H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
qonunida o‘z aksini topadi.
Ehtiyojlarning oshishi va ularning o‘zgarib borishi odamlar ehtiyojini qondirishga mo‘ljallangan ne’matlarning yaratilishiga kuchli turtki beradi. Ehtiyojlarni doimiy qondirish imkoniyatlari jamiyatda, mamlakatda, ayrim odamlarda resurslar mavjud bo‘lgan taqdirdagina yaratiladi. Resurslar – bu ne’matlarni yaratish va ehtiyojlarni qondirish uchun mavjud imkoniyatlardir. Resurslar xilma-xil bo‘lib, turlicha tasniflanishi mumkin. Tabiat resurslari, ya’ni jamiyatda mavjud bo‘lgan qazilma boyliklarining zaxiralari, qishloq xo‘jaligi uchun qulay sharoitlar, jug‘rofiy qulay joylashuv. Avvalgi avlodlar tomonidan ishlab chiqarish faoliyati va iste’mol uchun yaratilgan hamda to‘plangan resurslar, ya’ni mavjud korxonalar, transport tizimlari, uy-joylar va hokazolar. Tajribasi, malakasi, bilim darajasi hamda tadbirkorlik qobiliyati bo‘lgan odam resurslari. Pul, oltin-valyuta va boshqa resurslar. Texnologiya va ilmiy-texnik resurslar, ya’ni hozirgi zamon texnologiyasi taraqqiyoti uchun jamiyatda mavjud bo‘lgan imkoniyatlar zaxirasi va h.k. Resurslarni boshqacha tasniflash ham mumkin. Masalan, ulardan foydalanish imkoniyatlarining muqobilligi bo‘yicha, bir-birining o‘rnini bosa olishi, ma’lum vaqt doirasi bilan cheklanganligi bo‘yicha va h.k. Ammo tasnif turlaridan kat’iy nazar barcha resurslar bir umumiy xususiyatga ega, ular iqtisodiy faoliyatning birlamchi va asosiy shartini: zarur sifatdagi va har xil resurslarning mavjudligi ne’matlarni yaratish, bu demak, ehtiyojlarni qondirishning birlamchi sharti ekanligini tavsiflaydi. Inson ehtiyojlari turli usullar bilan va turli vositalar yordamida qondirilishi mumkin. Dastavval insoniyat taraqqiyoti ehtiyojlarining qondirilishini ko‘proq tabiiy sharoitlarga (meva-chevalarni yig‘ish, daryolardan transport yo‘li sifatida foydalanish va h.k.) moslashtirishga asoslangan. Jamiyat rivojlana borganidan keyingina ehtiyojlarni qondirish bilan ishlab chiqarishni rivojlantirish, texnologiyalarni takomillashtirish o‘rtasida aloqa borligi ayon bo‘ldi. Ishlab chiqarish faoliyati jarayonida birlamchi resurslarning inson ehtiyojlariga, odamlarning u yoki bu ehtiyojini qondiradigan ne’matlarning 89 yaratilishiga moslashishi ro‘y berdi. Ammo ehtiyojlar birgina moddiy mahsulotlar bilangina qondirilmaydi. Ne’mat – bu ham moddiy, ham ma’naviy bo‘lmagan, pirovard oqibatda, iste’molchining ma’lum ehtiyojini qondirishga qodir bo‘lgan yoki ishlab chiqaruvchi ma’lum maqsadlar uchun foydalanishi mumkin bo‘lgan har xil predmetlardir. Buyumlarning o‘zi ham, ularning xususiyatlari ham ne’mat hisoblanadi. Bozor iqtisodiyotida ularni odatda, tovarlar va xizmatlar, deb atashadi. Ne’matlarni ikki turga – ishlab chiqarish resurslariga va ularga asoslanib ishlab chiqariladigan iste’mol ne’matlariga bo‘lish mumkin. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling