101
ustuvor usullari bo‘lib kelgan.
Xo‘jalik
birliklari tarqoq, ularning o‘rtasidagi aloqa muntazam
bo‘lmagan
natural xo‘jalikda faoliyatini
muvofiqlashtirish tasodifiy
xarakterda bo‘ladi, resurslarning birliklar o‘rtasidagi taqsimoti tabiiy tarkib
topgan me’yorlar va qoidalar bilan belgilanadi.
Bozor tizimi sharoitlarida iqtisodiy faoliyatni
muvofiqlashtirish bozor
orqali, narx-navo talab va taklifga muvofiq belgilash yo‘li bilan amalga
oshiriladi. Bunda iqtisodiyot sub’ektlarining o‘zaro aloqasi
aylanma oborot
modeli (aylanma otsimlar)da tasvirlanishi mumkin.
U iqtisodiyotni ikki
sektorga: uy xo‘jaligi va firmalarga bo‘ladi. Uy
xo‘jaliklari o‘z resurslarini –
mehnatlarini, kapitallarini va yerlarini sotishdan oladigan daromadlaridan
tovarlarni va firmalarning xizmatlarini sotib olish uchun foydalanadilar.
Firmalar tovarlar va xizmatlarni sotishdan
tushgan pullaridan uy
xo‘jaliklaridan resurslarni sotib olish uchun foydalanadilar (3.3-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: