H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Kompyuterda modellashtirishdan
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
Kompyuterda modellashtirishdan ta’lim berish va iqtisod fanini
ommalashtirish bilan bir qatorda, fanni rivojlantirishda, nazariy va amaliy vazifalarni hal etishda foydalansa bo‘ladi. Bundan tashqari, kompyuterlarning qo‘llanilishi testlarning maxsus ishlab chiqilgan interaktiv dasturlari vositasida 83 o‘quv jarayonidagi nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilishni soddalashtirish imkonini beradi. Iqtisod fani bo‘yicha darslarda kompyuter dasturlaridan foydalanish nazariy modellarga yoki statistik ma’lumotlarga asoslanishi, yoxud unisini ham, bunisini ham birlashtirish mumkin. Iqtisodiyotning kompyuter modellari iqtisod faning asosiy konsepsiyalarini yaxshiroq tushuntiribgina qolmay, shu bilan birga, iqtisodiyotning istalgan holatiga erishilishiga xizmat qiluvchi iqtisodiy siyosatning turli variantlarini modellashtirish imkonini beradi. Masalan, ochiq iqtisodiyotning kompyuter modellari budjet-soliq siyosati, kredit-pul siyosati, ochiq iqtisodiyot sharoitida almashuv kursi siyosatini kapital safarbarligini turli rejalari bilan har hil birlashtirish oqibatlarida qanday bo‘lishini yaxshiroq tushinish imkonini beradi. Yalpi rivojlanishning kompyuter modellari esa, makro va mikroiqtisodiyotdagi o‘zgaruvchilarning son-sanoqsiz o‘zaro aloqalari va o‘zaro ta’sirini hisobga olish, mikrodarajadagi boylik daromad taqsimotini optimallashgan mikroiqtisodiyot fe’l-atvori bilan birlashtirish imkonini beradi. Ayni vaqtda iqtisodiyotni isloh qilish dasturlarning barqarorlashtirishga, tarkibiy qayta qurishga, iqtisodiyotni o‘tish davrida bo‘lgan mamlakatlardagi daromad va boylik taqsimotiga ta’sirining miqdoriy ifodasini olishga muvaffaq bo‘linadi. Modellashtirilayotgan ob’ekt chiziqsiz tenglamalarning murakkab tizimi, ham algebraik, ham interal-differetsial rasmlar bilan tasvirlangan (bunday hol o‘tish davri iqtisodiyotidagi turli jarayonlarni modellashtirishda ko‘p uchraydi) holda modellashtirishning kompyuter modeli iqtisodiyot uchun alohida ahamiyat kasb etadi. Bunday hollarda raqamli-chizma usullar iqtisodiyot modellarini yaratish va faoliyatini tahlil qilishda birdan bir maqbul yondashuv hisoblanadi. So‘nggi vaqtlarda iqtisod fanini o‘rganishda, shu fandan dars berishda kompyuterlarning qo‘llanilishi nihoyat darajada kengaydi, shaxsiy kompyuterlardan so‘ng butun dunyodagi kompyuterdan foydalanuvchilarni birlashtirgan Internet tarmog‘i vujudga keldi. Shu kabi tarmoqlardan foydalanish elektron o‘quv qo‘llanmalaridagi eng yangi ma’lumotlardan foydalanibgina qolmay, serverdagi axborotlarni muntazam yangilab turish, elektron muhitdan foydalanib, iqtisod fanidan saboq berish yoxud saboq olish imkonini beradi. Ayni vaqtda ikki asosiy yondashuvni ajratib ko‘rsatish zarur: iqtisodni mustaqil o‘rganish uchun hozirgi zamon axborot texnologiyalarini qo‘llanib, materiallarni ishlab chiqarish (ulkan matn va interaktiv kompyuter dasturlari, multimediya ilovalari kabi) va videokonferensiyalar yordamida jonli muloqot. Vujudga kelayotgan yangi imkoniyatlar o‘z ortidan, saboq 84 berishning, iqtisodiyot nazariyasini rivojlantirishning o‘ziga xos yangi usullarini vujudga keltirmoqda. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling