H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


I-BO‘LIM  IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING SHAKLLANISHI VA


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

I-BO‘LIM 
IQTISODIYOT NAZARIYASI FANINING SHAKLLANISHI VA 
RIVOJLANISHI 
 
1-BOB.IQTISODIY NAZARIYAGA MUQADDIMA. 
INSON IQTISODIYOT DUNYOSIDA 
1.1. Inson va iqtisod 
Insonning paydo bo‘lish tarixi bizdan uzoq, noma’lum o‘tmishda qoldi. 
Hozirgi zamon antropologiyasi «ongli inson» ning qanday va qaysi vaqtda 
paydo bo‘lganligining haqiqiy sababini, uning tadrijiy taraqqiyotini aytib bera 
olmaydi. Inson o‘zining biologik va ijtimoiy rivojlanishida juda ham uzoq yo‘l 
bosib o‘tgan. Hozirgi olimlarning faraz qilishicha, inson ongli mavjudot 
sifatida birinchi navbatda mehnat tufayli yuzaga kelgan. Mehnat uning ongini 
rivojlantirgan, insonni hayvonot dunyosidan ajratib olgan va uni fikr yuritish 
qobiliyatiga, ijtimoiy tushunchalarga ega qilgan. 
Inson hayotining iqtisodiy va ijtimoiy, moddiy va ma’naviy tomonlarini, 
uning hayoti va faoliyatini iqtisodiyot nazariyasi tahlil qiladi. Iqtisodiyot 
resurslar cheklangan sharoitda moddiy boyliklarni ishlab chiqarish va 
taqsimlashni anglatadi, usiz shaxsiy va ijtimoiy manfaatlarning xilma-xil 
shakllarini tasavvur qilish mumkin emas. 
Iqtisodiyot nazariyasi insoniyat jamiyatini o‘rganishda dastlabki muhim 
asoslardan biridir. Inson ayni vaqtning o‘zida iqtisodiy boyliklarni ham ishlab 
chiqaruvchi, ham iste’mol qiluvchi hisoblanadi. Inson nafaqat yaratadi, u 
omillarni harakatga keltiradi, texnika-texnologiyadan foydalanish usulini 
aniqlaydi, bu o‘z navbatida insonning oldiga yangi jismoniy va intellektual 
talablarni qo‘yadi. 
Inson nima uchun mehnat qiladi, degan savol tug‘iladi. Mehnat hayotiy 
ehtiyojmi yoki og‘ir zaruriyatmi? Ehtimol, bu savolga javob topish qiyin 
bo‘lmasa kerak. Agar ibtidoiy jamoa davriga e’tibor qilsak, u davr odamlari 
oziq-ovqat topish uchun kam kuch sarflagan bo‘lishi mumkin. Insonning 
kamroq kuch-g‘ayrat sarflashga intilishi uni yangi mehnat vositalarini ixtiro 
qilishga majbur etgan. Sinchkovlik bilan e’tibor bersak, mashaqqatli og‘ir 
mehnatdan (birinchi navbatda jismoniy mehnatdan) qochish kishilarni yuqori 
unumdorlikka ega mehnat qurollarini ixtiro qilishiga, keng moddiy boylik 
yaratishga undagan. Shunday qilib, piyoda yurmaslik uchun g‘ildirak kashf 


32 
etilgan, yerni qo‘l bilan qazimaslik uchun belkurak, keyinchalik zamonaviy 
ekskavator va boshqalar ixtiro qilingan. 
Umuman, bozor xo‘jaligi nazariyasida inson mehnati birinchi hayotiy 
ehtiyoj bo‘lganmi, degan savol qaralmaydi. Bozor nazariyasi mehnatni o‘ziga 
xos xarajat turi, deb talqin qiladi. Inson kerakli ne’matlarni qo‘lga kiritish 
uchun avval sarf-harajatlar qiladi. 
Shuni aytish kerakki, hamma orzu qilingan va mustabid tuzumlarning 
ham orzusi xalqni mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan edi, ya’ni 
inson pul bilan haq to‘lashni, mukofotlashni xayoliga keltirmasligi kerak edi. 
Lekin bu oddiy vazifa emasdi. Targ‘ibot-tashviqot ham, zo‘ravonlik ham uning 
uddasidan chiqa olmadi. 
Shunday qilib, biz mehnatga undovchi sabablar muammosiga to‘xtalamiz. 
Har xil xo‘jalik tizimlarida mehnatga rag‘batlantirish qanday bo‘lgan? 
Ko‘pincha bu hol ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalariga 
munosabatlaridan kelib chiqadi. 
Ma’lumki, ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalaridan 
ajralishi mehnatdan uzoqlashishga olib keladi, deb hisoblanadi. 
O‘ylaymizki, mehnatdan uzoqlashish birgina ishlab chiqaruvchilar va 
ishlab chiqarish vositalarining alohidalashuviga bog‘liq emas. Albatta, bu 
ularning bir-biri bilan qanday ijtimoiy tizimlarda bevosita bog‘langanligiga 
ham dahldor. Ehtimol, faqat ibtidoiy jamiyatdagi hunarmandchilik xo‘jaligi 
(oddiy tovar ishlab chiqaruvchilar) istisno bo‘lsa kerak. Qolgan hamma - 
quldorlik, feodal, kapitalistik, sotsialistik jamiyatlarda mehnatdan uzoqlashish 
nafaqat ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalaridan alohidalashuvi 
fakti bilan, balki mehnatga noiqtisodiy majbur qilish fakti bilan bog‘lansa 
kerak. Agarda shu jihat inobatga olinsa, bu hol ko‘proq quldorlik, feodalizm, 
mustabid jamiyatlarda «sotsializm» shiori ostida yuz beradi.

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling