H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

iqtisodiy aylana oborotida o‘z ifodasini topadi. 
3.8. Xo‘jalik yuritish va samaradorlik 
Iqtisodiyot sub’ektlari, iqtisodiy faoliyatning sub’ektlari sifatida, o‘z 
maqsadlariga erishish uchun ixtiyorlarida mavjud bo‘lgan resurslardan kelib 
chiqib, mustaqil ravishda qaror qabul qilishlari zarur. 
Xo‘jalik yuritish – iqtisodiyot sub’ektlarining ehtiyojlar qondirilishini 
va eng kam sarf-xarajatlar bilan qo‘yilgan maqsadlarga erishilishini taxmin 
qiluvchi, eng tejamli qarorlarni qabul qilishga yo‘naltirilgan chora-tadbirlar va 
xatti-harakatlar majmuidan iborat. U samarali faoliyatni amalga oshirish uchun 
natijalarni sarf-xarajatlar bilan muntazam qiyoslab turishni taxmin qiladi. 
Samaradorlik (umumiy ko‘rinishida) 
_
natijalarning sarf-xarajatlar bilan 
nisbatidir. Samaradorlik real iqtisodiyotda rang-barang ko‘rinishlarda 
ifodalanishi bilan ajralib turadi.
Xo‘jalik yurtuvchi sub’ektlar xatti-harakatining iqtisodiy ratsionalligi 
ularning dastavval o‘z xatti-harakatlari foydasini (natijalarini), foyda olish 
uchun qilinishi zarur bo‘lgan taxminiy sarf-xarajatlarni aniqlashlari, foydani 
qilinadigan sarf-xarajatlar bilan qiyoslashlari kerak ekanligini taxmin qiladi. 
Iqtisodiy tanlov va muqobil sarf-xarajatlar. Agar sarf-xrajatlar 
muammosini ne’matlar cheklanganligi va muqobil variantlar orasidan 
birontasini tanlash zarurligi nuqtai nazaridan ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, 
samaradorlik muammosi quyidagi ko‘rinishda namoyon bo‘ladi: Aniq bir 
ne’matni olishga yo‘naltirilgan har qanday xatti-harakat ayni vaqtda uning 
muqobili bo‘lgan boshqa barcha ne’matlarni olishdan voz kechishni, ya’ni 
tanlab olingan ne’matga egalik qilish uchun qolgan barcha ne’matlardan voz 
kechishni anglatadi. Masalan, bir litr sutning sotib olinishi ana shu pulga bir 
dona non sotib olishdan voz kechilishini anglatishi mumkin.
Albatta, aksariyat vaziyatlarda tanlash imkoniyati ikkitadan ortiq bo‘ladi. 
Bunday holda iqtisodiyotning maqsadga muvofiq harakat qiluvchi sub’ekti 
mavjud resurslardan foydalanishning har bir muqobil varianta keltiradigan 
foydani chamalab chiqadi va amalga oshirilishi eng ko‘p foyda keltiradigan 


98 
muqobil variantni tanlaydi. 
Iqtisodiyotning tejamkor sub’ekti bunday holda nimalardan mahrum 
bo‘ladi? Shu narsa ayonki, u o‘zi tanlagan eng yuqori foydani deb, boshqa 
foydalardan mahrum bo‘ladi. Chunki mazkur sub’ekt qolgan barcha 
muqobillarni, shu jumladan, ularning ichidan eng yaxshisini qurbon beribgina, 
iqtisodiy xatti-harakatlarning eng foydali variantini amalga oshirishi mumkin. 
Bu demak, mazkur ne’matni olish uchun qilingan sarf- xarajatlar muqobil, 
olinmay qolgan boshqa ne’matlarga teng bo‘ladi, muqobil ne’matlar keltirishi 
mumkin bo‘lgan foydalar ichida ana shu xatti-harakat vaqtida rad etilgan eng 
yuqori foyda mazkur xatti-harakatning sarf-xarajatlarini tashkil etadi. 
Boshqacha qilib aytganda, muqobil sarf- xarajatlar – bu amalga 
oshirilmagan muqobil imkoniyatlarning keltirishi mumkin bo‘lgan foydaning 
o‘zi. 
Bir ne’matni (aytaylik, A ne’matini) ko‘p miqdorda ishlab chiqarishga 
o‘tish vaqtida (3.2.- chizmaga karang), boshqa ne’matning qo‘shimcha ishlab 
chiqarilmagan miqdori (bizning misolimizda B ne’matining) mazkur ne’mat 
har bir qo‘shimcha miqdorining sarf-xarajatlari hisoblanadi: masalan, A

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling