H. P. Abdulqosimov O‘zmu iqtisodiyot nazariyasi kafedrasi
Download 5.61 Mb. Pdf ko'rish
|
1 tom Mamedov, H., Muminov, N., Umarov, A., Ismailov, A.
mexanizm - bu kishilarning o‘z turmush darajasini oshirish vazifasini hal
etishdagi usul va shakllarning o‘zaro harakatidir. Iqtisod butun tamaddun ustuni yaratgan, sababi insoniyat jamiyatdagi qolgan hamma institutlarni ushlab turibdi. Fan, madaniyat, davlat o‘zining son- sanoqsiz vazifalarini bajarishida-insoniyatning o‘ziga ijozat berib turgan hamma narsaning asosiy sababi iqtisodiyotdir, kerakli moddiy va nomoddiy sharoitlarning borligi yaratilganligidir. Shuning uchun ham aytadilar, dunyodagi barcha buyuk iztiroblarning ildizi iqtisodiyotga borib taqaladi. Hozirgi davr tarixining markazida barcha o‘tmishdagi voqea va tarix hodisalari guvohlik qiladi: ya’ni davrli, (universal) har tamonlama ahamiyatga ega bo‘lganlikni olish uchun, ijtimoiy-siyosiy ta’limot undan yoki boshqa tarixiy butunlik davrni o‘z ichiga olishi shart. Faqat shunday jamiyat rivojlanishining 21 nazariyasi davri deb aytilishi huquqiga ega, bu o‘z navbatida aynan bir xil o‘xshash haqiqatni aks ettiradi, ilmiy ifoda etadi va tarixiy davrida barcha asosiy harakat qiluvchi kuchlari. Uning rivojlanish yo‘nalishining mazmunini va unga xos qadriyatlar xususiyatlarni tahlil etadi. Bunday ta’limotsiz yo umumiylikni, yo xususiylikni, yo butunlikni, yo qismanlikni, yo mantiqiyligi, yo hozirgi, yo kelajakda jamiyat rivojlanish va uning asosiy xususiyatlaridagi xarakterini tushunib bo‘lmaydi. Agar iqtisodiyot insonlarning hamma talablarini bajarmaganida, ehtimol ular boshqa turdagi fan va texnika faoliyati bilan mashg‘ul bo‘larmidi. Ammo, shuni esdan chiqarmaslik kerakki, madaniyat, ma’naviy boylik insonlar mavjudligining ajralmas qismigina emas, balki farovonligining dastlabka eng zarur tarkibiy qismi hamdir. Ma’lumki, yuqorida aytib o‘tilganidek, tarixga aylangan XX asr (bu asrda faqat hozirgi jamiyat va biz yashaganimiz uchun emas) avval barcha asrlardan o‘zining muhim voqealari va hodisalari bilan ajralib turadi. XIX asrning ikkinchi yarmidan to XX asrning boshigacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan har biri o‘zining shartliligi, nisbiyligi, yuvilib, o‘yilib ketgan qirralari bilan bir- biridan ajralib turuvchi uch davr ko‘zga tashlanadi. Yangi tarixning birinchi davri ulug‘ fransuz burjua inqilobi bilan boshlanib, (1789 yildan 1871 yilgacha) Parij kommunasi arafasida tugallanadi. Shundan so‘ng yangi tarixning ikkinchi davri boshlanadi. Bu davr burjuaziya siyosatining kuchsizlanishi, ya’ni burjuaziyaning davri bilan tavsiflanadi. Bu davr yangi sinflarga, demokratik o‘zgarishlarga asta-sekin kuch to‘plab, tayyorgarlik ko‘rish davri bo‘lgan. Yangi tarixning uchinchi davri - XIX asrning oxiri va XX asrning boshlari bo‘lib, bu davr kapitalistik jamiyat hayotining negizidan ustqurmasigacha bo‘lgan hamma tomonlariga xos ob’ektiv qonunlarini –jamiyatning rivojlanishi, insoniyat tarixining o‘tmishi hozirgi kuni hamda kelajagini o‘z ichiga oladi va bu davr nazariyasi, deb ataladi. XX asr o‘zining chuqur voqeligi, hodisalari bilan o‘tgan asrlardan anchagina farq qiladi, buning sabablaridan biri shu asrda sobiq sotsialistik davlat - SSSR yuzaga kelgan. Bu davlatning hududiy jihatdan dunyoda tengi bo‘lmagan, u 22,4 mln.km dan ko‘proq juda katta yer osti va yer usti boyliklariga ega bo‘lgan 15 ta respublikani o‘z ichiga olgan. U o‘zining iqtisodiy rivojlanishida birinchi marotaba markazlashgan reja tizimini qo‘llagan davlatdir. Bu tizimning ijobiy va salbiy tomonlari ko‘p bo‘lgan. Katta qurbonlar va qon to‘kishlar evaziga yuzaga kelgan davlat o‘tgan asrning 90 yillariga kelib tanazzulga yuz tutdi. Shu tariqa O‘zbekistonimiz ham 22 mustaqillikka erishdi. 1991 yil 1 sentabr sanasi O‘zbekistonning Mustaqillik kuni sifatida tarix sahifalaridan munosib o‘rin oldi. Biz hozir juda qiziqarli va murakkab davrda yashamoqdamiz, sobiq ittifoq tarkibidan ajralib chiqqan mustaqil hamdo‘stlik davlatlarida keskin va chuqur iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy o‘zgarishlar yuz bermoqda. O‘zbekistonning iqtisod fani ham qotib qolgan, turg‘unlik davrining quruq safsatabozliklaridan, dunyo iqtisodiy tafakkurining to‘g‘ri yo‘liga chiqib oldi. O‘zbekiston iqtisodiyoti XXI asr bo‘sag‘asida yangi bosqich - bozor iqtisodiyoti munosabatlariga sobit qadamlar bilan kirib bordi. Ma’lumki, sobiq ittifoq barbod bo‘lganidan keyin uning tarkibidan chiqqan mustaqil davlatlarga o‘ttiz yildan oshdi. Shu o‘tgan davr ichida ancha katta ahamiyatga ega bo‘lgan ijobiy ish - transformatsiyalashuv yuz berdi. Dunyo yangi ming yillikka va yangi asrga qadam qo‘ydi. Globallashuvning o‘ziga xos ijobiy tomonlari va ziddiyatlari paydo bo‘lmoqda, yangidan yuzaga kelgan mustaqil davlatlar milliy iqtisodiy tizimining shakllanishi ro‘y bermoqda. Shu yerda ta’kidlash lozimki, O‘zbekiston mustaqil davlatining shu qisqa davr ichida endogen va ekzogen xolati borasida erishgan katta yutuqlari dunyoning Yevropa, Amerika, Afrika, Osiyo hamda Avstraliya va Okeaniya qit’alaridagi bir qancha mamlakatlarda asrlar davomida erisholmagan, transformatsiyalashuv rivojlanishi yuz bermagan. O‘zbekiston shu qisqa mustaqillik davrida bozor iqtisodiga o‘tishda o‘zining tarkibiy ichki dunyosidan, urf-odatlaridan, timsolidan, xususiyatlaridan, qolaversa o‘zining milliy mentalitetidan kelib chiqqan holda: davlat ramzlari, iqtisodiyot va boshqa sohalardagi islohot, modernizatsiya va diversifikatsiya qilish kabi masalalarni qaytadan zamon talabiga javob beradigan holatga keltirdi. Bularning barchasini ijobiy amalga oshirish buyuk, mehnatkash, vatanparvar va erksevar o‘zbek xalqining g‘ayrati va xatti-harakati natijasida yuz berdi. Iqtisodiyot nazariyasining roli juda buyukdir. Dunyodagi ulkan yutuqlarning ham, iztiroblarning ham ildizi iqtisodiyotga kelib taqaladi. U, o‘z navbatida, iqtisodiy siyosat va xo‘jalik faoliyatining asosi bo‘laturib, jamiyat to‘g‘risida tizimlashgan bo‘limlar, ilmiy tadqiqotlar, uning iqtisodiy strukturasi va harakat qilishini ishlab chiqishga chaqiradi. O‘tish davri iqtisodiyoti uchun ko‘pincha iqtisod fanining o‘sha tomoni juda katta ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Ulardan asosan iqtisodiyotning milliy modelini ishlab chiqishga yordam beradi, yangi iqtisodiy tizimlar shakllanishining ko‘pincha samarali yo‘lini ifoda etadi. Fan tabiat, jamiyat va inson tafakkuri hamda shunday bilimlarning aloxida tarmoqlari rivojlanishining qonun va qonuniyatlari xaqidagi bilimlar tizimidir. 23 Boshqacha aytganda, fan xaqiqatni umumiy tadqiqot qilib, uning maqsadi esa tabiat va jamiyatning sirini anglashga, faxmlashga qaratilgan, xamda ularning rivojlanishidagi qonun va qonuniyatlarning xaqiqatini ochish bilan bog‘liqdir. Olimlarning shunday asosiy prinsipi bo‘lib ob’ektivlik xizmat qiladi. Ob’ektivlik yondashuvni haqqoniyat bilan, oldindan bichib-to‘qimasdan, haqiqatni buzib ko‘rsatish ta’siridan qaytarishni, rad etishni, ya’ni siyosiy, mafkuraviy, shaxsiy manfaatni yoki aniq ijtimoiy guruhlar, partiyalar va boshqalarning manfaatlarini bildiradi. Hozirgi zamon fani yutuqlari juda ham ko‘p olimlar, avlodlar kuchlarining natijasidir. Hayot, amaliyot ular erishgan bilimlarning xaqiqatligini sinab ko‘rib, nimalarnidir olib tashlamoqda, nimalarnidir qoldirmoqda va yangi avlodlarning ilmiy tadqiqotlari bilan boyitib bormoqda. Olimlarning kashf qilayotgan qonunlari ularga xatolikka yo‘l qo‘ymasdan va ko‘zlangan maqsadlarga kamroq vaqt va energiyalar sarflash bilan erishishga imkon berilmoqda. Barcha fanlar ikki katta guruxga bo‘linadi: tabiiy va ijtimoiy (jamiyatshunoslik) fanlarga. O‘z navbatida tabiiy fanlar tabiatni va insonlarni uning elementi sifatida (fizika, kimyo, biologiya, meditsina va boshqalar) o‘rgatadi. Ijtimoiy (jamiyatshunos) fanlar jamiyat va insonlarni bu jamiyatning elementi sifatida ro‘y bergan jarayonlar (falsafa, sotsiologiya, huquq, pedogogika, tarix, siyosatshunoslik va boshqalar) sifatida o‘rgatadi. O‘z navbatida tabiiy fanlar ham, ijtimoiy (jamiyatshunos) fanlar ham fundamental va amaliy fanlarga bo‘linadi. Fundamental (lotincha fundamentum - asosiy) bilimlar amaliy bilimlar uchun tayanch asos bo‘lib xizmat qiladi. Ular nazariy tadqiqotlarga asoslanib, amaliy bilimlarda amalga oshiriladi, amaliy bilimlar esa insonlarning hayotiy faoliyatida amalga oshiriladi. Fundamental va amaliy fanlar orasida nafaqat bevosita bog‘liqlar mavjud, balki teskari, qarama-qarshi bog‘liqlik ham mavjud: amaliy fan fundamental fanlarning rivojlanishi uchun imkoniyatlar yaratadi, yo‘l ochib beradi. Mamlakatda fundamental fanlarning rivojlanish darajasi uning unumli iqtisodiy rivojlanish darajasiga va ushbu daraja bilan aniqlangan aholining unum va oliy ta’limning sifatiga bog‘liq bo‘ladi. Qanchalik fundamental ishlarning rivojlanish darajasi yuqori bo‘lsa, shunchalik amaliy bilimlarning rivojlanish darajasi va mamlakatning jahon rivojlanishiga ta’siri yuqori bo‘ladi. Iqtisodiyot nazariyasi ijtimoiy fanlar nazariyasiga kiradi. Insoniyatning ijtimoiy hayoti murakkab va xilma-xildir. Jamiyat kishilarning o‘zaro harakatini tasavvur etadi. Har bir inson doimo davlat, jamoa, ma’muriyat va bir-biri bilan munosabatda bo‘ladi. 24 Barcha ijtimoiy munosabatlar tizimidan iqtisodiyot fani jamiyatda kishilarning, har bir jamiyat a’zolaring moddiy (oziq-ovqat, kiyim-kechak, boshpana va boshqalar) va ijtimoiy (sog‘liqni saqlash, ta’lim-tarbiya, sport, madaniyat va boshqalar) ehtiyojini ta’minlaydi. Ehtiyojlarning cheksizligi va iqtisodiy resurslarning cheklangan, noyob sharoitida moddiy boyliklarni va hizmatlarni ishlab chiqarishda ro‘y beradigan iqtisodiy munosabatlarni ajratadi. Shu bilan birga, mehnat, xo‘jalik inson hayotini saqlab qolish uchun hamma vaqt mavjud bo‘lgan iqtisodiyot fani nisbatan yoshroqdir. U kapitalistik xo‘jalik tizimining rivojlanishi bilan paydo bo‘ldi va u bilan birga faol rivojlanib kelmoqda. Kapitalizm natural xo‘jalikni, uni ixtisoslashgan tovar xo‘jaligiga aylantirib, tamomila vayron qildi, ishlab chiqarish umumiy xarakterga ega bo‘lib, xar bir tovar ishlab chiqaruvchi boshqalar uchun, ya’ni sotish uchun ishlab chiqaradi. Kapitalizmning asosiy xususiyati nafaqat jamiyatda ro‘y bergan mehnat taqsimoti bo‘ladi, balki bozorda yangicha asosiy tovar - ish kuchining paydo bo‘lishi ham, ya’ni bu o‘z navbatida mahsulotlarga talabning o‘sishiga hamda jamiyatda yangi iqtisodiy o‘zaro munosabatdagi tizimning paydo bo‘lishiga yordam beradi: ishlab chiqarish vositalariga ega – ish beruvchi bilan va ishlab chiqarish vositalaridan ozod hamda ish o‘rinlarini olishga muhtoj bo‘lgan yollangan ishchilar orasida ham. Ushbu ikki asosiy xo‘jalik sub’ektlari orasida paydo bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy bog‘liqlik kapitalistik xo‘jalik tizimining va bir vaqtda unumli mehnat taqsimotidagi yangi bosqich ko‘pincha mavjud xususiyatga ega bo‘ladi. Agarda jamiyatda kapitalizmgacha bo‘lgan mehnat taqsimoti tovar ishlab chiqaruvchilarning o‘zida mehnatga ixtisoslashuv asosida ro‘y bergan bo‘lsa, unda jamiyatda oddiy tovar ishlab chiqarishning vayron bo‘lishi bilan mehnat taqsimoti sub’ektlarining va ularning xo‘jalik faoliyati vazifalarining belgilanishi bo‘yicha yuzaga kelgan. Shunday qilib, mustaqil iqtisodiyot fani kapitalistik iqtisodiy munosabatlarning yuzaga kelishi bilan bir vaqtda paydo bo‘lgan. Hozirgi zamon iqtisodiyot fanining asoschisi ko‘pchilik iqtisodiyotchilarning tan olishicha, shotlandiya iqtisodchisi va faylasufi Adam Smit (1723-1790)dir. Shunday bo‘lsa ham, Adam Smitgacha bo‘lgan kapitalistik xo‘jalik tizimi tushunchasiga o‘zlarining jiddiy hissalarini qo‘shgan iqtisodchi-olimlar ma’lum, ammo faqat Adam Smit birinchi bo‘lib 1776 yilda o‘zining asosiy «Xalqlarning boy bo‘lish tabiati va sabablari 25 to‘g‘risidagi tadqiqot» 1 asarida iqtisodiyot nazariyasi asosiy tushunchalar, kategoriyalarning mazmun-mohiyati tahlili bilan bilimlarning tizimga solinishi sifatida taqdim etilgan. Kapitalizm tizimi itisodiyoti haqida jamlangan bilimlarning deyarli 100 yilligini umumlashtirgan Adam Smit bundan bilishga berilgan ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning xarakatini tizim sifatida taqdim etdi. Adam Smit iqtisodiy nazariyasini fan sifatida ifoda etdi va unga «Siyosiy iqtisod» nomini berdi. Ma’lumki, «Siyosiy iqtisod» atamasi faylasuf Aristotel tomonidan grekcha uchta so‘zdan iborat ekanligi dalillab bergan: «politsiya» - jamiyat tizimi; «oykos» - uy xo‘jaligi; «nomos» – qonun. Demak, «Siyosiy iqtisod» - har qanday jamiyat tizimida xo‘jalik yurgizish va boshqarishni o‘rgatadigan fan. Hozirgi zamonda iqtisodiyot nazariyasining tushunchasi kelgusi bloklardan iborat: 1. Ko‘pincha hammaga ma’lum Adam Smit va David Rikardolar kabi vakillardan iborat klassik siyosiy iqtisod; 2. Undan keyin o‘tmishdoshlarining yutuqlariga asoslangan iqtisodiyot nazariyasi fani kapitalistik xo‘jalik, iqtisodiy qonunlar, kategoriyalar, umuman, bu fanni jiddiy oldinga surgan; 3. Ingliz siyosiy iqtisod maktabining vakili A.Marshall, u qiymatning mehnat nazariyasini eng yuksak naflilik nazariyasi bilan yaqinlashtirishga, «murosaga keltirishga» uringan; 4. J.Keynsning iqtisodiy ta’limoti, bu yerda davlatning tartibga solishi, bu albatta bugungi kunlarda ham o‘zining ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q; 5. Hozirgi zamon iqtisodiy o‘sish nazariyasi maktabi; 6. Hozirgi vaqtda mamlakat iqtisodiyot fanining yutuqlari, ayniqsa, metodologik xarakterga ega bo‘lgan nazariyalarni ishlab chiqish. Shu o‘rinda, alohida aytish joizki, O‘zbekiston xalqi milliy g‘ururining, milliy iftixorining asosiy negizi, bu uning 100-150 yillar davomida yarim mustamlaka va shundan 70 yildan ortiq vaqtni to‘liq mustamlaka tizimida, bozor iqtisodiyotiga aloqasi bo‘lmagan iqtisodni yaratishiga urinib ko‘rgan sobiq SSSR dunyosida yashab kelganligidir. Ikkinchisi hozirgi yangi bozor munosabatlariga o‘tish davridagi qiyinchiliklardir. Hech bir narsa o‘z-o‘zidan bo‘layotgani va tekin kelayotgani yo‘q, shu sababli narx-navoning erkinlashishi, inflyatsiya, ba’zi sohalardagi vaqtincha bo‘layotgan iqtisodiy 1 А.Смит. «Исследование о природе и причинах богатства народов». М.: Директ-Медиа, https://biblioclub.ru/index.php?page=book_red&id=560822014 26 qiyinchiliklarni tan olib, sabr-toqat bilan, hayotimizning barcha sohalaridagi o‘zgarishlarni tinch-totuvlikda ma’qullab, uni e’tirof etib kelinayotganligidir. Albatta, bir sakrash bilan yangi bozor munosabatlariga o‘tib bo‘lmaydi. Bu juda murakkab jarayon, bugungi qiyinchiliklar buyuk kelajak yo‘lidagi vaqtincha to‘siqlardir. Endi, shu yerda shunday savol tug‘ilishi mumkin: nima uchun O‘zbekistonni butun dunyo e’tirof etmoqda? Buning javoblari quyidagilardir: 1) uning qulay geografik-siyosiy mavqega egaligi; 2) yer osti va yer usti qazilma boyliklarning mo‘lligi; 3) qisqa vaqt ichida og‘ir sanoatning yangi texnika-texnologiya bilan ta’minlanishi va uning rivojlanishi, qator yirik korxonalarning qurilishi va ishga tushirilishi; 4) faqat o‘z salohiyatiga ishonch bildirib ish boshlaganligi, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning besh tamoyili o‘z vaqtida to‘g‘ri aniqlangani va qo‘llanilishi; 5) dunyo hamjamiyati bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalar o‘rnatilib, samarali natijalar berayotgani; 6) eng asosiysi - o‘zbek xalqi - mehnatkash, mehmondo‘st xalq ekanligi va davlat rahbarining yuksak aql-zakovati, ishchanligi va uning o‘z xalqi, millati, davlati uchun fidoyiligidir. Ushbu darslik hozirgi O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida «Iqtisodiyot nazariyasi» fani bo‘yicha foydalaniladigan o‘quv dasturlari asosida yozildi. Unga fan bo‘yicha o‘quv dasturidagi mavzular va savollar mazmun- mohiyatiga va qo‘yilgan talablarga muvofiq bob bo‘yicha alohida-alohida berilgan. Darslik oliy ta’lim muassasalarida shu fan bo‘yicha qo‘yilgan talablarning ancha qismiga javob beradi, deb o‘ylaymiz. Biz taklif qilayotgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligi «Iqtisodiyot nazariyasi» fanini fan sifatida asoslashdan boshlab, natural tovar ishlab chiqarishidan to hozirgi zamon bozor iqtisodiyotining umumiy qonuniyatlarini, harakatini, xo‘jaliklarning dunyo davlatlaridagi turli mehnat taqsimoti asosida rivojlanishini planetamizning g‘arbiy va sharqiy yarim sharlarida faoliyat yuritayotgan har xil milliy xo‘jalik tizimini qamrab olgan. Dunyoning turli hududlarida bu xilma-xillik bozor iqtisodiyotining u yoki bu mamlakatdagi tarixiy, demografik, madaniy, ijtimoiy, siyosiy va tabiiy xususiyatlari bilan bog‘liq. Mazkur darslikda mamlakatimizning hozirgi zamon bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tishi, shu davrda milliy xo‘jaligimizning rivojlanishi va uning xususiyatlari keng yoritilgan. Xulosa qilib aytganda, ushbu darslikda hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasi fanining mazmun-mohiyati keng yoritilgan. Shu zamondagi xo‘jalik tizimi hamma turlarining ahvoli va tamoyillari ochib berilgan. XX yuz 27 yillikning ikkinchi yarmi alohida davlatlar ichida va dunyo miqyosida, iqtisodiy munosabatlarning har tomonlama tuzilishida katta o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Fan-texnikaning rivojlanishi, jamiyatning keng miqyosda axborotlashuvi misli ko‘rilmagan darajada ishlab chiqarish samaradorligining o‘sishiga olib keldi. Iqtisodiy munosabatlar ko‘proq sivilizatsiyalashgan va ijtimoiy yo‘naltirilgan xususiyatga ega bo‘lmoqda. G’arb mamlakatlari aralash iqtisodiyotga, davlat ko‘pgina ijtimoiy-iqtisodiy vazifalarni bajaradigan milliy xo‘jaliklarga va iqtisodiyotning yangi tarkibiy tuzilishiga olib boradigan o‘tish davriga qadam qo‘ydi. Darslikda muqaddas kitoblardan oligan ibratli iboralar ham mavjud. Shunday qarasangiz iqtisodiyot bilan qandaydir o‘xshash bog‘liq bor. Masalan, muqaddas kitoblarda mehnat va unga haq to‘lash, mehnatsevarlik va yalqovlik, dangasalik, hafsalasizlik, boylik va kambag‘allik, faqirlik, soliq to‘lash, pul va qarzdorlik xavfliligi, ixtisoslik, xo‘jalik faoliyatida kooperatsiya va diversifikatsiya ishlari va boshqalar tilga olingan. Shuningdek, darslikda matnlarni o‘zlashtirishni tezlashtirish hamda yengillashtirish maqsadida ko‘p sonli jadvallar, sxemalar turli xil shakllarda berildi. Kitobda iqtisodiyot nazariyasi fani, uning o‘tmishi va hozirgi kuni bayon qilinib, iqtisodiy g‘oyalarning rivojlanish yutuqlarini umumlashtirishga imkon beradigan yangi fikrlar izchillik bilan boyitilgan. Shu bilan birga darslik iqtisodiy ta’lim tarixi bilan ham tanishtiradi. Bu darslikda iqtisodiyot nazariyasining asosiy yo‘nalishlari, yutuqlari, hal etilmagan muammolari ko‘rib chiqilgan. Xususan, asosiy qiymatning mehnat nazariyasi va ularning eng yuksak unumdorligi konsepsiyalari solishtirilgan, tahlil qilingan. Darslikda iqtisodiy hayotning hamma qirralarini o‘z ichiga olgan yangi nazariya ham ishlab chiqilgan bo‘lib, bu boradagi katta muammolar tahlil qilingan. Kitobga ishlab chiqarishning va iste’molning uch bosqichi, mulkchilik tiplarining iqtisodiy mazmuni, sotsialistik iqtisodiyotdan keyingi ishlab chiqarish jarayonining yangi qiymati, erkin va ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotida daromadlarning taqsimlanishi to‘g‘risidagi bo‘limlar kiritilgan. Ularda, asosan, hozirgi zamon bozor xo‘jaligi to‘g‘risidagi masalalar, bozor turlari va tuzilish xususiyatlari, bozorni ijtimoiy institut sifatida tushunish, raqobat qonun-qoidalari, firma-monopoliyalar xulqi, monopoliya va raqobat faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish tajribasi tahlil etilgan. Darslikda hozirgi zamon O‘zbekiston iqtisodiyotining rivojlanishiga alohida e’tibor berilgan, iqtisodiy islohotlarni o‘tkazishning ob’ektiv zaruriyati, mulkchilik munosabatlarini mazmunan qayta o‘zgartirish, bozor xo‘jaligini shakllantirish va iqtisodiyot boshqaruvini takomillashtirish 28 masalalari ham ko‘rib chiqilgan. Hozirgi kunning muhim muammolari inflyatsiya, ishsizlik, iqtisodiy tanazzul, davlat budjeti va ijtimoiy-iqtisodiy hayot tarzi va hokazolar tahlil qilingan. Darslikda tahlil asosida quyidagi mantiqiy o‘rganishlardan foydalanilgan: Download 5.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling