H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Iqtisodiyot nazariyasining umumiy usullari
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
2.11. Iqtisodiyot nazariyasining umumiy usullari. Quyidagilar eng keng tarqalgan va muhim uslubiy yondashuvlar hisoblanadi: pozitivistik, strukturalistik, dialektik hamda sintetik. Pozitivistik yondashuv bilimning asosiy manbai sifatida aniq (tajribalarga asoslangan) fanlarning ma’lumotlarini e’tirof etuvchi, uslubiy asoslarga ehtiyoj qoldirmaydigan. Falsafiy pozitivizmga («Pozitiv» falsafaga) asoslanadi. Pozitivizm XIX asrning birinchi yarmida shakllangan bo‘lib (O.Kont, G.Spenser va boshqalar), keyinchalik neopozitivizm yoki mantiqiy pozitivizm (R.Karnap, M.Shlik va b.), so‘ngra postpozitivizm (T.Kun, K.Popper va b.) shaklini oldi. 76 Pozitivistik yondashuvga xos eng asosiy jihatlar: • fenomenalizm (aniq omillarni mo‘‘jiza sifatida aks ettirish); • verifikatsiya (ilmiy bilimlarni aniq bilimlar bilan bevosita bog‘lash); • pragmatizm (bilimning tor amaliy oqibatlar bilan bog‘liq ahamiyati). Pozitivistik yondashuv universal xarakterga ega bo‘lgan formal mantiqiy usullardan keng foydalaniladi. Uning uchun quydagilar eng xarakterli, o‘ziga xos cheklangan (ayniqsa, neopozitivistik va postpozitivistik talqinlarda ) usullar hisoblanadi: •Instrumentalizm (ilmiy tushunchalarni tahlil vositalarining vazifalari bilan bog‘lash); •Operatsionalizm yoki operatsional tahlil (ilmiy tushunchalarni ana shu tushunchalar bilan o‘tkaziladigan operatsiyalar tavsifi orqali belgilash); •Eksplikatsiya (voqea-hodisalarni shaklga kiritilgan matematik usullar va modellardan foydalanish vositasida tavsiflash); •Vaziyatli tahlil yoki «tabiiy sharoitdagi tadqiqotlar» (vujudga kelayotgan muayan vaziyatlar tahlili). Iqtisodiyot nazariyasida pozitivistik yondashuv va uning barcha ko‘rinishlari keng qo‘llaniladi. Bu muayyan-iqtisodiy funksional o‘zaro aloqalarni o‘rganishga yo‘nalganlikda, iqtisodiy matematik modellashtirishdan faol foydalanishda, muayyan iqtisodiy vaziyatlarda yechimlarni izlashda, shuningdek, iqtisodiyotning tub qonuniyatlarini, tizimini tashkil etuvchi iqtisodiy munosabatlarni, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish mezonlari va vektorlarini aniqlash va asoslashga e’tiborsizlikda namoyon bo‘ladi. Ushbu tavsiflar ma’lum darajada iqtisod fani neoklassik yo‘nalishidagi tadqiqotlarga xosdir. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling