H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Ishlab chiqarishning qisqa muddatli davrdagi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet70/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

Ishlab chiqarishning qisqa muddatli davrdagi funksiyasi berilgan 
doimiy omillar miqdori vositasida o‘zgaruvchan omillar miqdorini o‘zgartirish 
yo‘li bilan firma amalga oshirishi mumkin bo‘lgan ishlab chiqarishni 
ko‘rsatadi. Qisqa muddatli davrdagi ishlab chiqarish tanlovi tahlilining asosiy 
vazifasi–har bir o‘zgaruvchan omil o‘zgarishining mahsulot ishlab chiqarish 
hajmiga ta’sirini, ya’ni uning samaradorligini aniqlashdan iborat. Buning 
uchun qolgan omillar o‘zgaruvchan omillarning yalpi, o‘rtacha va pirovard 
mahsuldorligi ko‘rsatkichlaridan foydalaniladi. 
O‘zgaruvchan X omilidan yalpi mahsulot (TR
X
) – bu o‘zgaruvchan 
omilning berilgan miqdoridagi yalpi ishlab chiqarish hajmidir. O‘rtacha 
mahsulot (AR
X
) – o‘zgaruvchan omil birligiga to‘g‘ri keladigan ishlab 
chiqarish hajmini ko‘rsatadi. 
X
TP
AP
X
X
=
jismoniy mahsulotning miqdori 
(MR
X
) – o‘zgaruvchan omilni birlamchi o‘zgartirish hisobiga jami 
mahsulotning o‘sishini tavsiflaydi. 
dX
dTP
MP
X
X
=
yoki 
dX
dTP
MP
X
=
, ya’ni ishlab 
chiqarish funksiyasining birinchi hosilasiga teng. 
 
4.2. Pasayib borish - samaraning qonuni 
Har qanday ishlab chiqarish jarayoni shunday bir xususiyatga egaki, agar 
doimiy omilning berilgan miqdorida o‘zgaruvchan omilni qo‘llash ko‘paytirib 
boriladigan bo‘lsa, ishlab chiqarish hajmi albatta, eng yuqori nuqtasiga yetib, 


109 
so‘ngra pasaya boshlaydi. Bu o‘zgaruvchan omil samarasidagi o‘zgarishlar 
bilan izohlanadi. Ishlab chiqarishda o‘zgaruvchan omillarning arzimagan 
miqdori qo‘llanilgan dastlabki bosqichda o‘zgaruvchan omilning har bir 
qo‘shimcha birligi ana shu omildan olinadigan pirovard mahsulotning 
o‘sishiga aylanadi. Ammo o‘zgaruvchan omil qo‘llanishi ko‘payib borgani 
sayin uning mahsuldorligi kamaya boshlaydi so‘ngra o‘sishi to‘xtab qoladi. 
Mazkur bog‘liqlik «kamayib boruvchi samara qonuni» yoki «kamayib 
boruvchi eng yuqori unumdorlik» nomini olgan. Bu boshqa barcha omillar 
qayd etilgan miqdorda qolgani holda, o‘zgaruvchan omilni qo‘llanishi 
ko‘payib borgani sayin shunday bir nuqtaga erishilishi, ana shu nuqtadan 
boshlab o‘zgaruvchan omillarning qo‘shimcha miqdoridan foydalanish 
mahsulot o‘sishining doimiy kamayib borishiga, keyinchalik uni mutlaqo 
pasayishiga olib kelishidan dalolat beradi. 
Kamayib boruvchi samara qonuning amal qilish sababi ishlab chiqarishda 
doimiy va o‘zgaruvchan omillar o‘rtasidagi muvozanatning buzilishida 
yashiringan. Dastgohlar to‘la quvvat bilan ishlamayotgan bir paytda past 
samaradorlik ishlab chiqarishga o‘zgaruvchan omillarning qo‘shimcha 
miqdorini jalb etish hisobiga oshirilishi mumkin, bu mahsuldorlikning oshib 
boradigan darajada ko‘payishiga olib keladi. Aksincha, dastgohlarni ortiqcha 
hajmda ishlatish samaradorlikning pasayishiga va ishlab chiqarishning 
kamayishiga olib keladi. 
Kamayib boruvchi samara qonunining ta’siri bir qator muhim xulosalar 
chiqarish imkonini beradi. Birinchidan, xarajatlarning hamisha «iqtisodiy 
soha» deb atalmish shunday bir sohasi bo‘ladiki, ularni ko‘paytirib borish yalpi 
mahsulotning kamayishiga olib kelmaydi (barcha dastlabki chakana hosilalar 
musbat bo‘ladi). Ikkinchidan, qisqa muddatli davr sharoitlarida ishlab 
chiqarish omillaridan hech bo‘lmaganda bittasi qayd etilgan miqdorda qolsa, 
hamisha shunday bir nuqta mavjud bo‘ladiki, ana shu nuqtadan boshlab 
o‘zgaruvchan omilni qo‘llashning ko‘paytirilishi uning eng yuqori 
mahsuldorligi pasayishiga olib keladi. Uchinchidan, iqtisodiy soha doirasida 
shunday bir nuqta borki, ana shu nuqtadan boshlab o‘zgaruvchan omilni 
qo‘llashning keyingi ko‘paytirilishi ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga 
olib keladi. 
Omil unumdorligining kamayib borish qonuni ta’siri shunga ishora 
qiladiki, hech bo‘lmaganda bir omil qayd etilgan holda qolsa, ishlab 
chiqarishni ko‘paytirish imkoniyatlari cheklangan bo‘ladi. Bu holda shuni 
nazarda tutish kerak: 
a) «qonun» ni faqat qisqa muddatli davr sharoitlariga nisbatan qo‘llash 
mumkin; 


110 
b) «qonun» ta’sirining intensivligi texnologiya xususiyatlari bilan 
izohlanadi va har bir ishlab chiqarishda har xil bo‘ladi. Qisqa muddatli davr 
doirasida omillarning o‘sha miqdori bilan yoki kamroq miqdori bilan ishlab 
chiqarishni ko‘paytirish imkonini beruvchi nisbatan ilg‘or texnologiyani 
qo‘llanishi kamayib boruvchi samara qonunining ta’siri bekor qilinishini 
anglatmaydi, uning ta’sir xususiyatini o‘zgartiradi, xolos. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling