H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


 Iqtisodiyot nazariyasi asosiy yo‘nalishlarining shakllanishi va


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

 
2.5. Iqtisodiyot nazariyasi asosiy yo‘nalishlarining shakllanishi va 
ularning tadrijiy rivojlanishi 
Iqtisodiyot nazariyasining XIX asrga kelib keskinlashgan kapitalistik 
tizim ziddiyatlariga reaksiyasi ikki yoqlama edi: iqtisodiyot nazariyasi rolini 
jamiyat sinflaridan birining manfaatlarini himoya qilishdan iborat qilib qo‘yish 
bilan bir qatorda, ijtimoiy munosabatlar va jamiyat ziddiyatlari sohasiga 
e’tibor berishdan umuman voz kechishga, iqtisodiyotning faoliyatinigina 
nazariyaning diqqat-markaziga aylantirishga intilish yaqqol namoyon bo‘ldi. 
Shulardan kelib chiqib, iqtisodiyot nazariyasining ikki yo‘nalishi aniq 
belgilandi.
Ijtimoiy munosabatlarni diqqat-e’tibor markaziga qo‘ygan birinchi 
yo‘nalish doirasida J.Sismondining tadqiqotlarini va markistik yo‘nalishini 
ajratib ko‘rsatish lozim. 
Jan Sismondi (1773 – 1742) kapitalizm ziddiyalarini keskin tanqid 
qilgan, yirik kapitalga qarshi bo‘lgan, mayda kapitalistik ishlab chiqarishni 
yoqlagan. Ayni vaqtda u kapitalizmni rivojlantirish zamirida, ana shu 
rivojlantirish 
jarayonida, 
jamiyat 
manfaatlarini 
muvofiqlashtirish 
imkoniyatlarini asoslab berishga harakat qilgan. Buni u kapitalizm 
ziddiyatlarini hal etishning birdan-bir usuli deb bilgan. 
Kapitalizmning ijtimoiy-iqtisodiy tahlili XIX asrning markistik 
yo‘nalishdagi asarlarida o‘zinig ilmiy asoslangan ifodasini topdi. Karl 
Marksning (1818 – 1883) iqtisodiyot tizimi ishlab chiqarish kuchlarining 
rivojlanishi va jamiyat mazmun-mohiyatiga materialistik dunyoqarashi 
dialektika bilan birlashtiruvchi uslubiy tamoyillariga asoslangan. Shunday 
qilib, K.Marks ijtimoiy-iqtisodiy nazariya tizimini ishlab chiqdi, undan 
iqtisodiyot mazmun-mohiyatiga xususiy mulk mazmun-mohiyatining 
rivojlanishi orqali nazar tashlanadi, iqtisodiy munosabatlar tizimining o‘zi esa, 
xususiy mulk munosabatlarining tizimi sifatida namoyon bo‘ladi. 
K.Marksning tizimi qiymatning mehnat nazariyasidan kelib kelib chiqib, 
kapitalistik jamiyatdagi ekspluatatsiya haqidagi, kapitalistlar sinfi bilan 
yollanma ishchilar sinfining qarama-qarshiliklari haqidagi masalani diqqat-
e’tibor markaziga qo‘ygan. Shuning uchun marksizm ta’limoti XX asr 
sotsialistik inqilobi jarayonida kapitalistik tizimni boshqasiga o‘zgartirish 
bo‘yicha inqilobiy harakatlarning nazariy asosi hisoblanadi. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling