari va sohalari o‘rtasida taqsimlash, birliklar faoliyati 
samaradorligini baholash huquqiga ega bo‘ladi. Bu holda iqtisodiyot 
birliklarining mustaqil qaror qabul qilishi cheklangan, belgilangan 


103 
markazlashgan me’yorlar, normativlar va qoidalar bilan tartibga solingan 
bo‘ladi. Markazlashgan usullarni muvofiqlashtirish o‘zgarib turishi, 
birliklarning 
mustaqillik 
darajasi 
oshib 
borishi 
mumkin, 
ammo 
muvofiqlashtirish mazkur usulining mazmun-mohiyati bir xilligicha 
qolaveradi - ayrim birliklarning iqtisodiy tanlovi xatti-harakatlarni «Nima 
ishlab chiqarish kerak?», «Qanday ishlab chiqarish kerak?»; «Kim uchun 
ishlab chiqarish kerak?» kabi tub masalalar bo‘yicha muvofiqlashtirish 
doirasida amalga oshiriladi. 
Hozirgi zamon iqtisodiyot tizimlari uchun muvofiqlashtirishning 
aralash 
tizimi 
tipik 
hisoblanadi. 
Bu 
holda 
iqtisodiy 
faoliyatni 
muvofiqlashtirishning bozor tamoyillari, iqtisodiyotning bozor asoslari 
davlatning faol ishtirokida amalga oshiriladigan, aslida markazlashgan 
muvofiqlashtirish alomatlariga ega bo‘lgan iqtisodiy hayotni boisharish 
tamoyillariga qo‘shilib ketadi. 
Iqtisodiyot sohasida Nobel mukofoti laureati Pol Samuelson V.Norxauz 
bilan birgalikda yozgan «Iqtisodiyot» darsligida hozirgi zamon G’apb 
iqtisodiyotini shunday ta’riflaydi: «Hozirgi zamon jamiyatlaridan birontasi 
ham ana shu qarama-qarshi kategoriyalarning hech qaysisiga to‘g‘ri kelmaydi. 
Aniqrog‘i, barcha mamlakatlar aralash iqtisodiyoti – bozor elementlari va 
boshqaruvning rahbarlik ko‘rinishidan iborat iqtisodiyotga ega. Hali hech 
qachon 100 foizli bozor iqtisodiyoti bo‘lmagan (vaholanki, Angliya XIX asrda 
unga ancha yaqinlashgan edi). Hozir AQShda qarorlarning aksariyat qismi 
bozor tomonidan qabul qilinadi. Ammo mamlakat hukumati ham bozor ishini 
o‘zgartirishda muhim rol o‘ynaydi: hukumat iqtisodiy hayotni boshqaruvchi 
qonun va nizomlarni chiqaradi, maorif va tartibni saqlash sohasida xizmatlar 
ko‘rsatadi, biznes va atrof-muhit muhofaza qilinishini nazorat etiladi»
51

Iqtisodiyot tizimlari tavsifi muvofiqlashtirish usullari bilan cheklanmaydi. 
Ularning zamiri anchagina keng – mulkka egalikning turli-tuman ko‘rinishlari, 
tashkiliy tartiblarning o‘ziga xos xususiyatlari, rivojlanishning iqtisodiyotga 
zid omillari shular jumlasidandir. Natijada, jamiyatning iqtisodiy hayoti u yoki 
bu milliy iqtisodiy chegaralar hamda xalqaro integratsiya hosilalari doirasida 
yaxlitlik xususiyatini kasb etadi.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling