H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


 Resurslar va ne’matlarning cheklanganligi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

 
3.2. Resurslar va ne’matlarning cheklanganligi 
Har qanday iqtisodiy faoliyat tegishli ehtiyojni aniqlashdan boshlanadi. 
Ehtiyojlarning ma’lum vaqt doirasida mumkin kadar, vaqtincha qondirilishi 
muqarrar 
ravishda 
ehtiyojlarning 
qayta 
tiklanishi, 
oshib 
borishi, 
murakkablashishi va chuqurlashishini keltirib chiqaradi. Bunday ahvol doimiy 
bo‘lib qolaveradi. Ikkinchi tomondan olganda, bizning ehtiyojlarni qondirish 
vositalarimiz (resurslar va texnologiyalar), aslini olganda, hamisha cheklangan 
bo‘ladi. Cheklanganlik har xil bo‘lishi mumkin. 
Avvalambor, bu tabiatda mavjud bo‘lgan turli ne’matlar miqdorining bir 
xil emasligidir, ularning bir qatori boshqalariga qaraganda kam tarqalgan. 
Cheklanganlik odamlar yaratadigan ne’matlarni ham qamrab oladi. Bu 
ne’matlar ushbu turlarning mazkur vaqtdagi zaxiralarigagina emas, ana shu 
sharoitlarda ularni qayta ishlab chiqarish uchun mavjud bo‘lgan 
imkoniyatlarga ham, ya’ni vositalarga ham taalluqlidir. 
Zaxiralarni to‘ldirish imkoniyatlariga ko‘ra ne’matlar takror ishlab 
chiqarish mumkin bo‘lgan va takror ishlab chiqarish mumkin bo‘lmagan 
ne’matlarga bo‘linadi. Shunday qilib, turli ne’matlar zaxiralarining to‘ldirib 
borilishi hajmi va darajasi ularning bir-biriga nisbatan cheklanganligini 
tavsiflaydi hamda ne’matlar kamyobligi kategoriyasida ifodalanadi. 
Bir iste’molchi ixtiyorida mavjud bo‘lgan ne’matlar zaxirasi uning 
ehtiyojlarini to‘la hajmda qondirish uchun yetmasligi mumkin, hayotda 
ko‘pincha shunday bo‘ladi. Hatto, biz, ushbu muayyan, juda tor ta’riflangan 
ehtiyoj shu davrda to‘liq qondiriladi, deb tasavvur qilganimizda ham, ayni 
vaqtning o‘zida iqtisodiyotning ana shu sub’ektida mavjud bo‘lgan, 
to‘yintirilgan extiyoj kabi aynan shu vositalardan foydalanib qondirilishi 


90 
mumkin bo‘lgan boshqa barcha ehtiyojlarning qondirilmay qolgani ayon 
bo‘ladi. Ne’matlarning ularga bo‘lgan ehtiyojga nisbatan bunday 
cheklanganligi ne’matlar yetishmovchiligi kategoriyasida ifodalanadi. 
Natijada, kamyoblik va yetishmovchilik ne’matlar cheklanganligining 
turli jihatlari sifatida namoyon bo‘ladi. Ne’matlarning, shu jumladan, resurslar 
va texnologiyalarning cheklanganligi esa, aslida ne’matlarning odamlar 
iqtisodiy hayoti va faoliyati sohasiga kiradigan universal xususiyatlari, degan 
tasavvur hosil qiladi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling