H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


 Ehtiyojlar, resurslar, ne’matlar


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

 
3.1. Ehtiyojlar, resurslar, ne’matlar 
Iqtisodiyotning ilk ta’rifi odamlarning iqtisodiy faoliyatini, ularning 
ehtiyojini qondirishga qaratilganligiga asoslanadi, shuning uchun ehtiyoj 
resurslar, texnologiyalar, mahsulotlar va ulardan foydalanish kabi tarkibiy 
qismlarni o‘z ichiga oladi. Mazkur qismlarning o‘zaro aloqadorligini 


87 
soddalashtirilgan holda quyidagi ko‘rinishda tasavur qilish mumkin: 
3.1. – chizma. Ehtiyojning tarkibiy qismlari. 
- nima maqsadda (kim uchun ishlab chiqarish kerak, mahsulotdan 
foydalanishning yo‘nalishlari)? 
Iqtisodiyotga bunday yondashilganda quyidagi dastlabki eng oddiy 
iqtisodiy muammolar paydo bo‘ladi: 
- nima ishlab chiqarish kerak (qanday ehtiyojlarni qondirish kerak)?; 
- qanday ishlab chiqarish kerak (qaysi resurslardan, qanday texnologiya 
bo‘yicha)? 
Ehtiyojlar iqtisodiy faoliyatning boshlang‘ich nuqtasi, ularning 
qondirilishi – pirovard natija hisoblanadi. 
Ehtiyojlarni muntazam qondirib turish zarurati – insoniyat jamiyatining, 
har bir odamning xususiyatidir. Ehtiyojlar rang-barang. Ularni turli 
mezonlarga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin: 
- Tirikchilik vositalariga, ya’ni odamlarning hayotiy muhim ehtiyojlarini 
qondiradigan ne’matlarga bo‘lgan (ovqat, kiyim-kechak, boshpana va h.k.) 
ehtiyojlar; 
- Inson hayotining ijtimoiy-madaniy vositalariga (maorif, madaniyat, 
bo‘sh vaqt va h.k.) bo‘lgan ehtiyojlar; 
- Faoliyat vositalariga (tovarlar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish uchun 
zarur narsalar va h.k.) bo‘lgan ehtiyojlar; 
- Ijtimoiy-obro‘li ne’matlarga (turistik xizmatlar, zeb-ziynat buyumlari va 
h.k.) bo‘lgan ehtiyojlar. 
Ehtiyojlarni qanday qondirilishiga (alohida-alohida, jamoa holida) ko‘ra, 
qondirilishi muqobilligiga ko‘ra va h.k. boshqacha tasniflasa ham bo‘ladi. 
Iqtisodiyot nuqtai nazaridan ehtiyojlar o‘zgarishining prinsipial 
xususiyatlarini aniqlash, ayniqsa, muhim - jamiyat rivojlanib borgani sayin 
ehtiyojlarning oshishi, tarkibi, sifati va soniga ko‘ra muntazam o‘zgarib turishi 
Ehtiyoj 
Resurslar 
Ishlab chiqarish
Mahsulotlar 
Foydalanish 


88 
ro‘y beradi. Yangi ehtiyojlar paydo bo‘ladi, eskilari yo‘qoladi, ehtiyojlarning 
turlari o‘rtasidagi nisbat o‘zgaradi va h.k. Bu, ehtiyojlarning yuksalish 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling