3.3. Tanlov muammosi
Qondirish vositalari cheklangan bir vaqtda ehtiyojlarning xilma- xilligi
shunga olib keladiki, ularning hammasi ham qondirilmaydi, aniqrog‘i
qondirish ham to‘liq bo‘lmaydi. Bu demak, har qanday iqtisodiy xatti-harakat
aslida qondirish imkoni bo‘lgan bir nechta ehtiyojlar orasidan ayni vaqtda
qondirilishi kerak bo‘lgan bir ehtiyojning tanlanishini anglatadi. Ayni vaqtda
oshib borayotgan ehtiyojlarni qondirish mavjud resurslar va texnologiyalar
bilan cheklangan bo‘ladi. Bu iqtisodiy qaror qabul qilish muammosi, aslini
olganda, iqtisodiy xatti-harakatlarning muqobil variantlaridan birini
tanlashning o‘zginasi ekanligini anglatadi. Bunday muammo ana shunday
iqtisodiyot sub’ektining nafaqat muqobil variantlardan birini tanlash
imkoniyati, shu bilan birga, zarurati bo‘lgan hollarda vujudga keladi.
Ayni vaqtda ana shu xatti-harakat vujudga kelgan vaziyatda boshqa
ehtiyojlarning qondirilishidan voz kechishni anglatadi. Shu bilan birga, har
qanday iqtisodiy xatti-harakat cheklangan resurslar va zaxirasining ma’lum bir
ulushi sarflanishini, bu demak, qolgan ehtiyojlarning qondirilish imkoniyatlari
qisqarishini anglatadi. Demak, muayyan ehtiyojlarning qondirilishiga
muayyan miqdordagi resurslarning ajratilishi, boshqa ehtiyojlarni qondirish
uchun ana shu resurslardan foydalanishdan voz kechish, shu bilan birga,
mazkur ehtiyojlar qondirilishini ma’lum darajada cheklash bilan bog‘liq.
Shunday qilib, tejamkorlik muammosi – iqtisodiyot mazkur sub’ektining
boshqa ehtiyojlarini qondirish imkoniyatini ta’minlagan holda ushbu
ehtiyojning qondirilishiga cheklab va puxta o‘ylab mablag‘ ajpatish tanlov
muammosining orqa tomoni hisoblanadi.
Iqtisodiy tanlov va sarf-xarajatlarni aniqlash muammosini sodda: ishlab
chiqarish imkoniyatlari chegarasi (3.2-chizma) modelida namoyish etish
mumkin.
91
Do'stlaringiz bilan baham: |