H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
asarlari.
Taniqli vakillarning nomiga qarab fikr yuritadagan bo‘lsak, iqtisod fani uzoq vaqt o‘z nomiga ko‘ra boylik haqidagi fan bo‘lib kelgan - P.Buagilber 40 , A.Tyurgo 41 , Adam Smit 42 va hokazolar. Ammo shuni ta’kidlash kerakki, mazkur asarlar nomidagi «rasmiy lavha» odamni chalg‘itadi, fanning bir- biriga o‘xshash nomlari ortida merkantilistlarning ham, fiziokratlarning ham (Tyurgo), klassik ingliz siyosiy iqtisodchilarning ham (Smit) g‘oyalari yotadi. Merkantilizm parchalanib, kapitalizm qaror topib borgani sayin, nafaqat muomala sohasini, ishlab chiqarish sohasini ham o‘ziga tobe qilib olgan iqtisod fani ko‘proq ishlab chiqarish munosabatlarini, mahsulot taqsimotining ziddiyatli xarakteri sabablarini, jamiyatning jiddiy ijtimoiy-iqtisodiy qarama- qarshiliklarini tadqiq etuvchi fanga aylanib bordi. Natijada, XIX asrda «siyosiy iqtisod» nomi fanning avvalgi nomi o‘rnini egalladi, iqtisodiyot nazariyasining barcha yo‘nalishlari va maktablari uchun tipik bo‘lib qoldi. Angliya siyosiy iqtisodi klassigi D.Rikardo, keyingi iqtisodchilar T.Maltus, J.S.Mill, J.Mak- Kullox, G.Keri, marjinalizm asoschilari K.Menger, L.Valras, U.Jevons, Germaniya sotsialistlar maktabi vakillari F.Oppengeymer, A.Amonning asarlari revolyutsiyadan avvalgi Rossiya iqtisodiy tafakkurining taniqli vakillari Ya.Jeleznov, A.I.Chuprov, M.I.Tugan-Baranovskiylarning nazariy asarlari ana shu nom ostida e’lon qilingan. Hozirgi sharoitda ham ijtimoiy- iqtisodiy tafakkurning qator yo‘nalishlari «siyosiy iqtisod» atamasidan tadqiqotlarning yangi predmetini – iqtisodiy o‘sish va rivojlanishiga siyosatning, daromadlar taqsimoti va boshqa ijtimoiy omillarning ta’sirini belgilash uchun foydalanadilar. Iqtisodiyot nazariyasi bugungi kunda o‘z predmetini belgilash uchun turli nomlardan foydalanadi. O‘quv fanlariga nisbatan olganda bu, avvalambor, cheklangan resurslardan samarali va ratsional foydalanish nazariyasining tartibga solingan tizimini taklif qiluvchi Economics kurslaridir. Fanning klassik nomi - «siyosiy iqtisod»dan ham 43 foydalaniladi. Nemis iqtisodiy 38 Томас Ман. Богатство Англии во внешней торговле или баланс нашей внешней торговли, как принцип нашего богатства. (1664г.) 39 Посошков И. Т. Книга о скудости и богатстве: монография. М.: Директ-Медиа, 2007 40 Пьер Лепезан Буагильбер. «Рассуждения о природе богатств, денег и налогов» (1707) 41 Анн Робер Жак Тюрго. Размышления о создании и распределении богатства 42 Адам Смит. «Исследование о природе и причинах богатства народов». М.: Директ-Медиа, https://biblioclub.ru/index.php?page=book_red&id=560822014 43 Раймон Барр. Политическая экономия: В 2-х тт.: Т. 1: Пер. с фр.- М.: Междунар. отношения, 1995.- 608 с. 66 maktabiga esa fanning xalq xo‘jaligi yoki iqtisod haqidagi ta’limot kabi nomlar xos 44 . Iqtisodiyot nazariyasining boshqacha nomlari ham mavjud. Iqtisodiyotning o‘tish davri sharoitlarda iqtisodiyot nazariyasini tashkil etuvchi fanlarning mazmuni va nomini bir tomondan fan taraqqiyotining umumjahon tamoyillari, ikkinchi tomondan tadqiqot ob’ekti – iqtisodiyotining real o‘tish davri xususiyatlari belgilaydi. Munosabatlar bozor tizimi shakllanishining asosiy rolini inobatga olib, kursda bayon etilgan qarashlar tizimi yoki cheklangan resurslardan samarali foydalanish nazariyasi hozirgi sharoitda iqtisodiyot nazariyasining bazaviy kursiga aylanmoqda. Ammo jahon va O‘zbekiston tajribasidan kelib chiqib, iqtisodiyot nazariyasi o‘qitilishini faqat mazkur kurs bilan cheklash haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi. O‘zbekiston milliy iqtisodiyoti real tizimining, ijtimoiy-iqtisodiy tuzilishining tahlili ham muhim ahamiyatga ega. Iqtisodiyotning o‘tish davri sharoitlarida O‘zbekiston iqtisodiyoti tuzilishini tadqiq etish, muqarrar ravishda o‘tish davri iqtisodiyoti o‘rganilishini ham o‘z ichiga oladi. Shu bilan birga, bularni qisqacha iqtisodiyot nazariyasi fanining asosiy maktablarini guruhlarga ajratib ko‘rib chiqish ham mumkin. Merkantilizm (XVI – XVII asrlarda) iqtisodiyot nazariyasi fanining birinchi maktabi. Uning tomonini olgan, merkantilistlar, jamiyat boyligining manbasi savdo deb ataganlar. Ular jamiyat boyligi natural, oltin va kumush bo‘ladi deganlar. Iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanishida merkantilizmining ikki davrini ajratadilar: • Ilk merkantilizm (monetarizm). U mamlakatda pulni ma’muriy yo‘l bilan ushlab turishga qaratilgan edi. Chetga oltin va kumush olib chiqish man etilgandi. Bu davrdagi merkantilizmning asosiy vakillari ingliz Uilyam Stafford (1554 – 1612) bo‘lgan. • Buyuk geografik kashfiyotlardan keyin yuzaga kelgan merkantilizm (taraqqiyotning so‘nggi bosqichi faol savdo balansi nazariyasi). So‘nggi merkantilizm vakillari millatning boy bo‘lish manbasi bitmas- tuganmas boylik oddiy jamg‘arishda emas, balki tashqi savdoni rivojlantirishda va faol savdo balansida (eksportning importdan ko‘p bo‘lishida)dir deyilgan. Faol savdo balansi nazariyasi vakillari ichida ingliz Tomas Man (1571 – 1641), fransuz Antuan Monkretenlarni aytish mumkin. Bu vaqtda, mamlakatga pulni olib kelishning ishonchli yo‘li asosan, eksport qilinadigan tovarlarni ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda chetga tovar chiqarishni chetdan tovar olib 44 Зайдель Х., Теммен Р. Основы учения об экономике. Пер. С нем. - М. : "дело Лтд". - 1994. - 400 с. 67 kelishdan ko‘paytirishga erishish bo‘lgan. Shuning uchun davlat hukumati manufakturalar hamda sanoat ishlab chiqarishni majburiy holda himoya qila boshladi. Fiziokratlar – bular ikkinchi yirik hamda butunroq iqtisodiy ta’limot bo‘lgan (grekchadan tarjima qilinsa – tabiat hukmronligi). Fiziokratlar jamiyat boyligining kelib chiqishi to‘g‘risidagi masalani muomala sohasidan ishlab chiqarish sohasiga o‘tkazdilar, lekin buni juda ham cheklangan holda ko‘rib chiqdilar: ular ishlab chiqarishga faqat shunday tarmoqlarni, ya’ni bevosita tabiat bilan bog‘liq qishloq xo‘jaligini va tog‘li ishlab chiqarishni kirgazdilar. Shu yerdan ular jamiyatni uch sinfga bo‘ldilar: 1. Yer egalari; 2. Yerdan foydalanuvchilar; 3. «Unumsiz» qolgan fuqarolar sinfi. Fiziokratlar maktabining ayniqsa, taniqli vakili – Fransuz Kene (1694 – 1774) edi. Oldindan tibbiyot sohasida bo‘lgan F.Kene iqtisodiyot tizimining o‘ziga hos tirik organizm sifatida o‘rgana boshlaydi: ya’ni inson tanasida qon aylanishi moddalarining almashuvi tizimini jamiyatdagi mahsulot muomalasi yo‘nalishining o‘zgarishiga o‘xshatadi. F.Kenening yuqori erishgan yutug‘i 1757 yilda ishlab chiqqan «Iqtisodiy jadvali» bo‘ldi. Bu jadvalni makroiqtisodiyot modellaridan biri, deb hisoblaydilar, ushbu jadvalda tovar va pul masalalari bosqichlarining harakati hamda ularning taqsimlanishi ko‘rsatilgan. Fiziokratlar maktabining yana bir asosiy vakillari fransiyaning moliya vaziri Jak Tyurgo (1727 – 1781) bo‘lgan. U birinchi bo‘lib bir qancha feodalizmga qarshi mamlakatni moliyaviy sog‘lomlashtirish maqsadida islohotlar o‘tkazishga urinib ko‘rgan edi. Fiziokratlarning nazariyasi, butunlay chegaralanganligiga qaramasdan iqtisodiyot fanining kelajakda rivojlanishining ko‘p yo‘llarini ifodalab berib, juda ham katta rol o‘ynagan. Ingliz klassik maktabi iqtisodiyot nazariyasi fanining rivojlanish davrlarida chuqur iz qoldirgan. Bu yerda izlanishlarning ob’ekti nafaqat qishloq xo‘jaligi, balki butun moddiy ishlab chiqarish bo‘ldi. Bu vaqtlarda siyosiy iqtisod bilan shug‘ullanish kasb – hunar emasdi, chunki iqtisodchi kasbi hali mavjud bo‘lmagandi. Ingliz klassik maktabining vakillari bo‘lgan Uilyam Petti (1623 – 1687), Adam Smit (1723 – 1790), David Rikardo (1772 – 1823)lar qiymatning mehnat nazariyasi bo‘yicha boshlang‘ich fikrlarni bildidilar. Bu vaqtlarda siyosiy iqtisodiyot borasida universitetlarda dars olib borish boshlangan edi, u imtiyozli sinflarning yosh odamlariga majburiy 68 ma’lumot elementi bo‘lib hisoblangan va A.S.Pushkin yozgandek, «ammo A.Smitni o‘qigan hamma chuqur iqtisodchi tejamkor bo‘lgan». 1776 yilda A.Smitning asosiy «Xalqlarning boy bo‘lish tabiati va sababi to‘g‘risidagi tadqiqot» asari 45 XVII asrning iqtisodiyot sohasida bildirilgan fikrlar «cho‘qqisi» sifatida nashr etilgan edi. A.Smit talab va taklif bilan bog‘liq bo‘lib, erkin narx-navo asosida shakllangan, o‘z-o‘zini tartibga soladigan bozor to‘g‘risida gapirgan. Shu bilan birga, u «ko‘rinmas qo‘l» qoidasini yaratadi: har bir inson ko‘proq foyda olish uchun , o‘zining kapitalini iste’mol qilishga intiladi, shu bilan birga, u ko‘rinmas qo‘li bilan, ya’ni umuman, uning uyiga kirmagan maqsadga yo‘naltirilgan; aynan – jamiyat manfaatiga xizmat qiladigan, ya’ni kishilar butunlay jamiyatga kerak tovarlarni ishlab chiqarib, ko‘proq shaxsiy foyda olishga intiladilar. A.Smit davlatning iqtisodiyoga minimal darajada aralashtirishni gapirgan, lekin shu bilan davlatning tartibga solish rolini aytib o‘tgan. U iqtisodiyot fani tarixiga birinchi qadam qo‘yuvchi sifatida kirgan va «iqtisodiyot otasi» unvoniga erishgan. D.Rikardo – klassik maktabning atoqli vakili bo‘lib, iqtisodiyot fanining nazariy asoslarini ishlab chiqishni davom ettirdi. Uning asosiy asari «Siyosiy iqtisodiyot va soliq solishning boshlanishi» 46 1817 yilda yozilgan edi. Bu asarda taqsimlash konsepsiyasi, qiymat nazariyasi va daromad, pul muomalasi va kredit, soliq solish nazariyasi va amaliyoti, xalqaro iqtisodiyot munosabatlari va boshqalar ko‘rib chiqilgan edi. Yer rentasi nazariyasi xalqaro mehnat taqsimoti bo‘ycha D.Rikardo iqtisodiyot fanining oltin fondiga kirgan g‘oyalarni aytib o‘tgan. Uning solishtirma afzallik nazariyasi jahon fanida va savdosida umum tan olingan edi. Klassik maktablar uchun iqtisodiy hodisa va jarayonlarda ilmiy abstraksiya metodlarini qo‘llab, uning ichiga chuqur kirish xarakterli edi. Buning ta’limoti asosida uning qiymatining mehnat nazariyasi yetar edi. Shu bilan birga, klassik maktablar vakillari iqtisodiyotga aralashishini savdoning maksimal ravishda cheklanishi uchun chiqishganlar. Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling