H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi


Iqtisodiyot nazariyasi fanining paydo bo‘lishi


Download 5.61 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/296
Sana25.09.2023
Hajmi5.61 Mb.
#1687677
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   296
Bog'liq
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.

1.3.Iqtisodiyot nazariyasi fanining paydo bo‘lishi 
Asosiy davrlari. Iqtisodiy tafakkurning yuzaga kelishi, paydo bo‘lishi, 
shu fanning tarixiy manbalari dalolat berishiga qaraganda, insoniyat jamiyati 
yuzaga kelishi bilan teng. Inson paydo bo‘lishi bilan oziq-ovqatga, kiyim-
kechakka, boshpanaga va boshqa hayotiy noz-ne’matlarga muhtoj bo‘lgan. 
Shuning uchun ham iqtisodiy tafakkur iqtisodiy rivojlanish bilan birgalikda 
yuzaga kelgan, desak xato qilmaymiz. Yana shuni aytib o‘tish kerakki, tabiatda 
xech narsa tayyor holda berilmagan, tabiat in’om etgan boyliklarni inson o‘zi 
uchun, o‘z ehtiyojini qondirish uchun xizmat qildirish maqsadida, tabiatga 
nisbatan iqtisodiy tafakkur alohida fikr shaklida bo‘lmagan. Va boshlang‘ich 
natijalarni sof, aniq qilib isbotlab berish juda murakkab bo‘lgan. Tarixda eng 
dastlabki, birinchi manba qadimgi Misr papirusi va shoh Xammurapi qonunlari 
hamda qadimgi Hindiston «Artxashastra»si hisoblanadi. Albatta, qiziqarli va 
nihoyatda ibratli iqtisodiy hodisalar diniy kitoblarda, jumladan, Qur’oni Karim 
va Injilda keltirilgan. Bundan tashqari kapitalistik davrgacha bo‘lgan ishlab 
chiqarish uslublari ham ancha keng ma’lumot beradi.


39 
Iqtisodiy ta’limot ildizi qadimgi dunyoga borib taqaladi. Quldorlik 
jamiyati birinchi sinfiy antagonistik ijtimoiy- iqtisodiy formatsiya deb 
hisoblanadi. 
Sharqda quldorlik eramizdan avvalgi IV ming yillikda paydo bo‘lgan. 
Sharqdagi quldorlikning o‘ziga hos xususiyati shundaki, u xususiy mulk bilan 
baravar vujudga kelgan, xalqning aksariyat qismi davlatga qaram bo‘lgan. 
Irrigatsiya tarmoqlari davlat qo‘lida bo‘lgan va qullarni qarzga berish tarqalgan 
edi. Xitoyda birinchi quldorlik davlati eramizdan avvalgi ikkinchi ming 
yillikda paydo bo‘lgan bo‘lsa, quldorlik o‘zining sinfiy shaklida qadimiy 
Gretsiyada va Rimda birinchi ming yillikdan to bizning eramizgacha yetib 
kelgan o‘zining ravnaqiga esa eramizdan avvalgi V asrda ko‘tarilgan.
Sharqdagi quldorlik jamiyati shakllanishini solishtirganda, ishlab 
chiqarish kuchlari Gretsiyada ancha yuqori darajada rivojlanganligi ma’lum 
bo‘ladi.
Qadimgi dunyo iqtisodiy fikri ilohiylashgan natural quldorlar xo‘jaligini 
himoya qilishi bilan tavsiflanadi. 
Qadimgi Osiyodagi iqtisodiy ta’limotga Bobil, yuqorida aytib o‘tilgan 
shoh Xammurapi (eramizdan avvalgi 1792 - 1750 yillar) qonunlari. 
Xammurapi qonunlari quldorlik jamiyatini himoya qilish va uni kuchaytirish 
maqsadida sinfiy kurashni yumshatishni ko‘zlagan edi. Bu qonun quldorlar 
davlati manfaatini himoya qilgan uning mohiyati sudxo‘rlikni va qullarning 
qarzga berilishini cheklashdan iborat bo‘lgan.
Xitoy. Konfutsiy (eramizdan avvalgi 552-479 yillar) ta’limoti. Jamoa 
asari «Guan - tszы» eramizdan avvalgi IV-III asrlar. Bu davrda Xitoyda 
dehqonchilik va hunarmandchilik tez rivojlandi. Temirdan yasalgan mehnat 
qurollari keng tarqaldi. Tovar – pul munosabatlari kengayadi va savdo-sotiq 
kuchayadi. U Xitoyda oldinga surilgan quldorlik jamiyatini himoya qilgan 
birinchi nazariyani rivojlantirish, ya’ni tabiiy, huquqiy-ijtimoiy, axloqiy va 
adliyaviy falsafadan iborat bo‘lgan.
Hindiston. 
«Artxashastra» (eramizdan avvalgi IV-III asrlar). 
«Artxashastra» qadimiy Hindistonning eng muhim yodgorligi hisoblanadi. 
Uning yaratilishi shoh Chandragupta I ning maslahatchisi Kautile Vishnugupta 
bilan bog‘liq. «Artxashastra»ning maqsadi quldorlik davlatini mustahkamlash 
bo‘lgan. Bu yerda kuchlar asosan past toifadagilar bo‘lgan.


40 
«Artxashastra»da yaratilgan «narsalar qiymati» muammosi aks etgan
qiymat miqdori «ish kuni» soni bilan aniqlangan mukofotlash mehnat 
natijasidan jiddiy fikrlangan. 
«Artxashastra» dasturida iqtisodiy siyosat shohni ishlab chiqarish 
kuchlarini rivojlantirishga da’vat etgan. Unda tovar narxini, tovar fondi 
yaratishni tartibga solish, davlat budjetida aktiv balansni yaratishga rioya qilish 
budjetning daromad qismini ko‘paytirib-chiqim qismini kamaytirish 
masalalari aks etgan. 

Download 5.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   296




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling