H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Ishlab chiqarish va samaradorlik
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Ishlab chiqarish va samaradorlik. Samaradorlik ishlab chiqarish
bosqichlari nuqtai nazaridan o‘zgacha baholanadi. Aynan bu bosqichda ishlab chiqarish omillari bir-biri bilan birlashadi, ulardan foydalanish va maxsulotga aylanish ro‘y beradi. Natijalar mahsulotni yaratishda bevosita iste’mol qilingan sarf-xarajatlarga yoki uni yaratishda ishtirok etgan omillarga mos bo‘lishi kerak. Shu munosabat bilan samaradorlikning qo‘llanilgan sarf-xarajatlar (resurslar) bo‘yicha va iste’mol qilingan sarf-xarajatlar bo‘yicha ko‘rsatkichlari bir-biridan farqlanadi. Agar birinchi holda natija (mahsulot, turli ko‘rinishdagi daromad) ishlab chiqarishning ayrim omillari yoki to‘la hajmda ularning majmui bilan qiyoslansa, ikkinchi holda, faqat mahsulotning narxiga (qiymatiga) kirgan joriy sarf-xarajatlar bilan qiyoslanadi. Qo‘llanilgan sarf-xarajatlar bo‘yicha ko‘rsatkichlar orasidan mehnat unumdorligi ko‘rsatkichlarini ajratish qabul qilingan. (P/K bunda, K – qo‘llanilgan kapital, fondlar), material qaytishi (P/M bunda, M – qo‘llanilgan materiallar) yoki material sarfi (M/P). Samaradorlikning sarf-xarajatlar bo‘yicha ko‘rsatkichlaridan ayniqsa, 100 keng qo‘llaniladigani – daromadning chiqimga nisbati sifatidagi rentabellik ko‘rsatkichidir. P/I bunda, I – mahsulotni yaratish (daromad olish) uchun chiqimlar (sarf-xarajatlar). Shuni ta’kidlash kerakki, iqtisodiyot tizimining turli darajalarida (korxona, tarmoq, xalq xo‘jaligi) samaradorlik ko‘rsatkichlari o‘zining turlicha ifodasini topadi. 3.9. Iqtisodiy faoliyatni muvofiqlashtirish Iqtisodiyotda son-sanoksiz sub’ektlar, iqtisodiy faoliyat qatnashchilari harakat qiladi. Ularning hammasi iqtisodiy qarorlarning eng maqbul variantlarini izlash bilan mashg‘ul. Bu demak, har qanday iqtisodiyotning birlamchi muammosi mavjud hamda yaratilayotgan ne’matlarni muayyan ehtiyojlar, ishlab chiqarish turlari va iqtisodiyot sub’ektlari o‘rtasida joylashtirish hisoblanadi. Shuning uchun har qanday iqtisodiyotning faoliyati va rivojlanishi iqtisodiyotning ana shu birlamchi muammosi qanday hal etilishiga bog‘liq. Ne’matlarni joylashtirishning eng maqbul usullarini izlanish «Nima ishlab chiqarish kerak?», «Qanday ishlab chiqarish kerak?», «Kim uchun ishlab chiqarish kerak?» kabi muammolarni hal etish yo‘llarini belgilaydi. Ne’matlarni joylashtirish iqtisodiyot sub’ektlarining o‘zaro hamkorligi orqali amalga oshiriladi. Iqtisodiyotning har bir sub’ekti o‘z foydasi va sarf- xarajatlarini o‘zi chamalab, o‘zi tanlashi sababli jamiyat ayrim sub’ektlarning Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling