H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

3.7. Iste’mol 
Iste’mol, ya’ni ehtiyojni qondirish – har qanday jamiyatda ishlab 
chiqarish faoliyatining pirovard nuqtasi, uning mazmun-mohiyatidir. Ehtiyoj 
ishlab chiqarish faoliyati natijasida hamda bunday faoliyatsiz yaratilgan 
ne’matlar bilan qondiriladi. 
Iste’mol maqsadlariga ko‘ra ishlab chiqarishdan tashqarida odamlar 
ehtiyojini qondirishga yo‘naltirilgan shaxsiy iste’molga va mahsulotdan 
ishlab chiqarish omillarini qayta tiklash va kengaytirish uchun, investitsiya 
maqsadlari uchun foydalanishga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish iste’moliga 
bo‘linadi. Ehtiyojlar va ularni qondirish usullarining rang-barangligi ishlab 
chiqarilayotgan iste’mol buyumlari va xizmatlarning tarkibini, shu bilan birga, 
iste’molni tashkil etish xususiyatlarini ham belgilaydi (uy xo‘jaliklari, ijtimoiy 
ko‘rinishlar orqali va h.k.). aholi va firmalar iste’moli ularning daromadlardan 
foydalanishiga asoslanadi. 
Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning boshqa bir – iste’mol nuqtai nazaridan 
tasnifi ulardan foydalanish muddatlariga asoslanadi. Ular uzoq vaqt 
foydalaniladigan (kiyim-kechak, poyafzal, mashinalar va h.k.) va qisqa 
muddat 
foydalaniladigan 
predmetlarga 
(oziq-ovqat 
mahsulotlarining 
aksariyati, yordamchi materiallar) bo‘linadi. Iste’mol qilinadigan mahsulotlar 
bir-birining o‘rnini bosishini, ya’ni muqobillik asosida ulardan foydalanish 
imkoniyati mavjudligini, shuningdek, bir-birini to‘ldirishini, ya’ni iste’molda 
bir mahsulotdan foydalanish, ayni vaqtda, muqarrar ravishda, boshqa 
mahsulotdan ham foydalanishni taqozo etishini ta’kidlash lozim.
Ishlab chiqarishdan iste’mol sari harakatning har bir bosqichida iqtisodiy 
faoliyatga iqtisodiyotning yangidan-yangi sub’ektlari jalb etilishini, ularning 


97 
ishlab chiqarish, ne’matlar taqsimoti, ayirboshlovi, iste’moli bilan bog‘liq 
o‘zaro aloqalari muntazam chigallashib borishini ta’kidlash muhimdir. 
Iste’mol to‘xtab qolishi mumkin emas, bu demak, ishlab chiqarish, 
ayirboshlov hamda va iste’molni o‘zaro birlikda va o‘zaro aloqada muntazam 
takrorlab turish, yoxud takror ishlab chiqarish muqarrardir. Shuning uchun 
iqtisodiyot o‘z-o‘zini qayta tiklovchi iqtisodiyot sifatida namoyon bo‘ladi, bu 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling